Shaharlar geografiyasi va geourbanistika asoslari


Navoiy viloyati shaharlarining urbanistik va hududiy tarkibi



Download 4 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/111
Sana14.12.2022
Hajmi4 Mb.
#885308
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   111
Bog'liq
Шаҳарлар географияси ва геоурбанистика асослари мажмуа

Navoiy viloyati shaharlarining urbanistik va hududiy tarkibi 
Navoiy viloyati O‗zbekiston Respublikasi hududining 24.7 foizini yoki 1/4 
qismini egallaydi. Aholisi 927.9 ming kishi (2016 yil). Demografik salohiyati 
jihatdan u mamlakatimizda faqat Sirdaryo viloyatidan oldinda turadi (respublika 
aholisining atigi 2.9 foizi). Shahar aholisi, 455.1 ming kishi, qishloq aholisi 472.8 
ming kishi, yoki 51 foizni tashkil qiladi. Aholi zichligi 1 km kv ga 8.4 kishiga mos 
keladi, xolos.
 
Viloyat tabiiy sharoti asosan cho‗ldan iborat ekanligi ishlab chiqarish hamda 
aholining hududiy tashkil etish xususiyatlariga o‗z ta‘sirini ko‗rsatgan; uning 
asosiy yuki, aholisi, qayta ishlash sanoati – demografik va iqtisodiy salohiyati 
nisbatan kichik maydonni egallagan chekka janubda, yirik markaziy va shimoliy 
hududlari esa ekstensiv, tipik cho‗l hududlariga xos yaylov chorvachiligi va tog‗-
kon sanoatiga ega.
Navoiyning orografik xususiyati uning qazilma resurslarga 
boyligini ham ko‗rsatadi. Mintaqada oltin, uran, fosforit, asbest, dala shpati, 
marmar, qurilish materiallari xom ashyosi va boshqa konlar ham mavjud. Aynan 
ana shu mineral xom ashyo resurslari viloyat shaharlarining vujudga kelishi, uning 


82 
iqtisodiyoti, ishlab chiqarish va eksport salohiyatini rivojlantirishda muhim rol 
o‗ynaydi.
Viloyat iqtisodiyoti industrial-agrar yo‗nalishga ega bo‗lib, respublika 
hududiy mehnat taqsimotida asosan tog‗-kon sanoati, xususan rangli metallurgiya, 
kimyo, qurilish materiallari sanoati hamda qishloq xo‗jaligida go‗sht-jun 
chorvachiligiga ixtisoslashgan. Yalpi hududiy mahsulotning 46.5 foizini sanoat, 
6.9 foizini qurilish, 14.0 foizini qishloq xo‗jaligi, 7.9 foizini transport va aloqa 
beradi (2015 y.).
Mintaqada 6 shahar (Navoiy, Zarafshon, Nurota, Uchquduq, Yangirabot, 
Qiziltepa) va 38 shaharcha mavjud bo‗lib, ularning barchasida jami aholining 49.0 
foizi yashaydi. Umumiy urbanizatsiya ko‗rsatkichining yuqoriligi, bir tomondan, 
hududda chindan ham sanoatning nisbatan yaxshi rivojlanganligi bilan izohlansa, 
ikkinchidan, intensiv qishloq xo‗jaligi uchun imkoniyat cheklanganligi bilan 
bog‗liq. Umumiy urbanizatsiya darajasi 2008 yilda 39.5 % bo‗lgan, uning 10 
foizdan ko‗proqqa ortishi esa 2009 yildagi ―Qishloq taraqqiyoti va farovonligi‖ 
dasturi tufayli yuzaga kelgan. Agar viloyat bu ko‗rsatkich bo‗yicha (40.4 %) 2000 
yilda Qoraqalpog‗iston Respublikasidan keyingi o‗rinda turgan bo‗lsa, u hozirda 
mamlakat o‗rtacha ko‗rsatkichidan biroz pastroqda.
Mavjud ma‘lumotlarga ko‗ra, viloyat hududida XX asrning o‗rtalarigacha 
bitta ham shahar bo‗lmagan va bunga uning tabiiy sharoiti ta‘sir etgan (1939 yilda 
respublikada 47 ta, 1959 yilda 101 ta shahar manzilgohi)
.
Keyingi shaharlarning 
paydo bo‗lishi va aholi sonining ko‗payishida sanoatlashuv darajasi va yirik 
qishloq aholi punktlarining shaharchalarga aylantirilishi muhim rol o‗ynagan. 
Viloyatdagi aksariyat ―yangi‖ shaharlar 1960-80 yillarida turli qazilma 
boyliklardan foydalanish davrida vujudga kelgan. Yuqorida ta‘kidlanganidek, 
viloyat shaharlar geografiyasidagi o‗ziga xos jihat, ularning tarqoq joylashuvi va 
shahar atrofi xo‗jaligining shakllanmaganligi bilan izohlanadi. 
Navoiy viloyati shahar manzilgohlari tumanlar bo‗yicha notekis 
taqsimlangan. Iqtisodiyoti agrar-industrial yo‗nalishga ega bo‗lgan ushbu 
mintaqada shaharlar to‗ri unchalik taraqqiy etmagan. 
 
2009 yil 13 martdagi 
Vazirlar Mahkamasining qaroridan so‗ng hududda 
urbanizatsiya darajasi 49 foizdan ortib ketdi va shunga mos ravishda shaharchalar 
salmog‗i ham yana 30 taga ko‗paydi. Respublika geourbanistik tizimidagi ketma-
ketligida viloyat Namangan, Farg‗ona, Andijon viloyatlari va Qoraqalpog‗iston 
Respublikasidan keyin 5–o‗ringa chiqib oldi.
Jami 30 ta yangi shaharchada 85.7 ming kishi istiqomat qiladi va bu jami 
shahar aholisining 20.2 foiziga teng keladi (
2016
yil). Tumanlar kesimida Qiziltepa 
(8 ta) va Navbahorda (6 ta) eng ko‗p yangi shaharcha tashkil etilgan bo‗lsa, ayrim 
tumanlarda (Uchquduq) aholi joylashuviga mos ravishda bunday manzilgohlar 
qayd etilmagan (-ilovaga qarang).
2005 yil ma‘lumotlari bo‗yicha, tahlil etilayotgan mintaqada 14 ta shahar 
mavjud bo‗lgan holda, 2016 yilda ularning soni jami 55 tani tashkil etgan.
Navoiy hududida dastlab rangli metal, kimyoviy xom ashyo, qurilish 
materiallari kabi tabiiy boyliklarni o‗zlashtirish asosida ―resurs‖ shaharlar paydo 


83 
bo‗lgan. Uchquduq, Zarafshon shaharlari hududning cho‗l qismida tarqoq holatda 
joylashsa, aksariyat shahar manzilgohlari uning janubida mujassamlangan. 

Download 4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish