1
FOIZLARGA DOIR MASALALAR YECHISH
Sinfda bajariladigan topshiriqlar
1. Dalaning 1 foiziga no‘xat ekildi. Agar 3,25 ga yerga no‘xat ekilgan bo‘lsa, butun
dalaning yuzini toping.
2. Agar zalda hozir bo‘lganlarning 1 foizi - 7 kishini tashkil qilsa, zalda necha kishi
bor?
3. Mototsiklchi bir kunda malum masofani bosib o‘tdi. Bu masofaning 1 foizi 3,2
km bo‘lsa, butun masofani toping.
4.
Hovli yuzining 4 foizi mashina turishi uchun ajratilgan. Mashina turadigan maydon
38,4 m
2
ga teng bo‘lsa, hovlining yuzini toping.
5. Neftni haydaganda 30% kerosin olinadi. Agar: a) 20 t; b) 12 t; d) 42,2 t kerosin
olingan bo‘lsa, qancha neft haydalgan?
6. Bug‘doydan 80% un olinadi. Agar 440 kg un olingan bo‘lsa, qancha bug‘doy
tegirmonda yanchilgan? 2,5 t bug‘doydan qancha un olinadi?
7. Ra'no pulining 60 foiziga kitob sotib oldi. Qolgan 2000 so‘miga esa kinoga bilet
oldi. Ra'noda qancha pul bo‘lgan?
8. Maktabda 700 o‘quvchi bor. Ulardan 357 tasi o‘g‘il bolalar. O‘g‘il bolalar shu
maktab o‘quvchilarining necha foizini tashkil qiladi?
9. Jadvalni to‘ldiring.
10. Ishchi reja bo‘yicha 35 ta detal yasashi kerak edi. Lekin u rejadan ortiqcha 14 ta
detal yasadi. Ishchi rejani necha foizi bajargan?
11. a) 30 soni 40 ning; b) 63 soni 75 ning; d) 114 soni 384 ning; e) 4,71 soni 31,4
ning; f) 36,9 soni 12,3 ning qanday foizini tashkil qiladi?
Namuna:
a) 30 : 40 = 0,75 = 75 %.
12.
Agar eritma 60 g tuz va 140 g suvdan tayyorlangan bo‘lsa, eritmada necha foiz
tuz bor?
2
13. Palto 64 000 so‘m turardi. Birinchi marta uning narxi 10 foizga, ikkinchi marta
esa 1800 so‘mga arzonlashtirildi. Ikkinchi marta palto narxi necha foizga tushirilgan?
14. Buyurtmaga ko‘ra usta 8 soatda 80 ta detal yasashi kerak edi. 7 soatdan so‘ng usta
hamma detalning 90 foizini yasadi. Usta shunday mehnat unumi bilan ishlab,
buyurtmani o‘z vaqtida bajara oladimi?
15. Bronza qalay bilan misning qotishmasidan iborat. 6 kg qalay va 34 kg misdan
iborat bronzada mis qotishmaning necha foizini tashkil qiladi?
16. a) 32 soni 40 dan necha foizga kichik? b) 40 soni 32 dan necha foizga katta?
Uyda bajariladigan topshiriqlar
1. Fermada 250 bosh sigir va buzoq bor. Buzoqlar butun mollarning 22 foizini tashkil
qiladi. Fermada nechta buzoq bor?
2. G‘ishtni tashishda uning 2 foizi sindi, bu esa 1500 tani tashkil qildi. Jami nechta
g‘isht tashilgan?
3. Bir qopda 80 kg un bor, ikkinchisida undan 20% kam. Ikkinchi qopda qancha un
bor?
4. Chilangar bilan shogirdi 1200 ta detal tayyorladi. Shogirdi hamma detaining 30
foizini tayyorladi. Chilangar nechta detal tayyorlagan?
5. 220 ta ot va toylar haydab kelindi. Toylar butun yilqining 15 foizini tashkil qiladi.
Nechta toy yaylovga haydab kelingan?
6. Yer yuzi maydoni 510,1 mln km
2
ga teng bo‘lib, uning 149,2 mln km
2
ni quruqlik,
qolganini esa suv tashkil qiladi. Yer yuzining necha foizi suv bilan qoplangan?
7. Shirin choy hosil qilish uchun 200 grammlik stakanga 2 choy qoshiq shakar
solinadi. Agar bitta choy qoshiqdagi shakar massasi 10 g bo‘lsa, shirin choyda necha
foiz shakar bor?
8. Sinfda 40 o‘quvchi bor. O‘g‘il bolalar sinfdagi hamma o‘quvchining 55 foizini
tashkil qiladi. Sinfda qizlar necha foizni tashkil qiladi? Sinfda nechta qiz o‘qiydi?
9. Sutdan 10 % qaymoq olinadi. 32,8 kg sutdan qancha qaymoq olinadi? 58,7 kg
sutdan-chi?
10. Qo‘ziqorin quritilganda massasining 79 foizini yo‘qotadi. Agar 20 kg qo‘ziqorin
quritilsa, qancha quritilgan qo‘ziqorin qoladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |