90
ijtimoiy-iqtisodiy, demografik salohiyatiga asoslangan
holda respublikadagi yirik
Samarqand aglomeratsiyasini shakllantiradi.
Samarqandning ko‗p asrlik tarixi davomida vayronaga aylantirilishi, yangidan
qayta tiklanishi, gurkirab o‗sishi va rivojlanishiga uning qulay iqtisodiy geografik
o‗rni katta ta‘sir ko‗rsatgan. Viloyat markazida azaldan fan, madaniyat, savdo va
hunarmandchilik rivoj topgan. Ko‗hna Rim va Bobilga tengdosh mazkur
shaharning mavqeyini ayrim tarixchi va yozuvchilar ―Sharq Rimi‖, ―Jahonning
qimmatbaho gavhari‖, ―Boqiy shahar‖, ―Sayqali ro‗yi zamin‖nomlari bilan
ta‘riflashgan. Samarqand XIY-XY asrlarda nafaqat O‗rta Osiyo balki,
butun
sharqda Buyuk Temur imperiyasining siyosiy-ma‘muriy, iqtisodiy va madaniy
poytaxti sanalgan.
O‗zbekiston hududidagi birinchi temir yo‗l 1888 yil Farob stansiyasidan
(Turkmaniston) Samarqandgacha, Toshkent-Turkmanboshi, Toshkent-Dushanbe,
Samarqand-Qarshi, Toshkent-Uchquduq-Qo‗ng‗irot temir yo‗llarining o‗tishi
uning transport geografik o‗rnini yanada yaxshiladi. Shahar 1938 yildan buyon
viloyat markazi funksiyasini bajaradi.
Dastlabki aholi ro‗yxati ma‘lumotlariga ko‗ra 1959 - yilda shaharda eng ko‗p
196,4 ming, 1970 yilda 266.8 ming aholi yashagan bo‗lsa, 1990 yilda 364 ming,
2009 yilda 372.7 ming, hozirgi kunga kelib jami 486
mingga etdi va mintaqa
shaharliklarining ulushi 38 foizdan ortib ketdi (-ilova).
Zamonaviy Samarqand hozirda respublikaning birinchi darajali turizm va
haqiqiy muzey shahri sanaladi. Samarqandning me‘moriy-tarixiy yodgorliklari
2001 yilda YUNESKOning Finlyandiyada o‗tkazilgan 25-sessiyasida Jahon merosi
ro‗yxatiga kiritilgan. Shuningdek, Amerikaning nufzli ―Xafington post‖ internet
nashri Samarqandni inson o‗z umri davomida hech bo‗lmaganda bir marta borib
ko‗rishi albatta zarur bo‗lgan dunyodagi 50 ta shaharning biri sifatida e‘tirof etdi
va mazkur shaharlar ro‗yxatiga kiritdi
21
.
Samarqand aholi soniga ko‗ra, respublikamizning an‘anaviy ―ikkinchi shahri‖,
va uning dastlabki poytaxti hisoblanadi. Viloyat markazi hissasiga O‗zbekiston
Respublikasi sanoat mahsulotining 2.6 foizi to‗g‗ri keladi. Unda Zarafshon
iqtisodiy rayonining 20.8 foiz aholisi
istiqomat qilgani holda, 45.3 foiz sanoat
mahsuloti yaratiladi.
Shahar iqtisodiyoti, eng avvalo mashinasozlik va metallni qayta ishlash,
kimyo, engil va oziq-ovqat sanoat tarmoqlarining ustuvor rivojlanganligi bilan
belgilanadi. 1930-yillardayoq pillakashlik va shoyi to‗qish fabrikalari, meva
konserva zavodi, choy qadoqlash fabrikasi qurilgan. 1940-70 yillarga kelib,
Samarqandda «Krasnыy dvigatel», «Kinap»,
tamaki-fermentatsiya zavodlari,
yigiruv fabrikasi, superfosfat zavodi, poyabzal va tikuvchilik fabrikalari, uysozlik
kombinati, chinni zavodi va b. korxonalar ishga tushirilgan. Shaharning yuksak
ishlab chiqarish, ilmiy-texnik va infrastruktura salohiyati bu yerda ko‗plab
qo‗shma korxonalarning vujudga kelishi bilan izohlanadi.
Hozirda shaharda lift,
21
2004 йилдан буѐн Самарқанд шаҳрида БМТ Жаҳон сайѐҳлик ташкилотининг (ЮНВТО) Буюк ипак йўли минтақавий маркази
фаолият кўрсатмоқда. 2002 йилдан Регистон ҳар йили ―Шарқ тароналари‖ Халқаро фестивалига мезбонлик қилади.
91
avtomobil, sovutgich, shisha-chinni idishlar, kimyo, konserva, vino zavodlari, ipak
gazlama, tamaki, choy kadoqlash fabrikalari faoliyat yuritmoqda.
Hozirgi kunda ishlab chirqarish mujassamlashuv darajasi yuqori ko‗plab
korxonalar shaharning umumiy iqtisodiy geografik holatini belgilaydi. Jumladan,
―Samavto‖ avtomobil zavodida besh xil rusumdagi avtobuslar, 8 turdagi yuk
avtomobillar, 35 xil kuzovlar ishlab chiqarmoqda.
Iqtisodiy, madaniy, turistik, ilm-fan salohiyatiga ega bo‗lgan yirik shaharning
rayon hosil qiluvchi muhim xususiyati asosida yirik Samarqand aglomeratsiyasi
shakllangan. Shahar tizimining ―tabiiy to‗siqlarsiz‖ tog‗oldi va tekisliklar bo‗ylab
yoyilishi ko‗plab ―yo‗ldosh‖ shahar manzilgohlarining vujudga keltirgan. Hozirda
Urgut, Jomboy, Bulung‗ur, Xishrav, Kimyogarlar, Farhod, Juma, Loish, Chelak,
Dahbet, Charxin, Gulobod singari eng ko‗p manzilgohlarni o‗z
ichiga olgan
mazkur aglomeratsiyada 600 mingdan ortiq aholi istiqomat qiladi.
Viloyat markazidan 44 km janubi-g‗arbda Zarafshon tizma tog‗ining shimoliy
yon bag‗rida-eng qadimiy va yo‗ldosh shaharlardan biri
Urgut shahri
qad rostladi
(1973 y.). Shahar ―Boburnoma‖da Arkat qishlog‗i sifatida tilga olingan.
Keyinchalik bu so‗z o‗zgarib ―Urkent‖, Ur-balandlik, kent-shahar yoki
balandlikdagi shahar ma‘nosini anglatadi. Demak, Urgut oykonimi vujudga
kelishiga uning geografik o‗rni muhim asos bo‗lgan.
Shaharning shakllanishida rivojlangan qishloq xo‗jalik rayonida ekanligi,
aglomeratsiya ―yadro‖siga yaqinligi, yirik transport tugunida joylashganligi muhim
rol o‗ynadi.
Jomboy
shahrida faoliyat yuritayotgan iqtisodiyotimizning lokomotivi bo‗lgan
Germaniyaning ―MAN Avto‖ kompaniyasi yiliga 4600 ga yaqin yuk avtomobili va
1350dan ortiq pritsep (tirkama)lar ishlab chiqarmoqda.
Juma
shahrining
shakllanishi
Do'stlaringiz bilan baham: