Noyabr
№5(predmetsiz)
I.Kirish
Biz mashq bajarishni
Erta tongdan boshlaymiz.
Betob boʼlishga vaqt yoʼq
Sogʼligʼimizni tiklaymiz.
Yurish. Buben sadolari ostida yurish: oyoq uchida yurish, tovonda yurish, ilon izi boʼlib yurish, yurishdan asta-sekin yugirishga oʼtish, yana yurishga oʼtish. Bolalarni uch guruhga boʼlib turgazish.
II.Аsosiy qism
Umumrivojlantiruvchi mashqlar.
1. D.x.: oyoqni oyoq yuzi kengligida ochib paralel qoʼyish, qoʼllar belda. 1-qoʼllarni yon tomonga uzatish, 2-qoʼllarni yuqoriga koʼtarib, oyoqk uchida koʼtarilish; 3-qoʼllarni yon tomonga tushirish; 4-dastlabki xolatga qaytish (7-8 marta).
2. D.x.: oyoqlar yelka kengligida, qoʼllar bosh orqasida. 1-gavdani oʼngga burib, qoʼllarni yon tomonga koʼtarish; 2- dastlabki xolatga qaytish. Xuddi shuning oʼzi chap tomonga burilib bajariladi (8 marta).
3. D.x.: oyoqlar yelka kengligida, qoʼllar yonda. 1- qoʼllarni yon tomonga uzatish, 2-oʼng (chap) oyoqqa tomon engashish, qoʼl barmoqlarini oyoqlarning uchiga tekkizish; 3-rostlanib qoʼllarni yon tomon uzatish; 4-dastlabki xolatga qaytish (6-8 marta).
4. D.x.: asosiy tik turish, qoʼllar belda. 1-2 choʼqqayib, qoʼllarni oldinga uzatish; 3-4 dastlabki xolatga qaytish (6-8 marta).
5. D.x.: asosiy tik turish, qoʼllar yonda. 1-oʼng oyoqni yonga qoʼyib, qoʼllarni yon tomonga uzatish; 2-oʼng qoʼlni yonga tushirish, chap qoʼlni yuqoriga koʼtarish; 3-qoʼllarni yon tomonlarga uzatish; oʼng oyoqni oʼz joyiga qoʼyish, dastlabki xolatga qaytish. Xuddi shuning oʼzi chap oyoqda bajariladi (8marta).
6. D.x.: asosiy tik turish, qoʼllar belda. 1-sakrab oyoqlarni kerib qoʼyish, qoʼllarni yon tomonga uzatish; 2-dastlabki holatga qaytish. 1-8 sanogʼida 3-4 marta takrorlash. Oʼrtacha surʼatda tarbiyachining sanogʼi yoki kuy joʼrligida bajariladi.
III. Yakuniy qism:
Buben sadolari ostida yurish va yengilgina yugurish. Nafas mashqlarini bajarish.
1. Burundan nafas olish, ogʼizdan chiqarish.
2. Burundan nafas olish, soʼzli nafas chiqarish. Ox qanday mazza, ox qanday mazza kabi.
Noyabr
№6(bayroqcha bilan)
I.Kirish
Uygʼoninglar, turinglar.
Tezlikda saflaninglar.
Derazani ochinglar,
Toza havo olinglar.
Shunda sogʼlom boʼlamiz,
Doim olgʼa yuramiz.
Yurish. Buben sadolari ostida yurish: oyoq uchida yurish, tovonda yurish, ilon izi boʼlib yurish, yurishdan asta-sekin yugirishga oʼtish, yana yurishga oʼtish. Bolalarni uch guruhga boʼlib turgazish.
II.Аsosiy qism
Bayroqcha bilan bajariladigan umumrivojlantiruvchi mashqlar
1 D.x.: asosiy tik turish, bayroqcha pastda. 1 - bayroqchani oldinga uzatish, 2- bayroqchani yuqoriga koʼtarish; 3 -bayroqchani yon tomonga uzatish; 4-dastlabki xolatga qaytish (6 marta).
2 D.x.: asosiy tik turish, bayroqcha pastda. 1 - oʼng oyoq bilan oldinga bir qadam tashlab bayroqchalarni yon tomonga koʼtarish; 2 - dastlabki xolatga qaytish. Shuning oʼzini chap oyoq bilan bajarish (6-7 marta).
3. D.x.: polda oʼtirib, bayroqchalarni koʼkrak oldida tutish. 1- oʼng (chap) oyoqqa egilib, tayoqchalarni oyoq uchiga tekkizish, 2- dastlabki xolatga qaytish (6-8 marta).
4. Dx.: tizzalarda turib, bayroqchani koʼkrak oldida tutish. 1 - oʼngga (chapga) burilib, bayroqchalarni yon tomonlarga koʼtarish; 2-dastlabki xolatga qaytish (8 marta).
5. D.x.: asosiy tik turish, bayroqcha pastda, 1-2 choʼqqayib, bayroqchani oldinga uzatish 3-4 dastlabki xolatga qaytish (6-7 marta).
6. D.x.: asosiy tik turish; bayroqcha pastda. 1 - sakrab oyoqlarni kerish, bayroqchalarni yon tomonlarga uzatish, 2 - dastlabki xolatga qaytish. Tarbiyachining 1-8 sanogʼi boʼyicha (3 marta) bajariladi.
III. Yakuniy qism:
Buben sadolari ostida yurish va yengilgina yugurish. Nafas mashqlarini bajarish.
1. Burundan nafas olish, ogʼizdan chiqarish.
2. Burundan nafas olish, soʼzli nafas chiqarish. Ox qanday mazza, ox qanday mazza kabi.
3. Oʼpkani (koʼkrakni) toʼldirib nafas olish, soʼng koʼrsatgich barmoq bilan burinning bitta katagini berkitib nafasni burun orqali chiqarish, mashq navbatma-navbat oʼng va chap qoʼllar bilan bajariladi.
Dekabr
№7
I.Kirish
Erta bilan turamiz
Safda toʼgʼri yuramiz.
Badantarbiya qilib
Sogʼlom bola boʼlamiz.
Yurish. Buben sadolari ostida yurish: oyoq uchida yurish, tovonda yurish, ilon izi boʼlib yurish, yurishdan asta-sekin yugirishga oʼtish, yana yurishga oʼtish. Bolalarni uch guruhga boʼlib turgazish.
II.Аsosiy qism
Umumrivojlantiruvchi mashqlar.
1.D.x..oyoqlar engil ochilgan, tovonlar parallel xolda, qoʼllar pastda, koptok oʼng qoʼlda. 1-2- qoʼllarni yon tomondan yuqoriga koʼtarish, oyoq uchida turish.Yuqoriga qarash- nafas olish. 3-koptokni chap qoʼlga olish.
2-D.x. qaytish, qoʼllarni yon tomondan pastga tushirish- nafas chiqarish.(5-6 marta)
3. D.x. Oyoqlar yelka kengligida, qoʼllar koptok ushlagan xolda yuqorida. 1-oldinga egilish, koptokni old tomonga qoʼyish- nafas chiqarish.2- rostlanish. Qoʼllar belda- nafas olish. 3-egilish, koptokni olish- nafas chiqarish. 4-rostlanish, koptokni yuqoriga koʼtarish- nafas olish.(5-6 marta).
4. D.x.Oyoqlar elka kengligida ochilgan. Tovonlar parallel xolda, qoʼllar koptok bilan pastda. 1-koptokni yuqoriga otish. 2-koptokni ilish.(8-10 marta).
5.D.x. Oyoqlar bitta qoʼllar pastda, koptok oʼng qoʼlda. 1-tizzasi bukilgan oʼng oyoqni koʼtarish, oyoq uchini choʼzish. Joyida yurish.
III. Yakuniy qism:
Buben sadolari ostida yurish va yengilgina yugurish. Nafas mashqlarini bajarish.
1. Burundan nafas olish, ogʼizdan chiqarish.
2. Burundan nafas olish, soʼzli nafas chiqarish. Ox qanday mazza, ox qanday mazza kabi.
3. Oʼpkani (koʼkrakni) toʼldirib nafas olish, soʼng koʼrsatgich barmoq bilan burinning bitta katagini berkitib nafasni burun orqali chiqarish, mashq navbatma-navbat oʼng va chap qoʼllar bilan bajariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |