Yanvar
№10(kubiklar bilan)
I.Kirish
1,2,3,4
1,2.
Kim keldi? Biz keldik.
Kim chaqqon?
Biz chaqqon
Kichik polvonlar chaqqon
Yurish. Buben sadolari ostida yurish: oyoq uchida yurish, tovonda yurish, ilon izi boʼlib yurish, yurishdan asta-sekin yugirishga oʼtish, yana yurishga oʼtish. Bolalarni uch guruhga boʼlib turgazish.
II.Аsosiy qism
Kubiklar bilan bajariladigan umumrivojlantiruvchi mashqlar
1. D.h.: oyoqlar yelka kengligida ochilgan, kubik oʼng qoʼlda. 1-qoʼllarni yon
tomonga uzatish; 2- oldinga engashib, kubikni oʼng oyoqning uchiga tekkizish: 3-rostlanib, kubikni boshqa qoʼlga oʼtkazish. Shuning oʼzini chap oyoqda bajarish (6 marta).
2. D.h.: tizzalarda turib, kubik oʼng qoʼlda 1- oʼngga burilib, kubikni oʼng oyoqning tovoniga tekkizish; 2- dastlabki xolatga qaytish, kubikni chap qoʼlga olish. Shuning oʼzini chapga burilib bajarish (6- 8 marta).
3. D.h.:asosiy tik turish, kubik oʼng qoʼlda, 1-2 choʼqqayib, kubikni oldinga chiqarish; 3-4 rostlanish (6-7 marta).
4. D.h.:chalqancha yotib, kubikni ikki qoʼllab bosh ustida ushlash. 1-2 toʼgʼri
uzatilgan oyoqni yuqoriga koʼtarib, kubikni oyoqlarning uchiga tekkizish; 3-4 dastlabki xolatga qaytish (6-8 marta).
5. D.h.:asosiy tik turish, qoʼllar erkin, kubik polda. Kubikning atrofida sakrashni qisqa dam olish bilan yoki kubik atrofida boshqa tomonga qarab aylanib yurish bilan navbatlashtirish.
III.Yakuniy qism:
Buben sadolari ostida yurish va yengilgina yugurish. Nafas mashqlarini bajarish.
Burundan nafas olish, ogʼizdan chiqarish.
Burundan nafas olish, ogʼizdan boʼlib- boʼlib nafas chiqarish.
Burundan nafas olish, ogʼizdan unli tovushlarni aytib nafas chiqarish. O-o-o, u-u-u.
Fevral
№11(predmetsiz)
I.Kirish
Men kuchli boʼlaman
Tayoqchalar koʼtarib
Jismoniy mashq qilaman
Tayoqchalar koʼtarib
Fizkulьtura bir, ikki, uch
Bilagimga toʼlmoqda kuch
Yurish. Buben sadolari ostida yurish: oyoq uchida yurish, tovonda yurish, ilon izi boʼlib yurish, yurishdan asta-sekin yugirishga oʼtish, yana yurishga oʼtish. Bolalarni uch guruhga boʼlib turgazish.
II.Аsosiy qism
Umumrivojlantiruvchi mashqlar.
1.D.x. Oyoqlar birga, qoʼllar pastda. 1-2 -qoʼllarni yon tomondan yuqoriga koʼtarish, oʼng oyoqni yon tarafga oyoq uchini choʼzish, qoʼllarga qarash-nafas olish. 3-4-qoʼllarni tushirish, oyoqlar D.x-nafas chiqarish. Xuddi shu xolatlar chap tarafda bajariladi.(6 marta).
2.D.x Oyoqlar yelka kengligida, qoʼllar bosh orqasida.1-3 martadan prujina singari oldinga bukilish- nafas chiqarish.2-rostlanish- nafas chiqarish. Xuddi shu xolatlar chap tomonda bajariladi.
3.D.x. Oyoqlar yelka kengligida, qoʼllar belda.1- oyoq uchida oʼtirish, tovonlar birga, tizzalar ochilgan. Gavda toʼgʼri, qoʼllar yon tomonda, qoʼlni polga tekkizish- nafas chiqarish.2- D.x -nafas olish.(6 marta).
4. D.x. Qoʼllar yonda. 1-oʼng oyoqni tizzani bukkan xolda oldinga koʼtarish, chap qoʼl bilan tizzaga qoʼlni tekkizish- nafas chiqarish. 2- oyoqni tushirish, qoʼllar yonda, rostlanish- nafas olish. Chap oyoq va oʼng qoʼl bilan shu xolat bajariladi.(6 marta).
5. D.x.Oyoqlar yengil ochilgan, qoʼllar oldinda. 1-2- ikki marta prujinasimon tirsakda bukilgan qoʼllarni orqaga olib borish. 3-gavdani oʼngga qayirish. Qoʼllar yon tomonda. 4- toʼgʼriga qarash. Qoʼllar pastda chap tomonga xam shu xolatlar bajariladi.(6 marta).
6. D.x. Oyoqlar birga, qoʼllar belda.Oyoq uchida ikki oyoqda sakrash. Bir joyda turib yurish.(3-4 marta).
III.Yakuniy qism:
Buben sadolari ostida yurish va yengilgina yugurish. Nafas mashqlarini bajarish.
Burundan nafas olish, ogʼizdan chiqarish.
Burundan nafas olish, ogʼizdan boʼlib- boʼlib nafas chiqarish.
Burundan nafas olish, ogʼizdan unli tovushlarni aytib nafas chiqarish. O-o-o, u-u-u.
Do'stlaringiz bilan baham: |