Sanoat xavfsizligi


VI. Akkreditatsiya sohasini kengaytirish



Download 3,72 Mb.
bet21/51
Sana01.07.2022
Hajmi3,72 Mb.
#725391
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   51
Bog'liq
СХ

VI. Akkreditatsiya sohasini kengaytirish
67. Ekspert tashkilotining akkreditatsiya sohasini kengaytirish mazkur Qoidalarning II-bobi talablariga muvofiq vakolatli organga taqdim etilgan ariza asosida amalga oshiriladi.
68. Ekspert tashkiloti arizaga faqat akkreditatsiya sohasining kengayishi bilan bog‘liq o‘zgartirishlar kiritilgan hujjatlarni ilova qiladi.
69. Akkreditatsiya sohasini kengaytirish maqsadida ekspert tashkilotini baholash inspeksiya nazoratini o‘tkazish bilan birgalikda amalga oshirilishi mumkin.
70. Ekspert tashkilotining akkreditatsiya sohasini kengaytirish Akkreditatsiya komissiyasining akkreditatsiya sohasini kengaytirish haqidagi qarori asosida yangi akkreditatsiya sohasini rasmiylashtirish orqali amalga oshiriladi.
71. Yangi akkreditatsiya sohasining amal qilish muddati akkreditatsiya attestatining amal qilish muddati doirasida belgilanadi.
VII. Akkreditatsiya sohasini qisqartirish
72. Ekspert tashkilotining akkreditatsiya sohasini qisqartirish quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
a) ekspert tashkilotining o‘z akkreditatsiya sohasini qisqartirish to‘g‘risidagi xati asosida Akkreditatsiya komissiyasining akkreditatsiya sohasini qisqartirish haqidagi qarori qabul qilinganda;
b) inspeksiya nazoratini o‘tkazish natijasida Akkreditatsiya komissiyasining akkreditatsiya sohasini qisqartirish haqidagi qarori qabul qilinganda.
73. Ekspert tashkilotining akkreditatsiya sohasini qisqartirish yangi akkreditatsiya sohasini rasmiylashtirish orqali amalga oshiriladi.
VIII. Akkreditatsiya attestatining amal qilishini to‘xtatib qo‘yish, tugatish yoki akkreditatsiya attestatini bekor qilish
74. Akkreditatsiya attestatining amal qilishi quyidagi hollarda to‘xtatib turilishi mumkin:
a) ekspert tashkiloti akkreditatsiya attestatining amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risida xat bilan murojaat qilganda;
b) ekspert tashkiloti akkreditatsiya mezonlariga rioya qilmaganda;
v) ekspert tashkiloti nomuvofiqlik bayonnomasida ko‘rsatilgan nomuvofiqliklarni bartaraf etmaganda.
Mazkur bandning “a” kichik bandida ko‘rsatilgan holda Akkreditatsiya komissiyasi qarori asosida Akkreditatsiya attestatining amal qilishi bir yilgacha bo‘lgan muddatga to‘xtatib turilishi mumkin.
Mazkur bandning “b” va “v” kichik bandlarida ko‘rsatilgan hollarda Akkreditatsiya attestatining amal qilishini to‘xtatib turish sudning qarori asosida amalga oshiriladi (mazkur Qoidalarning 56-bandida ko‘rsatilgan hollar bundan mustasno).
75. Amal qilishi to‘xtatilgan akkreditatsiya attestatining amal qilishi Akkreditatsiya komissiyasining to‘xtatilgan akkreditatsiya attestatining kuchga kirishi haqidagi qarori asosida akkreditatsiya attestatining aslini ekspert tashkilotiga qaytarish orqali qayta tiklanadi.
76. Akkreditatsiya attestatining amal qilishi quyidagi hollarda tugatiladi:
a) ekspert tashkiloti akkreditatsiya attestatining amal qilishini tugatish to‘g‘risida xat bilan murojaat qilganda;
b) yuridik shaxs tugatilganda — tugatilgan paytdan e’tiboran yoki uning faoliyati qayta tashkil etish natijasida tugatilganda — qayta tashkil etilgan paytdan e’tiboran, uning o‘zgartirilishi bundan mustasno;
v) ekspert tashkiloti o‘zining akkreditatsiya sohasiga rioya qilmaganda;
g) ekspert tashkiloti akkreditatsiya attestatining amal qilishini to‘xtatib turishiga olib kelgan holatlarni Akkreditatsiya komissiyasi belgilagan muddatda bartaraf etmaganda;
d) akkreditatsiya attestatining amal qilish muddati tugaganda.
Akkreditatsiya attestatining amal qilishini tugatish ushbu bandning “v” va “g” kichik bandlarida nazarda tutilgan hollarda sud qaroriga, boshqa hollarda esa, Akkreditatsiya komissiyasining qaroriga asosan amalga oshiriladi.
77. Akkreditatsiya attestati quyidagi hollarda bekor qilinishi mumkin:
a) ekspert tashkiloti akkreditatsiya attestatini bekor qilish to‘g‘risida xat bilan murojaat qilganda;
b) akkreditatsiya attestati soxta hujjatlardan foydalanilgan holda olinganligi fakti aniqlanganda.
Akkreditatsiya attestatini bekor qilish ushbu bandning “b” kichik bandida nazarda tutilgan holda sud qaroriga, boshqa hollarda esa, Akkreditatsiya komissiyasi qarori asosida amalga oshiriladi.
78. Akkreditatsiya attestatining amal qilishi to‘xtatilganda, tugatilganda, akkreditatsiya attestati bekor qilinganda, qayta rasmiylashtirilganda, unga o‘zgartirishlar kiritilganda yoki dublikat berilganda akkreditatsiya qilingan ekspert tashkilotlari reyestriga tegishli yozuvlar kiritiladi.
79. Akkreditatsiya attestatining amal qilishi to‘xtatilganda, tugatilganda yoki akkreditatsiya attestati bekor qilinganda ekspert tashkiloti quyidagilarni bajarishi shart:
a) akkreditatsiyadan o‘tgan ekspert tashkiloti akkreditatsiyaga bog‘liq bajaradigan ishlarning bajarilishini zudlik bilan to‘xtatish;
b) o‘z buyurtmachilarini bu haqda ogohlantirish;
v) akkreditatsiya attestatining asl nusxasini uch ish kuni muddatida vakolatli organga qaytarish.

Download 3,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish