Glossary………………………………………………………………………121
Adabiyotlar ro’yhati………………………………………………………….128
|
Ilovalar………………………………………………………………………..130
|
Kirish
Hozirgi kunda ekologiya masalasi tinchlikni saqlashdan keyingi o‘rinda turadigan eng dolzarb muammolardan biri boiib qoldi. Atrofimizdagi tabiat mtilionlab yillar davomida yuzaga kelgan, hamda o‘zining murakkab qonunlariga asosan yashaydi. Ana shu tabiat bilan inson o‘rtasida murakkab muvozanat mavjud. Allomalarimiz tabiatdagi mavjud muvozanatni buzmaslikka katta e’tibor berganlarki, bugunga kelib bunday qarash ekologiya tushunchasining asosiga aylandi. Tabiatni asrab-avaylash, yurtimizni bog‘u-bo‘stonga aylantirish, buyuk bobomiz Amir Temur zamonida ayniqsa katta e’tiborga molik edi. Sohibqironing tabiatni behad qadirlashi, unga zarar yetkazmaslikka xarakat qilishi, xususan uning poytaxti Samarqandda juda ko‘p bog‘lar barpo etilganligidan ham namoyon bo’lgan edi. Sanoat ekologiyasi va mehnat muhofazasi” fani - inson faoliyatining barcha sohalari uchun universal fan ekanligi, kishilik jamiyati va uning yashash muhiti, rivojlaaish taraqqiyotining tarixiy jihatlari, insoniyat hayotiy faoliyatining barcha o‘tim va sathlarida xavfsizlik konsepsiyasi. Mehnat sharoitlari - jamiyat rivojining muhim ijtimoiy va texnik ko‘rsatkichi ekanligi keltiriladi.
Insonning jamiyatni taraqqiy ettirish hamda ishlab chiqarishni boshqarishda asosiy kuch ekanligini hisobga olib, uning xavfsizligi va sog’ligini saqlash ijtimoiy taraqqiyot yo’lidagi muhim omil hisoblanadi. Ushbu dastur «Xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarida xavfsizlik to’g’risida»gi, va «Ish beruvchilarning fuqorolik javobgarligini majburiy sug’urtalash to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi qonunlarini o’rganish, zamon talablariga javob berish bo’yicha malaka va ko’nikmalarini takomillashtirishga qaratilgan.
Shu bilan birga bakalavrlarning muntazam kasbiy o’sishida interaktiv metodlar, ijodiy fikrlashni rivojlantirishga yo’naltirilgan innovatsion usullar, mustaqil ta’lim olishni nazarda tutuvchi mashg’ulotlar olib borish ko’zda tutilgan bo’lib, sanoat xavfsizligi shaxs va jamiyat hayotiy muhim manfaatlarining xavfli ishlab chiqarish ob’ektlaridagi avariyalar va nohush hodisalardan hamda ularning oqibatlaridan himoya qilish bilim, ko’nikma va kasbiy malakaga ega mutaxassis kadrlarni tayyorlashga qaratilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |