Sana: 10-fevral 2016-yil
Fan: Ona tili III sinf
Mavzu: Sifat so`z turkumi
I.Darsning maqsadi:
1.Ta’limiy: O`quvchilarga sifat so`z turkumi haqida ma;lumot berish.
2.Tarbiyaviy: O`quvchilar o`rtasida do`stona munosabatni yuzaga keltirish, tabiatni asrab-avaylash ruhida tarbiyalash.
3.Rivojlantiruvchi: O`quvchilarning mustaqil fikrlash qobiliyatini oshirish, husnixat asosida xatosiz yozish malakalarini shakllantirish.
II. Darsni tashkil etuvchi texnologiyasi:
Metod: Og`zaki bayon qilish, suhbat-munozara, ,,Znama-zina’’, Klaster texnologiyasi.
Shakl: Amaliy mashg`ulot, kichik guruhlarda va individual ishlash.
Vosita: Darslik, tarqatma materiallar.
Usul: Induktiv (mashq va topshiriqlar asosida).
Nazorat: Og`zaki nazorat, savol-javoblar, kuzatish.
Baholash: Rag`batlantirish, 5 balli tizim asosida.
Kerakli jihozlar: Darslik, “Oymomojon” baholash mezoni, tog`, bog`, daryo va darvoza tasvirlangan rasmlar (slaydlar), “Zinama-zina” boshqotirmasi, “Dengiz to`lqinlari” o`yini, didaktik material.
Do'stlaringiz bilan baham: |