Interaktiv xizmatlardan foydalanish qamrovi qanday? Darhaqiqat, zamonaviy axborot texnologiyalari о‘zaro muloqotsiz tо‘g‘ridan - tо‘g‘ri aloqalarni о‘rnatishda muhim ahamiyatga ega. Davlat soliq tizimida ushbu yо‘nalishdagi ishlarga 2005 yildan boshlab jiddiy e’tibor qaratilib, tо‘rt bosqichli jarayon amalga oshirilmoqda. Jumladan, dastlab, soliq tо‘lovchilarga 9 ta interaktiv xizmat taklif etilgan bо‘lsa, hozirgi kunga kelib, ularning soni 35 tani tashkil qilmoqda.
Ayni paytda 345 mingta yuridik shaxsning davlat soliq organi saytida о‘z “Shaxsiy kabineti” mavjud. Tadbirkor hamda ishbilarmonlarning elektron raqamli imzodan foydalanish imkoniyati ham tobora oshib borayotir. Bundan tashqari, qо‘mitaning “mobilь ilova”si orqali ham 15 ta xizmat jismoniy shaxslar e’tiboriga havola qilinayotir.
Soliq tо‘lovchilarga qulaylik tug‘dirish, muloqotsiz nazorat tizimini yaratish maqsadida 53 ta vazirlik va idora bilan 112 turdagi ma’lumotlar almashinuvi yо‘lga qо‘yilgan.
Umuman, soliq organlari hamda soliq tо‘lovchilar о‘rtasida 44 ta holatda muloqot vujudga keladi. Tizimda ayni paytgacha shuning 35 tasi interaktiv asosda amalga oshirilmoqda. Davlatimiz rahbarining Farmoni esa ushbu ishlarni tо‘rtinchi bosqichga kо‘tarib, barcha xizmatni zamonaviy usulda kо‘rsatish uchun mustahkam poydevor yaratishi bilan ahamiyatlidir.
Ta’til - rivojlanish uchun imkoniyat demak. Prezidentimiz Farmonida ayrim sub’ektlarga soliq ta’tillari berilishi ham qayd etilgan.
Endilikda vaqtinchalik moliyaviy qiyinchiliklarga tо‘qnash kelgan halol soliq tо‘lovchilar - xо‘jalik yurituvchi sub’ektlarga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda soliq ta’tillari berilishi mumkin. Albatta, bu о‘z ishini sidqidildan bajarib, xalqimiz manfaatlari yо‘lidagi ezgu maqsadli loyihalarni rо‘yobga chiqarishga bel bog‘lagan ishbilarmonlar uchun juda foydalidir. Lekin о‘tkazilgan kameral nazorat natijalari bо‘yicha aniqlangan tafovutlar yuzasidan soliq tо‘lovchilar tomonidan asoslar taqdim etilmagan taqdirda, soliqlar hamda boshqa majburiy tо‘lovlar summalari sud tartibida undiriladi.
Terminal bо‘lishi shart, lekin... Davlatimiz rahbarining 2017 yil 15 fevraldagi “Pul muomalasini yanada takomillashtirish va bank plastik kartochkalaridan foydalangan holda hisob-kitoblarni rivojlantirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi qarorida joriy yilning 1 martidan boshlab chakana savdo hamda xizmat kо‘rsatish sohasidagi tadbirkorlik sub’ektlari, shu jumladan, yakka tartibdagi tadbirkorlar aholidan tо‘lovlarni bank plastik kartochkalari orqali qabul qiluvchi hisob - kitob terminallari о‘rnatmasdan faoliyatini amalga oshirishga haqli emasligi belgilab qо‘yilgan edi. Unga kо‘ra, naqd yoki plastik kartochka orqali hisob - kitob qilish shakliga qarab, narxlarni sun’iy ravishda oshirsa yoki kamaytirsa, eng kam ish haqining о‘ttiz barobari, nazorat-kassa mashinalari va terminallarni ishlatish majburiy bо‘lgani holda, ularni ishlatmaslik, xuddi shuningdek, kvitansiyalar, talonlar, cheklar yoki ularga tenglashtirilgan boshqa hujjatlarni bermasdan tovarlarni realizatsiya qilganlik hamda xizmatlar kо‘rsatganlik uchun eng kam ish haqining о‘ttiz barobaridan ellik barobarigacha, plastik kartochkalar asosida tо‘lovlarni qabul qilishni rad etganlik esa eng kam ish haqining yuz barobari miqdorida jarima solinishiga sabab bо‘lishi qayd etilgan.
Biroq hamma joyda ham bunga tо‘liq amal qilayotgan tadbirkorlarni uchratavermaymiz. Xо‘sh, buning sababi nimada? Davlat soliq qо‘mitasi mutasaddilarining fikricha, bunga amal qilmagan har bir ishbilarmonga tegishli chora kо‘riladi. Lekin ayrim holatlar inobatga olinadi.
Masalan, belgilangan muddat ichida terminal xarid etish uchun murojaat qilingan va boshqa ishonchli sabablar bо‘lgan taqdirda, javobgarlikdan ozod etiladi.
О‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisining aytishicha, mamlakatimizda terminallar etishmovchiligi mavjud. Chunki uni ishlab chiqaruvchi mahalliy korxonalar kam. Su bois terminallar xorijdan keltirilmoqda. Bugungi kunda ushbu yо‘nalishda ma’lum ishlar amalga oshirilayotir. Terminallar ehtiyoji bor tadbirkorlik sub’ektlariga banklar orqali etkazib berilmoqda, uning tegishli zaxirasini yaratish choralari kо‘rilayapti.
Do'stlaringiz bilan baham: |