Sanoat ishlab chiqarishini tashkil etish



Download 5,22 Mb.
bet92/290
Sana27.02.2023
Hajmi5,22 Mb.
#915104
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   290
Bog'liq
MAJMUA Moliya va soliqlar

Soliq tо‘lovchilarning majburiyatlari

  • Soliq tо‘lovchilar:

- belgilangan soliqlar va yig‘imlarni о‘z vaqtida hamda tо‘liq hajmda hisoblab chiqarishi va tо‘lashi;
- hujjatlarni kо‘rib chiqish yoki tushuntirishlar berish zaruriyati tо‘g‘risida chaqiruv xatini olganida soliq organiga kelishi;
- tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishda xaridorga hisobvaraq-fakturalarni, cheklarni yoki ularga tenglashtirilgan boshqa hujjatlarni berishi;
- soliq tekshiruvini о‘tkazayotgan soliq organlarining mansabdor shaxslariga soliqlarni hisoblab chiqarish va tо‘lash uchun asos bо‘lib xizmat qiladigan hujjatlar, shuningdek elektron manbalarda saqlanadigan tegishli axborot bilan tanishish imkoniyatini ta’minlashi;
- soliq organlari va boshqa vakolatli organlarning qonuniy talablarini bajarishi, kо‘rsatilgan organlarning va ular mansabdor shaxslarining qonuniy faoliyatiga tо‘sqinlik qilmasligi;
- soliq hisobotlarining va soliqlarni hisoblab chiqarish hamda tо‘lash uchun zarur bо‘lgan boshqa hujjatlarning tegishli soliqlarni tо‘lash uchun belgilangan kalendarь yildan keyingi besh yil mobaynida but saqlanishini ta’minlashi;
- о‘zi soliq bо‘yicha hisobga olingan joydagi soliq organlarini О‘zbekiston Respublikasi yuridik shaxslaridagi va chet el yuridik shaxslaridagi ishtiroki tо‘g‘risida, agar ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushi 10 foizdan ortiq bо‘lsa, xabardor etishi shart.
Yuridik shaxs bо‘lgan soliq tо‘lovchilar nazarda tutilgan majburiyatlardan tashqari, о‘zlari hisobga olingan joydagi soliq organlariga о‘zlarining barcha alohida bо‘linmalari tо‘g‘risida va alohida bо‘linmalarga oid ilgari xabar qilingan ma’lumotlaridagi о‘zgarishlar tо‘g‘risida alohida bо‘linma tashkil etilgan yoki mazkur ma’lumotlar о‘zgartirilgan kundan e’tiboran bir oy ichida xabar qilishi shart.
Zimmasiga soliq hisobotini elektron shaklda taqdim etish majburiyati yuklatilgan shaxslar soliq organlari tomonidan soliq tо‘g‘risidagi qonunchilik bilan tartibga solinadigan munosabatlardagi о‘z vakolatlarini amalga oshirish chog‘ida foydalaniladigan hujjatlarning soliq organidan telekommunikatsiya aloqa tarmoqlari orqali elektron shaklda olinishini ta’minlashi kerak.
Ushbu kodeksga muvofiq soliq solish ob’ekti deb e’tirof etiladigan kо‘chmas mulkka ega bо‘lgan chet el yuridik shaxslari ushbu moddada nazarda tutilgan majburiyatlardan tashqari, kо‘chmas mulk ob’ekti turgan joydagi soliq organiga ushbu chet el yuridik shaxsining ishtirokchilari tо‘g‘risidagi ma’lumotlarni xabar qilishi shart.
Yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi chet el tuzilmalari kо‘rsatilgan holatlarda о‘z muassislari, benefitsiarlari va boshqaruvchilari haqidagi ma’lumotlarni xabar qilishi kerak. Chet el yuridik shaxsida (yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi chet el tuzilmasida) ushbu qismda kо‘rsatilgan bir nechta mol-mulk ob’ekti mavjud bо‘lgan taqdirda, ushbu shaxs tanloviga kо‘ra, xabar mol-mulk ob’ektlarining biri turgan erdagi soliq organiga taqdim etiladi.
О‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlar olib о‘tilishi munosabati bilan soliqlar tо‘laydigan soliq tо‘lovchilar zimmasida О‘zbekiston Respublikasining bojxona tо‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan majburiyatlar ham bо‘ladi.
Soliq tо‘lovchilarning zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bо‘lishi mumkin.
Zimmasiga soliqlarni hisoblab chiqarish, soliq tо‘lovchidan ushlab qolish va byudjet tizimiga о‘tkazish majburiyati yuklatilgan shaxslar soliq agentlari deb e’tirof etiladi.
Soliq agentlari, agar ushbu kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bо‘lsa, soliq tо‘lovchilar kabi huquqlarga ega bо‘ladi.
Soliq agentlari:
soliqlarni tо‘g‘ri va о‘z vaqtida hisoblab chiqarishi, ushlab qolishi hamda byudjet tizimiga о‘tkazishi;
soliq organlariga soliqni ushlab qolish imkoniyati yо‘qligi va soliq tо‘lovchining soliq qarzi summasi tо‘g‘risida bunday holatlar soliq agentiga ma’lum bо‘lgan kundan e’tiboran bir oy ichida yozma ravishda yoki elektron shaklda xabar qilishi;
hisoblangan va tо‘langan daromadlarning, hisoblab chiqarilgan, ushlab qolingan va byudjet tizimiga о‘tkazilgan soliqlarning hisobini har bir soliq tо‘lovchi bо‘yicha alohida yuritishi;
soliqlarning tо‘g‘ri hisoblab chiqarilishi, ushlab qolinishi va о‘tkazilishi ustidan nazoratni amalga oshirish uchun zarur bо‘lgan hujjatlarni soliq organlariga taqdim etishi;
soliq hisobotlarining hamda soliqlarni hisoblab chiqarish, ushlab qolish va о‘tkazish uchun zarur bо‘lgan boshqa hujjatlarning da’vo muddati mobaynida but saqlanishini ta’minlashi shart.
Soliq agentlarining zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham bо‘lishi mumkin.
Soliq tо‘lovchi soliq munosabatlarida qonuniy yoki vakolatli vakil orqali ishtirok etishga haqli.
Vakilning vakolatlari kodeksga va boshqa qonunchilikka muvofiq hujjatlar bilan tasdiqlangan bо‘lishi kerak.
Yuridik shaxs bо‘lgan soliq tо‘lovchining qonuniy vakili deb ushbu yuridik shaxsga qonun yoki uning ta’sis hujjatlari asosida vakillik qilishga vakolatli shaxslar e’tirof etiladi.
Jismoniy shaxs bо‘lgan soliq tо‘lovchining qonuniy vakili deb fuqarolik qonunchilikka muvofiq uning vakillari sifatida faoliyat olib boradigan shaxslar e’tirof etiladi.
Yuridik shaxs qonuniy vakillarining mazkur yuridik shaxsning soliq munosabatlarida ishtirok etishi munosabati bilan sodir etilgan harakatlari (harakatsizligi) ushbu yuridik shaxsning harakati (harakatsizligi) hisoblanadi.
Soliq tо‘lovchi tomonidan belgilangan tartibda soliq organlari, bojxona organlari va soliq munosabatlarining boshqa ishtirokchilari bilan munosabatlarda о‘z manfaatlarini ifodalash vakolati berilgan soliq maslahatchilari tashkilotlari yoki boshqa shaxslar soliq tо‘lovchining vakolatli vakillari bо‘lishi mumkin.
Yuridik shaxs bо‘lgan soliq tо‘lovchining vakolatli vakili, agar ushbu kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bо‘lsa, о‘z vakolatlarini tuzilgan shartnoma yoki fuqarolik qonunchilikda belgilangan tartibda beriladigan ishonchnoma asosida amalga oshiradi.
Jismoniy shaxs bо‘lgan soliq tо‘lovchining vakolatli vakili о‘z vakolatlarini fuqarolik qonunchilikka muvofiq notarial tasdiqlangan ishonchnoma asosida amalga oshiradi.
Soliq, moliya, bojxona va boshqa davlat organlarining mansabdor shaxslari soliq tо‘lovchining vakolatli vakillari bо‘la olmaydi.
Soliq tо‘lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining mas’ul ishtirokchisi qonun asosida soliq tо‘lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhi barcha ishtirokchilarining vakolatli vakili hisoblanadi.
Soliq tо‘lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tuzish tо‘g‘risidagi shartnoma qoidalaridan qat’i nazar, ushbu guruhning mas’ul ishtirokchisi quyidagilar bilan bog‘liq huquqiy munosabatlarda mazkur konsolidatsiyalashgan guruh ishtirokchilarining manfaatlarini ifodalashga haqli:
soliq tо‘lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tuzish tо‘g‘risidagi shartnomani soliq organlarida rо‘yxatdan о‘tkazish, shuningdek ushbu shartnomaga о‘zgartirish kiritish, shartnomaning amal qilish muddatini uzaytirish tо‘g‘risidagi qaror va uni tugatish bilan bog‘liq huquqiy munosabatlarda;
soliq tо‘lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi ishtirokchisidan soliq tо‘lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi uchun foyda solig‘i bо‘yicha qarzlarni majburiy undirish bilan bog‘liq huquqiy munosabatlarda;
soliq organining mansabdor shaxsi tomonidan amalga oshirilgan harakatlar (harakatsizlik) xususiyati bо‘yicha ular soliq tо‘lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining ishtirokchisi bо‘lgan yuridik shaxsning huquqlariga bevosita ta’sir qilsa.
Amal qilish muddati tugashi bilan soliq tо‘lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tuzish tо‘g‘risidagi shartnoma muddatidan oldin bekor qilinganda yoki tugatilganda ushbu guruhning mas’ul ishtirokchisi bо‘lgan shaxs nazarda tutilgan vakolatlarini saqlab qoladi.
Soliq tо‘lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining mas’ul ishtirokchisi bо‘lgan shaxslar mazkur guruh ishtirokchilarining manfaatlarini ifodalash bо‘yicha ushbu kodeks bilan о‘zlariga berilgan vakolatlarni qonunchilikda belgilangan tartibda tuzilgan shartnoma yoki berilgan ishonchnoma asosida uchinchi shaxslarga berishga haqlidir.

Download 5,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish