Quyidagilar vakolatli organlardir: soliq organlari - О‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qо‘mitasi, yirik soliq tо‘lovchilar bо‘yicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari, shuningdek tumanlar (shaharlar) davlat soliq inspeksiyalari;
bojxona organlari - О‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qо‘mitasi, Davlat bojxona qо‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri bо‘yicha boshqarmalari, “Toshkent - AERO” maxsus bojxona kompleksi va bojxona postlari;
yig‘imlarni undirish funksiyasini amalga oshiruvchi davlat organlari va tashkilotlar.
Soliq organlari quyidagilarga haqli: soliq tо‘lovchilardan va uchinchi shaxslardan soliqlarni va yig‘imlarni hisoblab chiqarish hamda tо‘lash uchun zarur bо‘lgan hujjatlar va ma’lumotlarni (axborotni), shu jumladan elektron tarzda taqdim etishini talab qilish;
ushbu Kodeksda belgilangan tartibda soliq tekshiruvlari va boshqa soliq nazorati tadbirlarini о‘tkazish;
hududni, ishlab chiqarish, omborxona, savdo binolarini va boshqa binolarni, shu jumladan soliq tо‘lovchi daromad olish uchun foydalanadigan yoki soliq solish ob’ektlarini saqlash bilan bog‘liq joylarni kо‘zdan kechirish;
mol-mulkni inventarizatsiya qilish va bajarilgan ishlar, kо‘rsatilgan xizmatlarning nazorat о‘lchovlarini о‘tkazish;
qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda kassani va tovar-moddiy boyliklar hamda hujjatlar saqlanadigan joylarni ikki kundan ortiq bо‘lmagan muddatga, ikki kundan ortiq muddatga esa, sud qarori bо‘yicha muhrlash;
soliqlarni va yig‘imlarni hisoblab chiqarish bilan bog‘liq hujjatlarni va elektron axborot jismlarini olib qо‘yish;
foto - va videotasvirga tushirish, tushuntirishlar hamda boshqa ma’lumotlarni olish;
tarjimonni, ekspertni jalb etish va ekspertiza tayinlash;
soliq tо‘lovchi hisob hujjatlarini yо‘qotgan yoki yо‘q qilgan hollarda soliq tо‘lovchi tо‘g‘risidagi о‘zida mavjud axborot, shuningdek boshqa shu kabi soliq tо‘lovchilar tо‘g‘risidagi ma’lumotlar asosida soliqlar summasini hisob-kitob orqali mustaqil ravishda aniqlash;
о‘zaro kelishuv asosida soliq monitoringida ishtirok etayotgan soliq tо‘lovchi tomonidan soliq tо‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilishi, soliqlarni hisoblab chiqarishning tо‘g‘riligi, tо‘liqligi va о‘z vaqtida tо‘lanishi yuzasidan soliq monitoringini о‘tkazish;
soliq qarzini majburiy undirish choralarini kо‘rish;
soliqqa oid huquqbuzarliklar tо‘g‘risidagi ishlarni kо‘rib chiqish va moliyaviy sanksiyalar qо‘llash;
soliq huquqbuzarliklarining aniqlangan holatlari bо‘yicha tovar-moddiy boyliklarni belgilangan tartibda davlat daromadiga о‘tkazish. Yuridik shaxs bо‘lgan soliq tо‘lovchilar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning tovar-moddiy boyliklarini davlat daromadiga о‘tkazish sud tartibida amalga oshiriladi;
soliq tо‘lovchilarga nisbatan ular tomonidan noqonuniy olingan mablag‘larni davlat daromadiga undirish tо‘g‘risida sudlarga da’volar kiritish;
hujjatlarning davlat tiliga tarjima qilinishini talab qilish;
soliq tо‘lovchilarni va soliq agentlarini yozma bildirish asosida soliq organlariga ular tomonidan soliqlarni tо‘lash (ushlab qolish va о‘tkazish) yuzasidan yoki soliq tekshiruvi bilan bog‘liq ravishda, shuningdek ular tomonidan soliq tо‘g‘risidagi qonunchilikning bajarilishi bilan bog‘liq boshqa hollarda tushuntirishlar berishga chaqirish;
ushbu Kodeksda nazarda tutilgan tartibda soliq tо‘lovchining yoki soliq agentining bankdagi hisobvaraqlari bо‘yicha operatsiyalarni tо‘xtatib turish va ularning mol-mulkini xatlab qо‘yish;
soliq tо‘lovchilar va ularning vakillaridan, soliq agentlaridan soliq tо‘g‘risidagi qonunchilikning aniqlangan buzilishlarini bartaraf etishni talab qilish hamda ushbu talablarning bajarilishini nazorat qilish;
ushbu Kodeksda belgilangan majburiyatlarning banklar tomonidan bajarilishini nazorat qilish.
Soliq organlari qonunga muvofiq boshqa huquqlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Soliq organlarining majburiyatlari Soliq organlari:
- soliq tо‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etishi;
- soliq tо‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilishi, soliqlar va yig‘imlarning tо‘g‘ri hisoblab chiqarilishi, tо‘liq hamda о‘z vaqtida tо‘lanishi ustidan nazoratni amalga oshirishi;
- soliq tо‘lovchilar, soliq solish ob’ektlari va soliq solish bilan bog‘liq ob’ektlar, hisoblangan va tо‘langan soliqlar tо‘liq va о‘z vaqtida hisobga olinishini ta’minlashi;
- soliq tekshiruvlarini о‘tkazishda soliq tо‘lovchilarga ularning huquqlari va majburiyatlari tо‘g‘risida ma’lumot berishi, shuningdek о‘tkazilgan tekshirishlar natijalari tо‘g‘risida xabardor qilishi;
- soliq tо‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarini О‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qо‘mitasining rasmiy veb-saytida о‘z vaqtida e’lon qilishi;
- soliq tо‘lovchilarga soliq tо‘g‘risidagi qonunchilikni ijro etishida yordam berishi, soliq tо‘g‘risidagi qonunchilik normalarini va soliq imtiyozlarini qо‘llash tartibini tushuntirishi;
-soliq tо‘g‘risidagi qonunchilik buzilganligi faktlarini tahlil qilishi va baholashi, soliqqa oid huquqbuzarliklarga olib keladigan sabablar va sharoitlarni bartaraf etish tо‘g‘risidagi takliflarni tegishli davlat organlariga kiritishi;
- huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan birgalikda soliqqa oid huquqbuzarliklarga qarshi kurashishga doir uzoq muddatli va joriy dasturlarni ishlab chiqishi hamda amalga oshirishi;
- soliq tо‘g‘risidagi qonunchilik buzilganligi tо‘g‘risidagi arizalarni, xabarlarni va boshqa axborotni о‘rganishi;
- davlat daromadiga о‘tkazilgan mol-mulkni realizatsiya qilishdan pul mablag‘larining tо‘liq va о‘z vaqtida tushishini nazorat qilishi;
- masalani hal etish soliq organlari vakolatlari doirasiga kirmaydigan hollarda soliq tо‘g‘risidagi qonunchilikning buzilishi faktlari bо‘yicha materiallarni huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshirishi;
- о‘z vakolatlari doirasida valyuta va eksport-import operatsiyalarini amalga oshirishning belgilangan tartibiga rioya etilishi ustidan nazorat qilishi;
- soliq siriga rioya etishi va uning saqlanishini ta’minlashi;
- soliq tо‘lovchining talabiga binoan soliqlarni tо‘lash bо‘yicha soliq majburiyatining bajarilishi yuzasidan solishtirma dalolatnoma tuzishi;
- soliq qarzi summasini sо‘zsiz undirishi;
- yuridik va jismoniy shaxslarni, shu jumladan О‘zbekiston Respublikasi norezidentlarini hisobga olishi, ularga soliq tо‘lovchilarning identifikatsiya raqamini berishi hamda bu haqda statistika va rо‘yxatdan о‘tkazuvchi organlarga rasmiy ravishda ma’lum qilishi;
- soliq tо‘lovchining talabiga binoan uning soliq organlarida hisobga qо‘yilganligini tasdiqlovchi ma’lumotnomani berishi;
- soliq tо‘g‘risidagi qonunchilikni qо‘llash masalalari yuzasidan О‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining yozma tushuntirishlariga amal qilishi shart.
Soliq organlarining zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham bо‘lishi mumkin.