Sanoat ishlab chiqarishini tashkil etish



Download 5,22 Mb.
bet101/290
Sana27.02.2023
Hajmi5,22 Mb.
#915104
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   290
Bog'liq
MAJMUA Moliya va soliqlar

Qо‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilinadigan moliyaviy xizmatlar jumlasiga quyidagilar kiradi:
1) kreditlar, zayomlar bо‘yicha foizlarni hisoblab chiqarish va undirish, kreditlar, zayomlar berish, kafilliklar (kafolatlar), shu jumladan bank kafolatlari berish;
2) depozitlar qabul qilish, yuridik va jismoniy shaxslarning bank hisobvaraqlarini, shu jumladan vakil banklarda hisobvaraqlarini ochish va yuritish;
3) tо‘lovlar, о‘tkazmalar, qarz majburiyatlari, cheklar va tо‘lov vositalari bilan bog‘liq operatsiyalar, inkasso bо‘yicha operatsiyalar;
4) milliy valyuta va chet el valyutasi bilan bog‘liq operatsiyalar, numizmatika maqsadlarida foydalaniladiganlari bundan mustasno;
5) yuridik va jismoniy shaxslarning, shu jumladan investitsiya vositachilarining qimmatli qog‘ozlar depo-hisobvaraqlarini ochish hamda yuritish;
6) qimmatli qog‘ozlar (aksiyalar, obligatsiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlar) bilan bog‘liq operatsiyalar. Qimmatli qog‘ozlar bilan bog‘liq operatsiyalar jumlasiga qimmatli qog‘ozlarni saqlash, qimmatli qog‘ozlarga bо‘lgan huquqni hisobga olish, qimmatli qog‘ozlarni о‘tkazish hamda qimmatli qog‘ozlar reestrini yuritish bо‘yicha operatsiyalar, qimmatli qog‘ozlar savdosini tashkil etish bо‘yicha operatsiyalar kiradi, ularni tayyorlash bо‘yicha xizmatlar bundan mustasno;
7) qimmatli qog‘ozlarni, yuridik shaxslarning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlarni (paylarni) realizatsiya qilish;
8) kliring operatsiyalari;
9) akkreditivlar ochish va ularga xizmat kо‘rsatish;
10) pul mablag‘larini konvertatsiya qilish bо‘yicha operatsiyalar;
11) chet el valyutasi bilan ayirboshlash operatsiyalarini tashkil etish;
12) kassa operatsiyalari (banknot va tangalarni qabul qilib olish, berish, qayta hisoblab chiqish, maydalab berish, almashtirish, saralash va saqlash);
13) moliyaviy ijara (lizing) shartnomasining ijaraga beruvchining (lizingga beruvchining) foiz tariqasidagi daromadiga tegishli qismi bо‘yicha xizmatlar kо‘rsatish;
14) forfeyting va faktoring operatsiyalari;
15) lombard operatsiyalari (garovga qо‘yilgan mol-mulkka qisqa muddatli kreditlar berish);
16) jamg‘arib boriladigan pensiya tizimi mablag‘larining oboroti.
17) mijozlarning hisob raqamlariga banklar tomonidan elektron masofali xizmat kо‘rsatish bо‘yicha xizmatlar.
Soliqdan quyidagi sug‘urta xizmatlari ozod qilinadi:
Sug‘urta qilish, birgalikda sug‘urta qilish va qayta sug‘urta qilish xizmatlari bо‘yicha sug‘urta bozorining professional ishtirokchilari tomonidan amalga oshiriladigan sug‘urta qilish bо‘yicha xizmatlar bu xizmatlar natijasida:
1) sug‘urta bozorining professional ishtirokchisi quyidagilarni olsa, qо‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilinadi:
a) sug‘urta qilish, birgalikda sug‘urta qilish va qayta sug‘urta qilish shartnomalari bо‘yicha sug‘urta mukofotlari;
b) qayta sug‘urta qilishga topshirilgan shartnomalar bо‘yicha vositachilik haqi va tantьemalar;
v) sug‘urta agenti, sug‘urta va qayta sug‘urta brokeri, syurveyer hamda sug‘urta bozorining boshqa professional ishtirokchilarining xizmatlari uchun vositachilik haqi;
g) qayta sug‘urta qilishga topshirilgan shartnomalar bо‘yicha sug‘urta tо‘lovlari ulushining qayta sug‘urtalovchilar tomonidan tо‘lanadigan tо‘lovini;
d) sug‘urta qilish, birgalikda sug‘urta qilish va qayta sug‘urta qilish shartnomalari bо‘yicha uchinchi shaxslardan subrogatsiya (regress) tartibida talab qilish bо‘yicha daromadlar;
e) sug‘urta bozorining professional ishtirokchilari (aktuariylar, ajasterlar, syurveyerlar, assistans xizmatlari va shu singarilar) kо‘rsatgan xizmatlardan olinadigan daromadlar;
j) qayta sug‘urta qilish shartnomalari bо‘yicha depo mukofotlariga hisoblangan hamda qayta sug‘urta qildiruvchi tomonidan qayta sug‘urtalovchiga о‘tkazilgan foizlar;
z) hayotni sug‘urta qilish shartnomalari bо‘yicha sug‘urta qildiruvchilar taqdim etgan zayomlardan olinadigan daromadlar;
i) sug‘urtalovchining (qayta sug‘urtalovchining) investitsiya faoliyatidan olinadigan daromadlar, shu jumladan sug‘urta rezervlari va sug‘urta fondlari mablag‘larini investitsiyalashdan olinadigan daromadlar;
k) sug‘urta qilish, birgalikda sug‘urta qilish va qayta sug‘urta qilish shartnomalari bо‘yicha franshizlarni qoplashdan olinadigan daromadlar;
l) qonun hujjatlariga muvofiq sug‘urtalovchiga о‘tgan, sug‘urta qildiruvchining (naf oluvchining) etkazilgan zarar uchun javobgar shaxslardan talab qilish huquqini realizatsiya qilishdan olinadigan daromadlar;
m) qayta sug‘urta qilish shartnomalari muddatidan ilgari tugatilgan taqdirda, ular bо‘yicha sug‘urta mukofotlarining qaytarib berilgan qismi summalari;
n) bevosita sug‘urta faoliyatini amalga oshirishdan olinadigan boshqa daromadlar;
2) sug‘urta qildiruvchi (naf oluvchi) quyidagilarni olsa, qо‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilinadi:
a) sug‘urta tо‘lovi (sug‘urta tovoni);
b) sug‘urta qilish shartnomasi zararsiz amal qilishi uchun sug‘urtalovchi tо‘laydigan mablag‘lar;
v) sug‘urta qilish shartnomasiga muvofiq boshqa mablag‘lar.

Download 5,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish