Sanoat ishlab chiqarishini tashkil etish


Soliq tо‘lovchilar va soliq solish ob’ekti



Download 5,22 Mb.
bet97/290
Sana27.02.2023
Hajmi5,22 Mb.
#915104
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   290
Bog'liq
MAJMUA Moliya va soliqlar

2.Soliq tо‘lovchilar va soliq solish ob’ekti
Qо‘shilgan qiymat solig‘i tо‘lovchilar quyidagilardir:
1) soliq solinadigan oborotlarga ega bо‘lgan yuridik shaxslar;
2) Soliq kodeksiga muvofiq zimmasiga О‘zbekiston Respublikasi norezidentlari tomonidan amalga oshirilayotgan soliq solinadigan oborotlar uchun qо‘shilgan qiymat solig‘i tо‘lash bо‘yicha majburiyat yuklatiladigan yuridik shaxslar;
3) tovarlarni О‘zbekiston Respublikasi hududiga import qiluvchi yuridik va jismoniy shaxslar, о‘z ehtiyojlari uchun bojsiz olib kirish normalari doirasida tovarlar olib kiruvchi jismoniy shaxslar bundan mustasno;
4) oddiy shirkat soliq solinadigan oborotlarni amalga oshirayotganda zimmasiga uning ishlarini yuritish yuklatilgan (ishonchli shaxs) sherik (ishtirokchi) - yuridik shaxs;
Quyidagilar qо‘shilgan qiymat solig‘i tо‘lovchilar hisoblanmaydi:
- notijorat tashkilotlar, shuningdek tadbirkorlik faoliyati doirasida tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilish oborotini hamda kо‘rsatilgan oborotlarni amalga oshirganda notijorat tashkilotlar ushbu oborotlar bо‘yicha qо‘shilgan qiymat solig‘ini tо‘lovchilar bо‘ladi;
- soliq solishning soddalashtirilgan tartibi nazarda tutilgan yuridik shaxslar.
Yagona soliq tо‘lovini tо‘lovchilar bо‘lgan yuridik shaxslar soliq bо‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga yilning navbatdagi choragi boshlanguniga qadar bir oydan kechiktirmasdan, yangi tashkil etilayotgan yagona soliq tо‘lovini tо‘lovchilar bо‘lgan yuridik shaxslar esa faoliyat boshlanguniga qadar taqdim etiladigan yozma bildirishga asosan ixtiyoriy asosda qо‘shilgan qiymat solig‘ini tо‘lashi mumkin.
Alohida toifadagi soliq tо‘lovchilar uchun, aksiz solig‘i tо‘lanadigan mahsulot ishlab chiqarishni va er qa’ridan foydalanganlik uchun soliq solinadigan foydali qazilmalarni qazib olishni amalga oshiruvchilar bundan mustasno, Soliq kodeksininng 401-bobida belgilangan tartibda qо‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblab chiqarish va tо‘lashning soddalashtirilgan tartibi 2021 yil 1 yanvargacha bо‘lgan davrga belgilandi.
Soliq solish ob’ekti quyidagilardir:
- soliq solinadigan oborot;
- soliq solinadigan import.
Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilish oboroti deb quyidagilar e’tirof etiladi:
1) mol-mulkka bо‘lgan mulk huquqini о‘tkazish, ishlar bajarish, xizmatlar kо‘rsatish, shu jumladan:
- tovarni va boshqa mol-mulkni jо‘natish (sotish);
- ustav fondiga (ustav kapitaliga) qо‘shilgan hissa;
- mol-mulkni bepul berish (ishlarni bepul bajarish, xizmatlarni bepul kо‘rsatish), shu jumladan yuridik shaxs xodimlariga ularning mazkur yuridik shaxsdagi faoliyati bilan bog‘liq bо‘lmagan shaxsiy ehtiyojlari uchun mol-mulkni bepul berish (ishlarni bepul bajarish, xizmatlarni bepul kо‘rsatish), agar boshqacha qoida nazarda tutilgan bо‘lmasa;
- qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda boshqa tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga) almashtirish uchun mol-mulkni berish (ishlar bajarish, xizmatlar kо‘rsatish);
- qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda xodimga ish haqi hisobiga yoki muassisga (ishtirokchiga) dividendlar tо‘lash hisobiga mol-mulk berish (ishlarni bajarish, xizmatlar kо‘rsatish);
- garov bilan ta’minlangan majburiyatlar bajarilmagan taqdirda, garovga qо‘yuvchi tomonidan garov narsasini berish;
2) bitta yuridik shaxsning bir tarkibiy bо‘linmasi tomonidan boshqa tarkibiy bо‘linmasiga, agar tarkibiy bо‘linmalar Kodeksga muvofiq mustaqil soliq tо‘lovchilar bо‘lsa, mol-mulkni berish, ishlarni bajarish, xizmatlar kо‘rsatish;
3) mol-mulkni moliya ijarasiga (shu jumladan lizingga) berish;
4) tо‘lovni bо‘lib-bо‘lib tо‘lash sharti bilan tovarni jо‘natish;
5) mol-mulkni operativ ijaraga berish;
6) intellektual mulk ob’ektlariga bо‘lgan huquqni о‘tkazish yoki ulardan foydalanish huquqini berish;
7) yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ini hisoblab chiqarishda Soliq kodeksiga muvofiq xarajatlari chegirilmaydigan soliq tо‘lovchining о‘z ehtiyojlari uchun о‘zi ishlab chiqargan tovarlarni berish, о‘z kuchi bilan ishlarni bajarish, xizmatlar kо‘rsatish.

Download 5,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish