Sanoat ishlab chiqarishini tashkil etish



Download 5,22 Mb.
bet96/290
Sana27.02.2023
Hajmi5,22 Mb.
#915104
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   290
Bog'liq
MAJMUA Moliya va soliqlar

Nazorat savollari
1. Soliq siyosati nima?
2. Soliq siyosatining chet el tajribasi?
3. Soliq siyosatini ishlab chiqishda davlatni roli nimadan iborat?
4. Hozirgi sharoitda soliq siyosatining asosiy yo`nalishlari nimadan iborat?
5. Soliq mexanzmi nima?
6. Budjet-soliq siyosati yaxlitligi va moliyaviy tartibga solish nimadan iborat?

……………………………………………………………………………….
16-Mavzu: Qо‘shilgan qiymat solig‘i
Reja
1.О‘zbekistonda qо‘shilgan qiymat solig‘i joriy qilinishining iqtisodiy sabablari va ahamiyati.
2. Qо‘shilgan qiymat solig‘ining rivojlanish bosqichlari. Qо‘shilgan qiymat solig‘i tо‘lovchilari tarkibi.
3.Qо‘shilgan qiymat solig‘ining soliq solish obyekti va soliq solinadigan baza.
4.Qо‘shilgan qiymat solig‘i stavkalari. Nol darajali stavka bо‘yicha soliq solish.
5.Qо‘shilgan qiymat solig‘i bо‘yicha imtiyozlar.
6.Byudjetga tо‘lanadigan qо‘shilgan qiymat solig‘i summasini belgilash tartibi.
7. Hisobga kiritiladigan qо‘shilgan qiymat solig‘i.
8.Hisobga kiritilmaydigan soliq summasi. Hisobvaraq-faktura va uni tо‘ldirish tartibi.
9. Qо‘shilgan qiymat solig‘ini tо‘lash va hisob-kitoblarni taqdim etish muddatlari.
1. О‘zbekistonda QQS joriy qilinishining iqtisodiy sabablari
Barcha bilvosita soliqlar kabi QQS ham asosan soliqlarning fiskal funksiyasini bajaradi, uning joriy qilishdan asosiy maqsad davlat byudjetini mablag‘ bilan tо‘ldirish bilan bog‘liq bо‘lgan. QQS soliq tushumlarini narx-navoning о‘sishi bilan tо‘g‘ridan tо‘g‘ri bog‘lab turganligi uchun u byudjet mablag‘larini inflyatsiya bо‘lishligidan saqlab qoluvchi vositalardan biri hisoblanadi.
Bunday holatda soliqqa solish ob’ekti bо‘lib tovarning yoki xizmatning sotish narxi xizmat qiladi. QQS soliqqa solish tizimida har bir ishlab chiqaruvchi (sotib oluvchi) о‘zining xaridoridan (burtmachisidan) qonunda kо‘zda tutilgan soliq summasini undiradi va avval xom-ashyo sotib olishda soliqning tо‘langan qismi mavjud bо‘lsa, uni chegirib tashlab, qolgan qismini byudjetga tо‘laydi.
Soliqlarni tasniflash jihati bо‘yicha soliqqa tortish ob’ektini baholash darajasidan kelib chiqib, QQS real soliqlar turkumiga kiradi. Ushbu soliqni tо‘lash oldi-sotdi jarayonidan kelib chiqadi va soliqqa tortish sub’ektining moliyaviy holatini hisobga olmaydi.
QQS О‘zbekistonda qо‘llana boshlashining asosiy sababi ushbu soliq bо‘yicha dunyo hamjamiyatining bu boradagi tajribasi bо‘ldi. Rivojlangan davlatlarning tajribasi bilvosita soliqlar rivojlanib borib, yagona qо‘llaniladigan soliqqa, ya’ni ushbu davlatlarda bir tekisda taqsimlanadigan qо‘shilgan qiymat solig‘iga aylanishini kо‘rsatdi, shu bilan bir vaqtning о‘zida, biron bir tovarlar guruhini sotilishiga halaqit qilmaydi.
QQS birinchi bor 1954 yil Fransiyada iqtisodchi M.Lore taklifiga muvofiq joriy qilingan va qisqa muddat ichida kо‘pgina davlatlarda qо‘llanila boshlandi. QQS О‘zbekistonda qо‘llanilish davriga kelib 43 ta davlatda, shu jumladan barcha Evropa ittifoqi (EI) davlatlarida qо‘llanilgan. 1992 yildan boshlab QQS mustaqil О‘zbekistonning soliq tizimida ajralmas qismiga aylandi.
Qо‘shilgan qiymat solig‘i boshqa soliqlarga nisbatan juda kо‘p afzalliklarga ega. Ular quyidagilardan iborat:
- QQS mahsulotning sotuv narxiga qо‘shilmay uning ustiga qо‘yilib, xaridor tomonidan tо‘lab beriladi, bu esa о‘z vaqtida ishlab chiqarishning xarajatlariga va rentabelligiga ta’sir etmaydi;
- soliqqa tortish ob’ekti mahsulotning butun ishlab chiqarish jarayonida yagona soliq stavkasida aniqlanishi mahsulot sotishning oxirgi bosqichida soliq summasini yig‘ilib qolishidan saqlaydi va soliqqa tortish jarayonida qayta-qayta hisoblanishning oldini oladi;
- soliq undirish tizimining soddaligi soliq organi uchun hamda soliq tо‘lovchilar uchun ham qulaylik yaratadi. QQSni hisoblash jarayoni о‘z-о‘zini tekshirish jarayoni desa ham bо‘ladi, chunki keyingi sotib oluvchi avvalgi ta’minotchini hisob-varaq-fakturasida tо‘langan soliq summasini belgilashda tо‘g‘ri qо‘yilishini tekshirib boradi;
- qо‘shilgan qiymat solig‘i tarmoq va korxonalarning iqtisodiy faoliyat turlaridan, kapital jamg‘armasidan, ishlab chiqarish turidan, katta-kichikligidan qat’i nazar bir xilda soliqqa tortish darajasi qо‘llaniladi;
- kо‘pgina davlatlarda korxonaning о‘zi ishlab chiqargan mahsulotini chetga eksport qiluvchi firma-ekeporterlarga ularni qо‘llab quvvatlash maqsadida eksport qilingan mahsulot sotuv narxiga kirgan qо‘shilgan qiymat solig‘ini bir qismini davlat tomonidan qaytarib beriladi. QQSning hisoblash tizimi esa eksport kilinayotgan mahsulotni firma tomonidan ishlab chiqarish uchun ketgan real xarajatlarini hisoblab chiqarish imkoniyatini beradi.
Mahsulotlar import kilinayotganda QQS proteksiya siyosatini yuritish uchun qо‘llaniladi. Demak, QQSni tashqi iqtisodiy munosabatlarni tartibga solib turish uchun foydalanish mumkin;
- qо‘shilgan qiymat solig‘ining hujjatlarda alohida kо‘rsatilib yozilishligi uni tо‘lashdan qochish holatlarni qiyinlashtiradi;
- QQS bozor iqtisodiyotini soliqlar yordamida tartibga solishda daromad (foyda) solig‘i stavkasini pasaytirilishi natijasida byudjetning daromad qismidagi yо‘qotishlarni qoplash uchun taktik vosita sifatida ishlatiladi;
- QQS har turdagi davlatlarning yagona soliq siyosatini yuritishi yordamida integratsiya funksiyasini ham bajaradi. Masalan, EI davlatlarining soliq siyosatidan kо‘rinib turibdiki, QQS ularning byudjetdagi asosiy manbai bо‘lishi bilan birga milliy iqtisodiyotlarini yaqinlashishiga olib kelmoqsa.
Qо‘shilgan qiymat solig‘ining kamchiliklari:
Bozor iqtisodiyotiga о‘tish davrida QQSning kamchilik tomonlari kо‘rina boshlaydi, ular faqatgina xaridorlargagina emas, balki ishlab chiqaruvchilarga ham ta’sir etadi.
Ularga quyidagilarni kiritish mumkin:
QQSning haqiqiy tо‘lash vaqti (moddiy boyliklar, xizmatlar va ishlarni sotib olish vaqgida) ba’zi holatlarda soliqqa tortiladigan mahsulotning sotish vaqtitsan ancha avval keladi. Soliq hisobini yuritishda hisoblash usulini qо‘llanilishi vaziyatni yanada og‘irlashtiradi. Chunki hisoblash usulida tovarni sotish vaqgi korxona hisob raqamiga pul mablag‘ining kelib tushgani emas, balki tovarning omborxonadan ortib yuborilgan vaqtiga tо‘g‘ri keladi shuning uchun korxona hisob raqamiga sotilgan tovar uchun pul mablag‘i tushishidan qatьi nazar QQS summasini byudjetga tо‘lashi shart.
Agarda, faraz qilaylik, sotilgan tovar uchun pul mablag‘lari tushdi ham deylik, u holda sotuvchi uchun hisobga kiritiladigan QQS summasi о‘zining qiymati bilan avval tо‘langan summaga nisbatan ancha oz summani tashkil etadi (agarda inflyatsiyani hisobga olsak).
Hisoblash usulida korxona о‘zining mablag‘larini QQSni tо‘lash uchun yо‘najirishi hisobiga aylanma pul mablag‘laridan mahrum bо‘ladi. Bunda ushbu mablag‘larning chekkada bо‘lish vaqti korxona hisob raqamiga sotilgan tovar uchun pul mablag‘larining kelib tushish vaqti bilan bog‘liq bо‘ladi.
Bizning respublikada QQS bazasiga faqat qо‘shilgan qiymatgina emas, balki unga umuman dahli bо‘lmagan elementlar ham kiradi. Masalan, О‘zbekiston qonunchiligiga muvofiq aksiz tovarlarini respublika hududiga import qilinganida QQS soliqqa tortish bazasiga tо‘langan aksiz solig‘i va bojxona boji ham kiradi. SHunday qilib, ushbu holatdan ikki marotaba emas, balki uch marotaba soliqqa tortish kо‘rinib turibdi.
QQSning yuqori stavkalarining qо‘llanilishi aholining sotib olish qobiliyatini kamaytiradi va ishlab chiqaruvchi uchun esa tovar sotish bozorini qisqartiradi. QQSning yuqori qiymatda belgilanishi esa tovar ishlab chiqaruvchi tomonidan minimal foyda rejalashtirgan taqdirda ham, sotib oluvchilarning imkoniyatlari chegaralangan bо‘lganligi uchun tovarlarni tez va о‘z vaqtida sotish imkoniyatini bermaydi. QQSning tartibga solib turuvchi imkoniyatlari rivojlangan bozor iqtisodiyoti va bozor uchun xos bо‘lgan raqobatning mavjudligida namoyon bо‘ladi.

Download 5,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish