Sanoat ishlab chiqarishini tashkil etish



Download 5,22 Mb.
bet105/290
Sana27.02.2023
Hajmi5,22 Mb.
#915104
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   290
Bog'liq
MAJMUA Moliya va soliqlar

3-misol. Korxona mahsulotni о‘zining ishchisiga 15 000 sо‘mdan sotadi, vaholanki, mahsulotning tannarxi 20 000 sо‘mni tashkil etadi. Bunday holatda QQS 20 000 sо‘mga hisoblanib, soliq summasi 4 000 sо‘mni tashkil etadi.
Shuni ta’kidlab о‘tish lozimki, О‘zbekiston Resggublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 19 martdagi 88-sonli “Ish haqi о‘z vaqtida tо‘lanishiga doir qо‘shimcha chora-tadbirlar tо‘g‘risida”gi Qaroriga binoan 2002 yil 1 apreldan boshlab mulkchilik shakllaridan qat’i nazar korxonalar va tashkilotlarning ish haqini tovarlar bilan natura shaklida tо‘lashi ta’qiqlangan, bunda qishloq xо‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari tomonidan etishtirilgan va qayta ishlangan, xodimlarning yozma arizasiga kо‘ra shartnomaviy narxlarda beriladigan qishloq xо‘jaligi mahsulotlari bundan mustasno.
Korxona ichida о‘zi ishlab chiqargan, korxonaning tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq bо‘lmagan tovarlar (ishlar, xizmatlar)dan foydalanilishda ularning ishlab chiqarishdagi tannarxi soliq solinadigan aylanmani belgilash uchun asos qilib qabul qilinadi.
4-misol.Tо‘qimachilik korxonasi о‘z kuchi bilan tikkan choyshablarni о‘zining sog‘lomlashtirish markaziga bermoqda. Agar choyshabning tannarxi misol uchun 10 000 sо‘mni tashkil etsa, ushbu summa soliqqa tortish oboroti hisoblanadi. Choyshablarni sog‘lomlashtirish markaziga berish vaqtida korxona QQSni 15 foiz x 10000 = 15 000 sо‘mni byudjetga о‘tkazishi lozim. Sog‘lomlashtirish markazida choyshablar QQSni hisobga olgan holda 15 000 sо‘mda hisobga olinadi.
Mahsulotni sotish bilan bog‘liq bо‘lmagan bunday holatlarning barchasida QQS hisoblanadi. Bunda oddiy mantiq mavjud: xaridor tomonidan tо‘lanishi lozim bо‘lgan, ammo QQSni о‘z ichiga olgan va daromad olishga mо‘ljallangan mahsulot tekinga berilgan. Bunda korxona о‘zi daromad olishdan kechib mahsulotni tekinga berib yubormoqda, ammo davlat bu erda о‘zining asosii manbai. ya’ni qо‘shimcha qiymat solig‘ini tushishidan mahrum bо‘lmoqda. Agarda korxona barcha mahsulotini tekinga tarqatgan taqdirda ham davlat byudjetiga о‘tkazishi kerak emas. Shuning uchun korxona huddi mahsulotni sotgani kabi tо‘lanishi lozim bо‘lgan QQS kerakli me’yorda byudjetga о‘tkazib berishi shart.
Asosiy vositalarni har xil variantdagi sotilish holatlarini kо‘rib chiqamiz:
1) agar asosiy vositalarning boshlang‘ich qiymati hisobotda QQS hisobga olinib aks ettirilishicha 120 000 sо‘mni, eskirish - 50 000 sо‘mni, qoldiq qiymati 70 ming sо‘mni (120 000- 50 000) va sotish narxi - 200 000 sо‘mni tashkil etsa, soliq solinadigan aylanma miqdori (200 000— 70 000) = 130 000 sо‘mni tashkil etadi. QQS summasi esa (130 000 x 15: 120 000) = 16,25 000 sо‘mni tashkil etadi , va u byudjetga tо‘lanishi lozim;
2) agar asosiy vositalarning boshlang‘ich qiymati hisobotda QQS hisobga olinib aks ettirilishicha 120 000 sо‘mni, eskirish – 50 000 sо‘mni, qoldiq qiymati 70,0 000 sо‘mni (120 000 — 50 000) va sotish narxi - 70 000 sо‘mni tashkil etsa, soliq solinadigan aylanma miqdori (70 000— 70 000) = 0 sо‘mni tashkil etadi. QQS summasi ham (00 x 20 : 120 000) = 00 000 sо‘mni tashkil etadi, ya’ni soliq solinadigan aylanma yо‘q;
3) agar asosiy vositalarning boshlang‘ich qiymati hisobotda QQS hisobga olinib aks ettirilishicha 120 000 sо‘mni, eskirish - 50 000 sо‘mni, qoldiq qiymati 70 000 sо‘mni (120 000 — 50 000) va sotish narxi - 50 000 sо‘mni tashkil etsa, unda bu misolda ham soliq solinadigan aylanma yо‘q, chunki sotish narxi qoldiq qiymatidan kam.
Yangi soliq soliq konsepsiyasiga muvofiq qо‘shilgan qiymat solig‘i xususida ayrim ma’lumotlarni keltirib о‘tamiz. Keyingi yillarda QQS hisobidan byudjet daromadlarining 30 foizidan kо‘prog‘ini tashkil topmoqda.
Bu soliq yuqorida ta’kidlaganimizdek, bizning mamlakatimizda 1992 yilning 1 yanvaridan joriy etilgan bо‘lsa-da xorijda о‘tgan asrning 50-yillaridanoq ma’lum bо‘lgan.
Ijtimoiy-iqtisodiy mohiyatiga kо‘ra, QQS realizatsiya qilingan mahsulotlar (bajarilgan ishlar, kо‘rsatilgan xizmatlar) qiymati bilan ishlab chiqarish va muomala xarajatlarining tarkibiga kiritilgan moddiy xarajatlarning qiymati о‘rtasidagi farq sifatida aniqlanadi. Bu soliq yordamida barcha mahsulot aylanmasi emas, balki qiymatning о‘sgan qismi soliqqa tortiladi.
Qо‘shilgan qiymat deyilganda, korxona ishchi-xodimlariga tо‘lanadigan mehnat haqi (ajratma tariqasida hisoblangan summalar bilan birgalikda) va yalpi foydaning yig‘indisi tushuniladi.
Oddiy tilda tushuntiradigan bо‘lsak, fuqaro sartarosh bо‘lib, tirnoqlarni bо‘yab, soch kesib xizmat haqiga 20 000 sо‘m oldi. Uning 20 foizini ya’ni 20 000 sо‘mdan 4 000 sо‘mni qо‘shilgan qiymat solig‘i sifatida tо‘lashi shart. Bu qanday hisoblanadi. Axir, kun kunga о‘xshamaydi, mijozlar kо‘paysa, 200 000 aksi bо‘lsa, 100 000 sо‘m olish mumkin. Aslida bu о‘xshatishimiz notо‘g‘ri ekanini aytib, tushunarli bо‘lishi uchun sartaroshni misol qilib keltiramiz.
Vaholanki, qо‘shilgan qiymat solig‘i yirik soliq tо‘lovchilardan undiriladi. Ular kimlar? О‘zbekneftgaz MXK, О‘zbekiston havo yо‘llari, О‘zbekiston temir yо‘llari “О‘zdonmahsulot”, “Paxtasanoat” kabi katta imkoniyat va qudratga ega bunday soliq tо‘lovchilar yurtimizdagi yuridik shaxslarning bor-yо‘g‘i 2 foizini tashkil etadi.
Kelgusida esa ana shunday korxonalar sonini kо‘paytirish vazifasi turibdi. SHu bois ham soliq solishning soddalashtirilgan va umumbelgilangan tizimi bо‘yicha soliq tо‘lovchilar о‘rtasidagi soliq yuki darajasidagi nomutanosibliklarni bartaraf etish jarayoni boshlandi. Bu qanday amalga oshiriladi?
Endi yil yakunlari bо‘yicha yillik oboroti (tushumi) 1 milliard sо‘mdan oshgan yoki yil davomida belgilangan chegaraviy miqdorga etgan korxonalar umumbelgilangan soliqlarni tо‘lashga о‘tkaziladi. Bunda yillik tushumning 1 milliard sо‘m etib belgilangan chegaraviy miqdori 3 yilda kamida bir marta qayta kо‘rib chiqiladi. Ayni vaqtdagi hisob-kitoblarga kо‘ra, yurtimizda 15 mingtadan kо‘proq ana shunday imkoniyatga ega korxonalar mavjud ekan.
Soliq yukining bunday belgilanishi yirik korxonalarni kichik-kichik korxonalarga bо‘linishiga, daromadini yashirishga olib kelmaydimi, degan savol bо‘lishi mumkin, bu ham tо‘g‘ri. Biroq, bunday holatlarning oldini olish uchun Soliq kodeksidagi soliq nazorati ishga tushadi. Unda soliq idoralari soliq tо‘lovchilarni о‘z faoliyatiga doir hisobotlarni aniqligini ta’minlash uchun ana shu hisobotga tashqi manbalardan olingan ma’lumotlarni solishtirgan holda kameral nazoratni amalga oshiradi.
Agarda yuridik shaxsning tovar aylanmasi bir milliardga etmasa, u nima qiladi? Soliqlardan ozod bо‘ladimi? Yо‘q albatta, bunday korxonalar oborotdan (tovar aylanma) tо‘rt foizlik soliq tо‘lash tizimiga о‘tadi. Masalan, yuz millionga mahsulot sotsa, uning tо‘rt foizi, ya’ni 4 million sо‘mni daromad byudjetiga tо‘laydi.
Shuningdek, 2019 yilda ushbu soliqqa qо‘shimcha ravishda tо‘lash uchun er, suv, mol-mulk soliqlari joriy etildi. Bundan tashqari ayrim tadbirkorlar uchun aksiz solig‘i ham mavjud bо‘lib, vino-aroq, zargarlik buyumlari, yog‘, tamaki, avtomobilь ishlab chiqaruvchilar uni ham tо‘laydi.
Agar surishtirib kelinsa, bunday tartibning joriy etilishi kо‘p jihatdan foydali.
Masalan, soliq miqdori daromadga qarab emas, qat’iy belgilab qо‘yiladigan bо‘lsa, daromad miqdori oshganidan keyin tadbirkorlik faoliyatidan tushadigan foydaning arzimas bir qismiga aylanadi. Daromad oshaveradi, soliq hajmi esa о‘zgarmaydi. Axir bir yilda 2-3 million sо‘m daromad topgan shaxs bilan 200-300 million sо‘m foyda olgan odamning bir xil miqdorda soliq tо‘lashi, adolatdan emasda. Bundan tashqari daromadi ortayotgan shaxslarning soliq tо‘lovi о‘zgarmasligidan davlat byudjeti ziyon kо‘radi.



Download 5,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish