Sanoat ishlab chiqarishini tashkil etish



Download 5,22 Mb.
bet102/290
Sana27.02.2023
Hajmi5,22 Mb.
#915104
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   290
Bog'liq
MAJMUA Moliya va soliqlar

Quyidagi tovarlarni import qilish qо‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilinadi:
1) jismoniy shaxslar tomonidan tovarlarni bojsiz olib kirishning bojxona tо‘g‘risidagi qonun hujjatlarida tasdiqlangan normalari doirasida olib kirilayotgan tovarlar;
2) chet el diplomatik vakolatxonalari va ularga tenglashtirilgan vakolatxonalar rasmiy foydalanishi uchun, shuningdek ushbu vakolatxonalarning diplomatik va ma’muriy-texnik xodimlari, shu jumladan ularning о‘zlari bilan birga yashayotgan oila a’zolari shaxsiy foydalanishi uchun mо‘ljallangan tovarlar;
3) О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda insonparvarlik yordami tariqasida olib kirilayotgan tovarlar;
4) davlatlar, hukumatlar, xalqaro tashkilotlar tomonidan xayriya yordami maqsadida, shu jumladan texnik kо‘mak kо‘rsatish maqsadida olib kirilayotgan tovarlar;
5) О‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari bо‘yicha xalqaro va chet el hukumat moliya tashkilotlari tomonidan berilgan qarzlar (kreditlar) mablag‘lari, shuningdek grantlar hisobiga yuridik shaxslar tomonidan olib kirilayotgan tovarlar;
6) dori vositalari, veterinariya dori vositalari, tibbiyot va veterinariya uchun mо‘ljallangan buyumlar, shuningdek dori vositalari, veterinariya dori vositalari, tibbiyot va veterinariyaga mо‘ljallangan buyumlar ishlab chiqarish uchun qonun hujjatlarida belgilanadigan rо‘yxat bо‘yicha olib kiriladigan xom ashyo.
Mazkur imtiyoz olib kirilayotgan, О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan rо‘yxat bо‘yicha О‘zbekiston Respublikasida ham ishlab chiqarilayotgan tayyor dori vositalariga, veterinariya dori vositalariga, tibbiyot va veterinariya uchun mо‘ljallangan buyumlarga nisbatan tatbiq etilmaydi;
7) О‘zbekiston Respublikasi hududiga qonun hujjatlariga muvofiq tasdiqlanadigan rо‘yxat bо‘yicha olib kirilayotgan texnologik asbob-uskunalar, shuningdek butlovchi buyumlar va ehtiyot qismlar, agar ularni etkazib berish texnologik asbob-uskunalarni etkazib berish kontrakti shartlarida nazarda tutilgan bо‘lsa.
Import qilingan texnologik asbob-uskunalar olib kirilgan paytdan e’tiboran uch yil mobaynida eksportga realizatsiya qilingan yoki tekin berilgan taqdirda, mazkur imtiyozning amal qilishi qо‘shilgan qiymat solig‘i tо‘lash bо‘yicha majburiyatlar tiklangan holda bekor qilinadi;
8) investor bilan davlat mulkini boshqarish bо‘yicha vakolatli davlat organi о‘rtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq investitsiya majburiyatlari sifatida olib kiriladigan mol-mulk;
9) vakolatli davlat organining yozma shakldagi tasdig‘i mavjud bо‘lgan taqdirda, telekommunikatsiyalar operatorlari va tezkor-qidiruv tadbirlari tizimining texnik vositalarini sertifikatlashtirish bо‘yicha maxsus organ tomonidan olinadigan tezkor-qidiruv tadbirlari tizimining texnik vositalari;
11) qonun hujjatlarida belgilanadigan rо‘yxat bо‘yicha yuridik shaxslar tomonidan olib kirilayotgan yog‘och-taxta materiallari va yog‘och.
Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilish aylanmasiga 20 foizli stavka bо‘yicha qо‘shilgan qiymat solig‘i solinadi.
Tovarlarni chet el valyutasida eksportga realizatsiya qilish (qimmatbaho metallar bundan mustasno) oborotiga nolь darajali stavka bо‘yicha qо‘shilgan qiymat solig‘i solinadi.
Tovarlarni О‘zbekiston Respublikasining bojxona hududidan bojxona tо‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq olib chiqish tovarlar eksportidir.
Xalqaro yо‘nalishda tashishlar bо‘yicha kо‘rsatiladigan quyidagi xizmatlarni realizatsiya qilish oborotiga nolь darajali stavka bо‘yicha qо‘shilgan qiymat solig‘i solinadi:
-tranzit yuklarni О‘zbekiston Respublikasi hududi bо‘ylab tashish. Tranzit yuklarni tashish jumlasiga yukning tranzitini amalga oshirish uchun chet ellik shaxslar bilan tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri tuzilgan shartnomalar yoki xalqaro (idoralararo) transport bitimlari hamda bojxona organlarining mazkur tranzit yuklar haqiqatda olib kirilganligi va olib chiqilganligi tо‘g‘risida belgilari mavjud bо‘lgan taqdirda, О‘zbekiston Respublikasi hududi orqali chet el tranzit yuklarini tashish va ularga xizmat kо‘rsatishga doir xizmatlar kiradi;
-yо‘lovchilar, bagajlar, yuklar va pochtani xalqaro yо‘nalishda tashish. Agar jо‘natish punkti yoki tayin etilgan punkt О‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida joylashgan bо‘lsa, tashishlar yagona xalqaro tashish hujjatlari asosida rasmiylashtirilgan taqdirda, xalqaro yо‘nalishlarda tashish hisoblanadi.
Suv ta’minoti, kanalizatsiya, sanitariya tozalash, issiqlik ta’minoti bо‘yicha aholiga kо‘rsatiladigan xizmatlarga, shu jumladan xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari aholi nomidan oladigan, shuningdek idoraviy uy-joy fondi uylarida yashayotgan aholi uchun О‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining bо‘linmalari tomonidan olinadigan ana shunday xizmatlarga nolь darajali stavka bо‘yicha qо‘shilgan qiymat solig‘i solinadi.

Download 5,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish