Sanoat ishlab chiqarishini tashkil etish


Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ining iqtisodiy mohiyati. 2.Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i bо‘yicha soliqqa tortish tizimining rivojlanishi



Download 5,22 Mb.
bet110/290
Sana27.02.2023
Hajmi5,22 Mb.
#915104
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   290
Bog'liq
MAJMUA Moliya va soliqlar

1.Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ining iqtisodiy mohiyati. 2.Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i bо‘yicha soliqqa tortish tizimining rivojlanishi.
3.Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ining byudjet daromadlarida tutgan о‘rni.
4.Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ini undirishda qо‘llaniladigan meyoriy hujjatlar tarkibi.
5.Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i tо‘lovchilari tarkibi. Soliqqa tortish maqsadida yuridik shaxs rekvizitlari.
6.Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ining soliq solish obyekti va bazasi.
7. Soliqqa tortiladigan daromadni aniqlash tartibi.
8.Yuridik shaxslarning jami daromadlari tarkibi. Jami daromaddan chegirmalar.
9.Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i bо‘yicha imtiyozlar. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i stavkalari.
10.Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ini hisoblash va tо‘lash muddatlari.
11Taxmin qilinayotgan foydadan kelib chiqqan holda byudjetga soliqning joriy tо‘lovlari tо‘g‘risida ma’lumotnomani taqdim etish tartibi.
12 Foyda solig‘ini tо‘lov manbaida ushlab qolish. Foyda solig‘ini bо‘yicha hisob-kitoblarni topshirish.


1. Yuridik shaxslarning daromad (foyda) solig‘ining iqtisodiy mohiyati
О‘zbekiston Respublikasida yuridik shaxslardan undiriladigan daromad (foyda) solig‘i bо‘yicha soliqqa tortish tizimning rivojlanishini 1991 yildan shu kunga qadar nazar tashlaydigan bо‘lsak quyidagilarni kuzatish mumkin bо‘ladi:
- umumiy tartibda barcha soliq tо‘lovchilar uchun daromadlarni hisobga olish usuli joriy qilindi;
- soliq tо‘lovchilar mustaqil ravishda buxgalteriya hisobini yuritish va soliqqa tortish usullarini qо‘llash huquqiga ega bо‘ldilar;
- chet ellik yuridik shaxslarni soliqqa tortish tartibi aniqlandi, bunda ularni rezidentlik va doimiy muassasa xususiyatlariga qarab bо‘lib chiqildi;
- “Soliq tо‘lovchining “identifikatsiya raqami”, “lizing”, “shubhali qarzlar” va shunga о‘xshash kо‘pgina tushunchalar kiritildi.
Daromad (foyda) solig‘i tо‘lovchilari yuridik shaxslar daromadlaridan undiriladigan soliq О‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, “YUridik shaxslarning daromad (foyda) solig‘ini hisoblab chiqarish va tо‘lash tartibi tо‘g‘risida”gi yо‘riqnoma va boshqa me’yoriy hujjatlar asosida olib boriladi.
Moliya yilida soliq solinadigan daromad (foyda)ga ega bо‘lgan yuridik shaxslar daromad (foyda) solig‘i tо‘lovchilar hisoblanadi.
Ushbu soliqning tо‘lovchisi bо‘lib, chet ellik yuridik shaxslar va soliq solishning maxsus tartibiga о‘tgan xо‘jalik yurituvchi sub’ektlar, hisoblanmaydilar. Bularga quyidagilar kiradi:
- yagona soliq tо‘lovchisi bо‘lgan mikrofirma va kichik korxonalar;
- savdo-sotiq va umumiy ovqatlanish korxonalari, qishloq xо‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari, faqat qat’iy belgilangan soliq tо‘lash о‘rnatilgan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiradigan yuridik shaxslar, hamda lotereyalar, totalizatorlar va boshqa tavakkalchilikka asoslangan о‘yinlarni tashkil etish bо‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi yalpi tushumdan undiriladigan yagona soliq tizimiga о‘tgan yuridik shaxslar - asosiy faoliyatlari bо‘yicha.
Soliqqa tortish maqsadida о‘z mulkida, xо‘jalik yuritishida yoki operativ boshqaruvida alohida mol-mulkka ega bо‘lgan hamda о‘z majburiyatlari yuzasidan ushbu mol-mulk bilan javob beradigan barcha korxona va tashkilotlar (ularning bо‘linmalari ham) yuridik shaxs hisoblanadi, undan tashqari ular mustaqil balans va hisob raqamlariga ega bо‘lishlari kerak.
Yuridik shaxslar - О‘zbekiston Respublikasi rezidentlari О‘zbekiston Respublikasida hamda undan tashqarida kо‘rsatgan faoliyat manbalaridan olingan daromadlari (foyda) bо‘yicha soliq solinadi.
О‘zbekistonda ta’sis etilgan yoki rо‘yxatga olingan, shuningdek О‘zbekiston respublikasidan tashqarida rо‘yxatga olingan, bosh korxonasi О‘zbekistonda joylashgan yuridik shaxs О‘zbekiston Respublikasining rezidenti hisoblanadi.
Soliq kodeksi va “Mahsulot (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi va moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi tо‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq jami daromad bilan chegirmalar о‘rtasidagi farq sifatida hisoblab chiqarilgan daromad soliq ob’ekti hisoblanadi. Muayyan maqsaddagi vazifalarni hal etish va birgalikdagi faoliyatni amalga oshirish uchun birlashtiriladigan badallar, paylar va ustav fondiga (sarmoyasiga) boshqa maqsadli moliyaviy qо‘yilmalar ushbu muayyan maqsaddagi vazifalarni hal etish uchun maxsus tashkil etilgan yuridik shaxsning daromadi hisoblanmaydi va soliq solish ob’ekti bо‘lmaydi.
Jami daromad tarkibiga yuklab jо‘natilgan tovar, bajarilgan ishlar, kо‘rsatilgan xizmatlar va boshqa operatsiyalar uchun yuridik shaxs tomonidan olinishi lozim bо‘lgan (olgan) yoki tekinga olingan pul yoxud boshqa mablag‘lar kiradi.

Download 5,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish