11. Valyuta hisob-varaqlari bо‘yicha qursdagi musbat farq.
Bu yerda chet el valyutasida qilingan operatsiyalar natijasida hosil bо‘ladigan farq tushuniladi. Bunday farq ushbu operatsiyani amalga oshirilgan kun bilan bu operatsiya bо‘yicha hisob-kitob ishlari amalga oshirilgan kunda buxgalteriya hisobida operatsiyani sо‘mdagi kо‘rsatishida yozilish vaqtida hosil bо‘ladi.
Balansning valyuta moddalarini sо‘mga nisbatan qayta baholashda О‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining hisobot oyining oxirgi sanasigacha bо‘lgan kurs olinadi.
Masalan, korxonaning valyuta hisob raqamida 20 ming doll. bor. О‘zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining kursi avvalgi oyning oxirgi kuniga 1 doll. 900 sо‘mni, hisobot yilining oxirgi kuniga esa 1 doll. 910 sо‘mni tashkil etgan.
Suunday qilib, hisobot oyiga kurslar orasidagi farq:
(910 - 900) x 20 000 = 200 000 sо‘m.
Kurslar orasidagi farq valyuta moddalarini qayta baholashdan avvalgi va keyingi qiymatlarini taqqoslash yо‘li bilan aniqlanadi.
Quyidagilar qayta baholanmaydi:
- chet el valyutasiga sotib olingan xо‘jalik yurituvchi sub’ektning mulklari (asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, qimmatbaho tovar-moddiy boyliklar, arzon baholi va tez eskiruvchi buyumlar);
- ustav kapitali (fondi) miqdori va xо‘jalik yurituvchi sub’ekt, shuningdek chet el investitsiyalariga ega bо‘lgan korxonalar ta’sischilari (qatnashtchilari)ning ulush nisbatlari.
Shuni eslatib о‘tish lozimki, korxonaning ustav kapitali (fondi)ni shakllantirishda ta’sis hujjatlarini rо‘yxatdan о‘tkazish sanasidagi va haqiqatda ustav kapitali (fondi)ga valyutadagi badallarni kiritish sanasidagi Markaziy bank kurslari о‘rtasida vujudga keladigan kurs farqi qо‘shilgan kapital hisobvarag‘ida aks ettiriladi va xо‘jalik yurituvchi subьektning daromadi deb hisoblanmaydi.
Balansning valyuta moddalariga quyidagilar kiradi:
- kassadagi, bankdagi depozit va ssuda hisobvaraqlaridagi valyuta mablag‘lari, akkreditivlari, valyutadagi ssuda qarzlari;
- chet el valyutasidagi pul hujjatlari;
- chet el valyutasidagi qisqa muddatli va uzoq muddatli kimmatbaho qog‘ozlar;
- chet el valyutasidagi debitorlik va kreditorlik qarzlari olingan kredit va zaymlar;
Respublika hududida xо‘jalik faoliyat yuritmayotgan chet el vakolatxonalarining valyuta hisob-varaqlaridagi chet el valyutasini hisobot davrining oxirgi sanasiga О‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining kursi bо‘yicha qayta hisoblanganda hosil bо‘lgan kurslar о‘rtasidagi farq ularning daromadi sifatida kо‘rilmaydi. SHuningdek, agarda nodavlat notijorat tashkilotlar granti asosida maqsadli moliyalashtirish mablag‘ini chet el valyutasi kо‘rinishida olsalar, bunday holatlarda kurslar orasidagi farq maqsadli moliyalashtirish summasini kо‘payishiga (kamayishiga) olib boriladi.
12. Favqulotda daromadlar.
Favqulotdagi daromadlar, huddi shuningdek favqulotdagi zararlar, uchta mezonga javob berishi lozim:
- noyob holat (faqat ahamiyatli) bо‘lishi shart;
- korxonaning odatdagi faoliyati bilan bog‘liq bо‘lishi kerak emas;
- korxona rahbariyatining qaroriga bog‘liq bо‘lmasligi kerak.
Yuqorida keltirilgan asosiy mezonlarni hisobga olish bilan birga, quyidagilarni ta’kidlash lozim, mezonlar kо‘pgina holatlarda qaysi daromadlar (zararlar) favqulotda (g‘ayriodatiy) degan savolga tо‘liq javob bera olmaydi. Na soliq, na buxgalteriya hisobida qonuniy tomondan ushbu savol hal qilinmagan, vaholanki, xalqaro buxgalteriya hisobi standartlarida bunday holatlar aniq kо‘rsatib о‘tilgan. Favqulotdagi zarar kо‘rish moddalariga, masalan, quyidagilar kiradi: mol-mulkni musodara qilish, yirik baxtsiz hodisa sodir bо‘lishi, qonun va me’yoriy hujjatlarga chegaralovchi holatlarni kiritish natijasida va boshqalar.
13. Boshqa daromadlar.
Masalan, bu holatga Soliq kodeksiga asosan tovar-moddiy zahiralarni qо‘shimcha baholash natijasidagi daromad summasi tovarlarning (ishlarning, xizshlarning) realizatsiya qilinishiga qarab, soliq solinadigan daromad (foyda) tarkibiga kiritilishi misol bо‘lishi mumkin.
Boshqa daromadlar turkumiga yuklangan yoki qarzdor pomonidan tan olingan jarima, penya va boshqa sanksiyalar kiradi (bundan byudjetdan qaytarilganlari mustasno) hamda asossiz ravishda avval tо‘langan jarimalar, agarda bunday summalar chegirmaga olib borilmagan bо‘lsa.
Yuridik shaxslar tomonidan shartnomadagi javobgarlik shartlari hamda belgilangan qoidalar va majburiyatlarning buzilganligi uchun undiriladigan (qarzdor sifatida aniqlangan holatda tо‘lanishi shart bо‘lsa) barcha turdagi jarimalar oluvchi tomon uchun daromad bо‘ladi, uni tо‘lovchi tomon esa sof daromadi hisobidan qoplaydi.
Boshqa daromadlarga yana hisobot davrida aniqlangan о‘tgan yildagi daromadni ham kiritish mumkin. Bu erda, xususan, о‘tgan yili kо‘rsatilgan xizmatlar va moddiy boyliklar uchun hisob-kitob amalga oshirilmagan, ammo olingan va ishlatib bо‘lingan holda kelib tushgan mablag‘lar; xaridorlardan va buyurtmachilardan о‘tgan yili sotilgan mahsulotlar va shunga о‘xshash xо‘jalik operatsiyalari uchun kelib tushgan summalar tushuniladi.
Hisobot yilida aniqlangan о‘tgan yilda yо‘l qо‘yilgan, ahamiyatga ega bо‘lmagan xatolik natijasidagi daromadi о‘sha yilning musbat tuzatishlar sifatida qabul qilinadi. Masalan, amortizatsiya hisoblashdagi xatolik.
Ishlab chiqarish va mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ni sotish bilan bevosita bog‘liq bо‘lmagan operatsiyalardan renta daromadi, xо‘jalik yurituvchi sub’ektlar huzuridagi oshxonalardan tushumlar, yordamchi xizmatlardan daromadlar sifatidagi daromadlar ham boshqa daromadlarga
kiradi.
Jami daromaddan quyidagi chegirmalar amalga oshiriladi:
- favqulodda zararlar, u daromad (foyda)dan olinadigan soliq tо‘langunga qadar foyda yoki zararlarni hisoblab chiqishda hisobga olinadi.
Qonunda me’yori belgilab berilgan xarajatlar, ya’ni me’yordagi xarajatlar. Bunday xarajatlar me’yor chegarasida bо‘lsa, daromad soliq solish bazasini hisoblashda chegirib tashlanadi.
Ularga quyidagi, xizmat safari, vakillik maqsadidagi, reklama uchun, shaharlararo va davlatlararo telefon aloqasi, kadrlarni о‘qitish, asosiy vosita va nomoddiy aktivlarni amortizatsiyasi, tabiiy muhitga ifloslantiruvchi moddalarni chiqarib tashlaganlik uchun tо‘lov, ishchi-xizmatchilarning ta’tillari uchun tо‘lovlar, ijtimoiy-madaniy ob’ektlarni saqlash uchun xarajatlar, moddiy boyliklarni yо‘qotish va etishmasligi natijasidagi xarajatlar kiradi.
Demak, soliq solinadigan daromadni (foydani) aniqlashda jami daromaddan quyidagi chegirmalar ayirib tashlanadi:
- qо‘shilgan qiymat solig‘i, aksiz solig‘i, mol-mulk solig‘i, er solig‘i, er qa’ridan foydalanganlik uchun soliq, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, shuningdek bojxona bojlari summalari;
- banklarning va boshqa moliya-kredit tashkilotlarining qisqa muddatli kreditlari bо‘yicha foiz tо‘lovlari summalari, tо‘lov muddati о‘tgan va tо‘lov muddati uzaytirilgan ssudalar bо‘yicha foizlar bundan mustasno.
- xodimlarga ish haqi tо‘lash bо‘yicha xarajatlar (banklarning, kredit uyushmalari, sug‘urta tashkilotlari, videosalonlarning, videokо‘rsatuv, video va audio yozuv punktlarining, auksionlar, kazinolarning, ommaviy konsert-tomosha tadbirlarini о‘tkazuvchi tashkilotlarning xarajatlari bundan mustasno);
- ijara haqi - ishlab chiqarish binolari hamda ofis uchun berilgan imoratlar;
- asosiy vositalarni ta’mirlash xarajatlari. Ta’mirlash ishlari о‘zining о‘tkazilish davriga qarab kapital, о‘rta va joriylarga bо‘linadi.
Asosiy vositalarni kapital ta’mirlash deb bir yildan ortiq vaqt ichida о‘tkaziladigan ta’mirlash ishlariga aytiladi va uning natijasida ta’mirlash ob’ektlarining ishlash imkoniyatlari yaxshilanadi. Kapital ta’mirlash, odatda, mashina va asbob-uskunalarni uzoq muddatga tо‘xtalib turishi bilan bog‘liq bо‘ladi.
О‘rta ta’mirlash deganda, ta’mirlashning murakkabligi va xarakteri jihatidan kapital ta’mirlashga о‘xshashiga aytiladi, ammo kapital ta’mirlashdan farqli ta’mirlashning о‘tkazilish vaqti bir yildan oz bо‘ladi.
Joriy ta’mirlashda ta’mirlash ishlarining о‘tkazilish vaqgi bir yildan oz bо‘ladi, unda mashina va asbob-uskunalarni uzoq muddatga tо‘xtatilishi bilan bog‘liq bо‘lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |