Sanoat ishlab chiqarishini tashkil etish



Download 5,22 Mb.
bet103/290
Sana27.02.2023
Hajmi5,22 Mb.
#915104
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   290
Bog'liq
MAJMUA Moliya va soliqlar

Quyidagilar bо‘yicha qо‘shilgan qiymat solig‘i summasi hisobga olinmaydi:
1) 2019 yilning 1 yanvariga qadar sotib olingan asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar va qurilishi tugallanmagan ob’ektlar bо‘yicha; tadbirkorlik faoliyati doirasida foydalanilmaydigan yoki soliq solinmaydigan aylanma maqsadida foydalaniladigan, sotib olinadigan kо‘chmas mulk bо‘yicha.
2) qо‘shilgan qiymat solig‘i tо‘lovchisi bо‘lmagan yuridik shaxslar tomonidan, shuningdek Soliq kodeksiga muvofiq qо‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilingan tovarlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqaruvchi yuridik shaxslar tomonidan foydalanish uchun olingan tovarlar (ishlar, xizmatlar) bо‘yicha;
4) О‘zbekiston Respublikasi hududi realizatsiya qilish joyi deb e’tirof etilmaydigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) bо‘yicha;
5) tekinga olingan tovarlar (ishlar, xizmatlar) bо‘yicha, bundan oluvchi tomonidan tovarlar (ishlar, xizmatlar) bо‘yicha nazarda tutilgan tartibda hisobga olinishi lozim bо‘lgan qо‘shilgan qiymat solig‘i tо‘langan hollar mustasno;
Hisobvaraq-faktura qat’iy hisobot hujjati bо‘lib, unda quyidagi ma’lumotlar kо‘rsatiladi:
1) hisobvaraq-fakturaning tartib raqami va yozib berilgan sanasi;
2) hisobvaraq-faktura ilova qilinadigan tovar jо‘natish hujjatlarining yoki shartnomaning raqami va sanasi;
3) soliq tо‘lovchining va tovarlar (ishlar, xizmatlar) sotib oluvchining nomi, joylashgan eri (pochta manzili) hamda identifikatsiya raqami;
4) realizatsiya qilingan tovarlarning, bajarilgan ishlarning, kо‘rsatilgan xizmatlarning nomi va о‘lchov birliklari (ularni kо‘rsatishning imkoniyati bо‘lsa);
5) о‘lchov birligidan (ularni kо‘rsatishning imkoniyati bо‘lsa) kelib chiqqan holda realizatsiya qilingan tovarlarning, bajarilgan ishlarning, kо‘rsatilgan xizmatlarning hisobvaraq-faktura bо‘yicha soni (hajmi);
6) shartnoma (kontrakt) bо‘yicha qо‘shilgan qiymat solig‘ini hisobga olmagan holda, qо‘shilgan qiymat solig‘ini о‘z ichiga oladigan davlat tomonidan tartibga solinadigan narxlar (tariflar) qо‘llanilgan taqdirda esa, soliq summasini hisobga olgan holda о‘lchov birligiga tо‘g‘ri keladigan narx (tarif);
7) realizatsiya qilinayotgan tovarlar, bajarilayotgan ishlar, kо‘rsatilayotgan xizmatlar jami sonining (hajmining) qо‘shilgan qiymat solig‘isiz qiymati;
8) aksiz tо‘lanadigan tovarlar (xizmatlar) bо‘yicha aksiz solig‘ining stavkasi va summasi;
9) tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) sotib oluvchisiga taqdim etilayotgan qо‘shilgan qiymat solig‘i stavkasi va summasi;
10) realizatsiya qilingan tovarlar, bajarilgan ishlar, kо‘rsatilgan xizmatlar jami sonining (hajmining) aksiz tо‘lanadigan tovarlar (xizmatlar) bо‘yicha aksiz solig‘i va qо‘shilgan qiymat solig‘i hisobga olingan holdagi qiymati.
Hisobvaraq-faktura qog‘ozdagi shaklda yoki elektron hujjat tarzida tuzilishi mumkin.
Kalendarь yil soliq davri bо‘lib, yil oyi hisobot davridir.
Soliq solinadigan oborotlar bо‘yicha qо‘shilgan qiymat solig‘i soliq solinadigan baza va belgilangan stavkalardan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi.
Byudjetga tо‘lanishi lozim bо‘lgan qо‘shilgan qiymat solig‘i soliq solinadigan oborot bо‘yicha hisoblab chiqarilgan soliq summasi bilan hisobga olinadigan soliq summasi о‘rtasidagi farq sifatida aniqlanadi.
Tovarlarni import qilish bо‘yicha qо‘shilgan qiymat solig‘ining summasi soliq solinadigan baza va belgilangan stavkadan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Qо‘shilgan qiymat solig‘ining hisob-kitobi soliq bо‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga ortib boruvchi yakun bilan har oyda hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bо‘yicha esa-yillik moliyaviy hisobot topshiriladigan muddatda taqdim etiladi.
Qо‘shilgan qiymat solig‘ini tо‘lash har oyda keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay amalga oshiriladi.
Import qilinadigan tovarlar bо‘yicha qо‘shilgan qiymat solig‘ini tо‘lash bojxona tо‘g‘risidagi qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi.
Qо‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblab chiqarish va tо‘lashning soddalashtirilgan tartibi.
Soliq davri davomida yalpi tushumi uch milliard sо‘mdan oshmaydigan yuridik shaxslar, shu jumladan yagona soliq tо‘lovi tо‘lovchilari hisoblangan yuridik shaxslar qо‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblab chiqarish va tо‘lashning belgilangan soddalashtirilgan tartibini tanlash huquqiga ega.
Qо‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblab chiqarish va tо‘lashning soddalashtirilgan tartibiga о‘tish uchun kо‘rsatilgan soliq tо‘lovchilar soliq bо‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organiga qо‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblab chiqarish va tо‘lashning soddalashtirilgan tartibiga о‘tish tо‘g‘risida yozma xabarnomani quyidagi muddatlarda taqdim etadi:
-о‘tgan yil yakunlari bо‘yicha yalpi tushumi uch milliard sо‘mdan oshmagan yuridik shaxslar-joriy yilning 1 fevralidan kechiktirmasdan;
-soliq davri davomida yalpi tushumi bir milliard sо‘mdan oshgan yuridik shaxslar-yalpi tushumi bir milliard sо‘mdan oshgan oydan keyingi oyning 15-sanasidan kechiktirmasdan;
-ixtiyoriy ravishda qо‘shilgan qiymat solig‘ini tо‘lash istagini bildirgan yuridik shaxslar-hisobot davri boshlanishidan bir oy oldin, yangi tashkil etilgan yuridik shaxslar esa, о‘z faoliyatini amalga oshirishni boshlagunga qadar.
Qо‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblab chiqarish va tо‘lashning soddalashtirilgan tartibidan ixtiyoriy ravishda voz kechilganda soliq tо‘lovchilar Soliq kodeksida nazarda tutilgan qо‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblab chiqarish va tо‘lashning umumbelgilangan tartibiga hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organiga qо‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblab chiqarish va tо‘lashning umumbelgilangan tartibiga о‘tish tо‘g‘risida yozma xabarnoma taqdim etilgan oydan keyingi oyning boshidan о‘tadi.
Soliq davri davomida yalpi tushumi uch milliard sо‘mdan oshgan, qо‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblab chiqarish va tо‘lashning soddalashtirilgan tartibini qо‘llayotgan soliq tо‘lovchilar, yalpi tushumi belgilangan me’yoriy miqdordan oshgan oydan keyingi oyning boshidan qо‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblab chiqarish va tо‘lashning umumbelgilangan tartibiga о‘tadi.
Qо‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblab chiqarish va tо‘lashning umumbelgilangan tartibiga о‘tilganda yuridik shaxs ushbu tartibga о‘tilgan paytdan e’tiboran tovar-moddiy zaxirasi, uzoq muddatli aktivlar qoldiqlari, shuningdek tayyor mahsulot qoldiqlari bо‘yicha qо‘shilgan qiymat solig‘i summasini belgilangan talablarni inobatga olgan holda hisobga olish huquqiga ega bо‘ladi.
Qо‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblab chiqarish va tо‘lashning umumbelgilangan tartibini qо‘llayotgan yoki ushbu tartibga о‘tgan soliq tо‘lovchilar qо‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblab chiqarish va tо‘lashning soddalashtirilgan tartibiga о‘tishga haqli emas.
Qо‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblab chiqarish va tо‘lashning soddalashtirilgan tartibini qо‘llayotgan soliq tо‘lovchilar Kodeksda, boshqa qonun hujjatlarida va О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlarida, alohida hollarda esa О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarida belgilagan imtiyozlarni qо‘llash huquqiga ega bо‘ladi.
Qо‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblab chiqarish va tо‘lashning soddalashtirilgan tartibini qо‘llayotgan soliq tо‘lovchilar tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) sotib oluvchiga taqdim etilayotgan tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) qо‘shilgan qiymat solig‘i stavkasi va summasini kо‘rsatgan holda hisobvaraq-faktura taqdim etishi shart.
Qо‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblab chiqarish va tо‘lashning soddalashtirilgan tartibini qо‘llayotgan soliq tо‘lovchi tomonidan taqdim etilgan hisobvaraq-faktura qо‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblab chiqarish va tо‘lashning umumbelgilangan tartibini qо‘llayotgan soliq tо‘lovchi uchun Kodeksga muvofiq qо‘shilgan qiymat solig‘ini hisobga olish uchun asos bо‘ladi.
Qо‘shilgan qiymat solig‘ining farqlangan stavkalari.
Qо‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblab chiqarish va tо‘lashning soddalashtirilgan tartibiga о‘tgan soliq tо‘lovchilar uchun qо‘shilgan qiymat solig‘ining farqlangan stavkalari quyidagi miqdorlarda belgilanadi:




Download 5,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish