Yog‘ochga ishlov berishda xavfsizlik texnikasi qoidalari



Download 18,55 Kb.
Sana29.04.2022
Hajmi18,55 Kb.
#591463
Bog'liq
muzzi refarat


Yog‘ochga ishlov berishda xavfsizlik texnikasi qoidalari
Maktab ustaxonalarida belgilangan ichki tartib qoidalariga rioya qilish zarur.
Mashg‘ulot boshlanishidan oldin ish kiyimini kiyish kerak. Ustaxonaga qo‘ng‘iroq chalinmasdan oldin kelish, har bir o‘quvchi- ning qo‘lida o‘quv qurollaridan kundalik daftar, darslik, qalam, chizg‘ich, o‘chirg‘ich bo‘lishi shart.
Mashg‘ulot boshlanishida har kim o‘zining ish o‘mini ko‘zdan ke- chirishi va uni ishlash uchun taxt qilishi lozim. Shuningdek, hamma o‘z ish o‘mida ishlashi va o‘qituvchining ruxsatisiz hech kim u yer- dan ketmasligi kerak. Asboblami, moslamalami va uskunalami ehti- yotlab saqlash, xomashyolardan tejamkorlik bilan foydalanish zarur. 0‘qituvchining ko‘rsatmasi bilan ishni to‘xtatish va uning tushunti- rishlarini diqqat-e’tibor bilan tinglash kerak.
Tanafñis vaqtida deraza darchalarini ochib qo‘yib, so‘ng usta- xonadan chiqish lozim. Tanaffusdan keyin har kim o‘zining ish o‘miga keladi va ishlashni davom ettiradi. Ish tugagach asboblar, mosla- malar, materiallar artib tozalanadi va joy-joyiga qo‘yiladi, ish o‘mi yig‘ishtiriladi, tayyorlangan buyum topshiriladi, kiyimlar tozalanadi va qoilar yuviladi. 0‘qituvchi ruxsat berganidan keyingina ustaxonadan chiqish mumkin.
Ustaxonada barcha mehnat topshiriqlarini bajarishda ishning xavf- sizligi qoidalarini yaxshi bilib olish va ulami aniq bajarish lozim. Yog‘ochning keng ko‘lamda ishlatilishiga sabab uning texnik xos- salarining yuqoriligidir. Yog‘ochni ishlash oson, vazni yengil, pux- taligi yuqori, issiqlik va elektmi yomon o‘tkazadi, kislota va ishqorlar ta’sirida tez yemirilmaydi, ko‘pchilik yog‘ochlaming tashqi ko‘rinishi chiroyli bo‘lib, puxta yelimlanuvchan bo‘ladi va yaxshi pardozlanadi. Ammo yog‘ochning ayrim kamchiliklari ham bor: temperatura, namlik o‘zgarishi nati- jasida yog‘och qurib tob tashlaydi, nam tortib shishadi, eshilib-toblanadi, yori- ladi va hokazo.
Yog‘ochlarning tashqi ko‘rinishi, yaroqlilik va yaroqsizlik belgilari
Xodalami tilish (bichish) yo‘li bilan arralangan materiallar olina- di, ulardan esa arralangan tanavorlar (zagotovka) tayyorlanadi. Arra­langan detallar xodalaming o‘zini arralab (tilib) olinadi.
Arralangan materiallar (33-rasm) muayyan o‘lchamli va sifat- li arralangan mahsulot bo‘lib, ikkita parallel yassi yuzasi (qatlami) bo‘ladi. Arralangan materiallar radial va tangensial ko‘rinishda tilin- gan bo‘lishi mumkin.
Randalangan taxta deb, loaqal bitta yuzasi yoki chetiga randalab yoki frezalab ishlov berilgan materialni aytiladi.
Sinab ko‘rish usuli bilan yog‘ochning ko‘rinishi, yaroqliligi va ya- roqsizligi hamda qattiq-yumshoqligi;, zichligi hamda har turli tashqi ta’sirlarga chidamliligi aniqlanadi.
Yog‘ochning qattiqligini unga o‘zidan qattiq buyumlaming uchi- ni, tig‘ini, qirrasini ma’lum miqdordagi kuchlar bilan botirib ko‘rish orqali aniqlanadi. Bunda har bir maqsad uchun ishlatiladigan eng qulay qattiqlikdagi yog‘och sifatli hisoblanadi.
Yog‘ochning qancha og‘irlikni egilmasdan ko‘tarib tura olishini, undan imoratlar, ko‘priklar va shu kabilar qurishda asosan tajriba yoeli bilan hamda tegishli hisob-kitoblar orqali aniqlanadi. Bunday tajriba va hisob-kitoblar asosida har bir maqsad uchun qanday yo‘g‘onlikdagi va uzunlikdagi yog‘ochni ishlatish kerakligi aniqlanadi.
Duradgorlikda ishlatiladigan yog‘ochlar
Duradgorlikda bir necha xil daraxt turlaridan foydalaniladi. Quyida shulardan ayrimlarini ko‘rib chiqamiz.
Terak. Baqaterak va mirzaterak turlari mavjud bo‘lib, ular bir- birlaridan tana va shoxlarining tuzilishi bilan farq qiladi. Baqaterak- ning po‘stlog‘i oq-ko‘kish rangli, silliq bo‘lib, tanasining pastki qismi- da chatnog‘i bo‘ladi. Sershox, tanasi uncha to‘g‘ri bo‘lmaydi. Mir- zaterakning po‘stlog‘i sarg‘ish, silliq, chatnash kam uchraydi. Tanasi to‘g‘ri, baqaterakka nisbatan kam shox bo‘ladi, undan yaxshi sifatli xoda olinadi.
Shumtol. Shumtol yog‘ochi och-qizg‘ish rangli, puxta, pishiq, egiluvchan bo‘lib, ishlash qiyin. Lekin silliq randalaniladi va yaxshi pardozlaniladi. Mayin tolali, yillik halqalari aniq bilinadi, tabiiy guli chiroyli. Bug‘langan holda yaxshi egiluvchan bo‘ladi. Shumtol mebel sanoatida, faner tayyorlashda, kemasozlik, vagonsozlik, samalyotsoz- lik korxonalarida ishlatiladi.
Qarag‘ay. Qarag‘ayning po‘stlog‘i qalin, to‘q jigairang, yog‘ochi oq-qizg‘ish rangli, to‘g‘ri qatlamli, yengil, puxta, smolali bo‘lib, nam- ga chidamli.
Buk (qoraqayin). Qoraqayin sarg‘ish-qizg‘imtir tovlanadigan oqish tusli, radial qirqimi bo‘yicha chiroyli tabiiy gulli, namga chi- damsiz, qattiq qovushqoq yog‘och. Shuning uchun undan egib ishla- nadigan mebellar, randalangan faner, chizmachilik asboblari tayyorla- nadi, mashinasozlik sanoatida ham ishlatiladi.
Nok qizg‘ish-jigarrang, taramlari va chiziqlari kam seziladi. Bir tekis zichlikka ega, qattiq va silliq yog‘och. Ishlov berish qulay. Nok 150-300 yilgacha yashaydi.
Dub (eman). Eman yog‘ochi to‘q jigärrangli, yillik halqalari aniq bilinadi, chiroyli tabiiy gulli, yirik tplali bo‘ladi. Mexanikaviy xossa- lari juda yuqori, ishlash qiyin, zicMigi katta. Suvda chirimaydi, namga chidamli, yaxshi pardozlanadi. Shuning uchun undan yerosti qurilish- larida, mashinasozlikda, mebellami fanerlashda, mebel korxonalarida keng ishlatiladi.
Chinor. Chinor dafaxtining po‘stlog‘i qizg‘ish sariq tusli, silliq, yupqa bo‘ladi. Yojf ochi pishiq-puxta, qattiq, ishlash ancha qiyin, qizg‘ish-qoramtir rangli, chiroyli tabiiy gulli, yaxshi pardozlanadi. Undan randalängan faner, qimmatbaho mebel tayyorlanadi.
Download 18,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish