Sanoat ishlab chiqarishini tashkil etish



Download 5,22 Mb.
bet90/290
Sana27.02.2023
Hajmi5,22 Mb.
#915104
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   290
Bog'liq
MAJMUA Moliya va soliqlar

Nazorat uchun savollar
1. Soliqlarning iqtisodiy mohiyatini tushuntirib bering.
2. Soliqqa tortish elementalrini sanab о‘ting va ularga izoh bering.
3. Soliqlarning qanday funksiyalari mavjud va ularni tushuntirib о‘ting.
4. Soliqlar qanday xususiyatlari bо‘yicha guruhlanadi va ularni tushuntirib bering.


14-Mavzu:О‘zbekiston Respublikasi soliq tizimi
Reja
1.Soliq tizimi va uning mohiyati. Soliq tizimining tarkibi va elementlari.
2. Soliq tizimini guruhlash tartibi. Soliqlarning klassifikatsiyasi. Soliqlar va boshqa majburiy tо‘lovlar.
3.Tо‘g‘ri (bevosita) va egri (bilvosita) soliqlar. Resurs soliqlari. Umumdavlat va mahalliy soliqlar.
4. Soliq solish rejimi. Soliqqa tortishning umumbelgilangan tartibi. Soddalashtirilgan soliq solish tizimi.
5.Yuridik hamda jismoniy shaxslar tо‘laydigan soliqlar va boshqa majburiy tо‘lovlar.
6.Soliq qonunchiligi iborasining nazariy ta’rifi. Soliq qonunchiligining tarkibiy qismlari. Soliq qonunchiligining tarkibiy qismlarini tashkil qiluvchi asosiy meyoriy-huquqiy hujjatlar, ularning soliqlar va soliqqa tortish munosabatlariga daxldorligining nazariy asoslari.
7. О‘zbekiston Respublikasida soliq organlari tizimini isloh qilish va modernizatsiyalashning asosiy yо‘nalishlari.


1.Soliqlar va yig‘imlar haqida tushuncha
О‘zbekistonda mustaqillik yillarida soliq tizimini takomillashtirish hamda soddalashtirish bо‘yicha tizimli ishlar amalga oshirildi. Bunda taraqqiyotning “о‘zbek modeli” deya dunyo e’tirof etayotgan tadrijiy islohotlar muhim omil bо‘ldi. Natijada soliq ma’murchiligi shaffofligini ta’minlash, soliq tо‘lovchilarning huquqiy savodxonligini oshirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilish borasida muayyan yutuqlarga erishilmoqda. Zero, aniq maqsadlarga yо‘naltirilgan hamda izchil hayotga tatbiq etilgan chora-tadbirlar iqtisodiy mustaqilligimizni mustahkamlashda g‘oyat muhim ahamiyatga ega. SHu о‘rinda yosh davlatimiz rivojlanish yо‘lining ustuvor yо‘nalishlari bilan bog‘liq bir qator muhim bosqichlarni alohida ta’kidlash о‘rinlidir. Chunki Istiqlolning dastlabki yillarida ishlab chiqarish hajmining pasayishi va inflyatsiyaning yuqori sur’atlari saqlanib turgan bir sharoitda Davlat byudjetiga mablag‘lar tushishini ta’minlash soliq tizimining asosiy vazifasi bо‘ldi. SHundan kelib chiqqan holda, soliqlarning fiskal funksiyasiga ustuvor ahamiyat qaratildi.
Bu haqda sо‘z yuritilganda, 1991 yilda respublika davlat byudjeti tasdiqlangan vaqtda byudjet taqchilligi qariyb 7,5 foizni tashkil etganini eslash joiz. Bu Davlat byudjeti taqchilligini qisqartirish hamda uning daromad qismini mustahkamlashga qaratilgan soliq mexanizmini yaratish zaruriyatini yuzaga keltirdi.
Mamlakatimizda qisqa muddat ichida soliq solishning yaxlit holdagi normativ-huquqiy bazasi yaratilib, 1991 yilda “О‘zbekiston Respublikasi fuqarolaridan, ajnabiy fuqarolardan va fuqaroligi bо‘lmagan shaxslardan olinadigan daromad solig‘i tо‘g‘risida” hamda “Korxonalar, birlashmalar va tashkilotlardan olinadigan soliqlar tо‘g‘risida”gi О‘zbekiston Respublikasi qonunlari qabul qilindi.
Shu bilan birga, 1991 - 1995 yillar davomida sobiq ittifoqda о‘ziga xos an’ana tusiga kirgan hamda korxonalarning iqtisodiy holatini hisobga olmagan holda, xо‘jalik yurituvchi organlar, kooperativ va jamoat tashkilotlaridan daromad solig‘i, shuningdek, davlat korxonalari olgan foydadan undiriladigan hamda mutlaqo fiskal tusga ega bо‘lgan tо‘lovlar yig‘ishdan voz kechish yо‘li bilan ishlab chiqarishni rag‘batlantirish, yangi ish о‘rinlarini yaratishni qо‘llab-quvvatlashga e’tibor kuchaytirildi. Shular qatorida aslida soliq tusiga ega bо‘lmagan, gо‘yoki narxlarni tartibga soluvchi mexanizm sifatida qaralgan va har bir tovarga yakka tartibda belgilangan narx qismi bо‘lgan oborotga solinadigan soliq bekor qilindi.
Sobiq ittifoq davridagi bо‘ydoqlar, yolg‘izlar hamda kam bolali fuqarolarga solinadigan soliqlar, shuningdek, eksport va import operatsiyalaridan undiriladigan tо‘lovlarga ham barham berildi. Aksincha, mazkur tо‘lovlarning о‘rniga bozor iqtisodiyoti talablariga javob beradigan, masalan, sub’ektlarning amalda olgan daromadi hisoblangan korxonalarning daromadlariga solinadigan soliq, qо‘shilgan qiymat solig‘i, aksiz solig‘i singari yangi turdagi soliqlar amaliyotga joriy etildi.
Eng muhimi, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni rag‘batlantirish maqsadida soliq imtiyozlari berilib, soliqdan tо‘liq yoki qisman ozod bо‘lishga asoslangan yangi mexanizmlar qо‘llanila boshlandi. YUrtimizda 1994 yilda О‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qо‘mitasining tashkil etilishi milliy soliq tizimini shakllantirishda tom ma’noda yangi davrni boshlab berdi.
1995 - 2005 yillari soliq tizimini oqilona yuritish bosqichiga tо‘g‘ri kelib, mazkur jarayonda respublikaning soliq qonunchiligiga asos solindi va uning huquqiy bazasi mustahkamlandi. Davlat soliq xizmati organlari faoliyatiga qonuniy maqom berish, uning huquqiy asoslarni belgilash hamda soliq tо‘lovchilarning huquq va majburiyatlarini aniq shakllantirish maqsadida 1997 yilda О‘zbekiston Respublikasining “Davlat soliq xizmati tо‘g‘risida”gi qonuni qabul qilindi.
Mazkur qonunga muvofiq, davlat soliq organlari zimmasiga soliqlar hamda boshqa majburiy tо‘lovlarning byudjetga tо‘liq va о‘z vaqtida tushishini ta’minlashdek eng muhim davlat vazifasi yuklandi. Shuningdek, 1997 yilda tizimda yagona huquqiy asos sifatida О‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi qabul qilindi.
Shuni aytish kerakki, istiqlol yillarida mustaqil mamlakatimizning soliq siyosatini belgilab beruvchi 39 ta qonun, davlatimiz rahbarining 44 ta farmoni va 96 ta qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 233 ta qarori qabul qilindi. Ularning orasida bevosita davlat soliq xizmati organlari faoliyatini takomillashtirish yuzasidan qabul qilingan 32 ta qonun hujjati ham mavjud. Bu, ta’kidlanganidek, tizimning puxta va ishonchli qonunchilik bazasini shakllantirish imkoniyatini yaratdi.
Shunday qilib, chorak asr davomida О‘zbekistonda iqtisodiy-ijtimoiy islohotlarni samarali amalga oshirishga kо‘maklashuvchi tо‘laqonli soliq tizimini yaratishga erishildi. О‘zbekiston Respublikasi xalqaro huquqning teng huquqli sub’ekti sifatida dunyodagi boshqa davlatlar bilan soliq solish sohasidagi о‘zaro munosabatlarning shartnomaviy-huquqiy bazasini mustahkamlash siyosatini izchil olib bormoqda.
1993 yildan buyon Davlat soliq qо‘mitasi tomonidan Rossiya, Germaniya, Italiya, Shvetsariya, Niderlandiya, Xitoy, Koreya respublikasi, Sloveniya, Irlandiya, Ispaniya va boshqa qator davlatlar bilan ikkiyoqlama soliqqa tortishga yо‘l qо‘ymaslik hamda daromad va kapital soliqlarini tо‘lashdan bosh tortishning oldini olish tо‘g‘risida 52 ta bitim imzolangani ana shu sa’y-harakatlar samarasidir.
О‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qо‘shma majlisida davlatimiz rahbari tomonidan ustuvor yо‘nalishlar qatorida iqtisodiyotni isloh qilish bо‘yicha belgilab berilgan vazifalarni amalga oshirish bilan bir qatorda, iqtisodiyotni modernizatsiyalash, soliq siyosatini takomillashtirish, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni har tomonlama qо‘llab-quvvatlash singari muhim masalalar belgilab olindi.
Shulardan kelib chiqqan holda, soliq tizimini takomillashtirish, soliq tо‘lovlarini unifikatsiya qilish, soliq stavkalarini pasaytirish hamda soliqlarning rag‘batlantiruvchi rolini oshirish yо‘nalishlarida keng kо‘lamli ishlar rо‘yobga chiqarildi.
Yangi tahrirdagi tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri ta’sir kuchiga ega bо‘lgan, soliq solish masalalari bо‘yicha amaliyotda sinalgan xalqaro tamoyil va yondashuvlar asosida ishlab chiqilgan О‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi qabul qilindi.
Soliq deganda ushbu Kodeksda belgilangan, О‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjetiga yoki davlat maqsadli jamg‘armasiga (bundan buyon matnda byudjet tizimi deb yuritiladi) tо‘lanadigan majburiy beg‘araz tо‘lov tushuniladi.
Yig‘im deganda byudjet tizimiga ushbu Kodeksda yoki boshqa qonunchilik hujjatlarida belgilangan majburiy tо‘lov tushuniladi, bu yig‘imning tо‘lanishi uni tо‘lovchi shaxsga nisbatan vakolatli organ yoki uning mansabdor shaxsi tomonidan yuridik ahamiyatga ega harakatlarni amalga oshirish, shu jumladan unga muayyan huquqlarni yoxud ruxsat etuvchi hujjatlarni berish shartlaridan biri bо‘ladi.
Shaxsning zimmasiga sud tartibida yuklatilgan jarimalar va boshqa tо‘lovlar, shuningdek qonunda belgilangan hollarda mol-mulkni musodara qilish hamda boshqacha tarzda olib qо‘yish soliqlar yoki yig‘imlar jumlasiga kirmaydi.

Download 5,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish