Sanoat ishlab chiqarishini tashkil etish


Soliqlarning va yig‘imlarning turlari



Download 5,22 Mb.
bet91/290
Sana27.02.2023
Hajmi5,22 Mb.
#915104
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   290
Bog'liq
MAJMUA Moliya va soliqlar

2.Soliqlarning va yig‘imlarning turlari
О‘zbekiston Respublikasi hududida quyidagi soliqlar belgilanadi:
1) qо‘shilgan qiymat solig‘i;
2) aksiz solig‘i;
3) foyda solig‘i;
4) jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i;
5) er qa’ridan foydalanganlik uchun soliq;
6) suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;
7) mol-mulk solig‘i;
8) er solig‘i;
9) ijtimoiy soliq.
О‘zbekiston Respublikasi hududida yig‘imlar belgilanishi mumkin. Yig‘imlarni joriy etish, hisoblab chiqarish va tо‘lash tartibi ushbu Kodeksda hamda boshqa qonunchilik hujjatlarida belgilanadi.
Avtotransport yig‘imini hisoblab chiqarish va tо‘lash tartibi ushbu Kodeks bilan tartibga solinadi.
Davlat bojini hisoblab chiqarish va undirish tartibi davlat boji tо‘g‘risidagi qonunchilikda belgilanadi.
Maxsus soliq rejimlari
Soliq tо‘lovchilarning ayrim toifalari uchun О‘zbekiston Respublikasi hududida quyidagi maxsus soliq rejimlari belgilanadi:
1) aylanmadan olinadigan soliq;
2) mahsulot taqsimotiga oid bitimlar ishtirokchilariga soliq solishning alohida tartibi;
3) maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilariga va ayrim toifadagi soliq tо‘lovchilarga soliq solishning alohida tartibi;
4) О‘zbekiston Respublikasining ayrim hududlarida soliq solishning alohida tartibi.
Maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilariga va ayrim toifadagi soliq tо‘lovchilarga soliq solishning alohida tartibi qonunchilikda yoki investitsiya bitimlarida nazarda tutilgan investitsiyalarni amalga oshirish hamda boshqa shartlarni bajarish bilan bog‘liq holda muayyan muddat uchun belgilanadi.
Maxsus soliq rejimlari ayrim soliqlarni tо‘lashdan ozod etishni, pasaytirilgan soliq stavkalarini va boshqa soliq imtiyozlarini qо‘llashni nazarda tutishi mumkin.
4.Soliq munosabatlarining sub’ektlari va hujjatlar almashish tartibi
Soliq tо‘lovchilar, soliq agentlari va vakolatli organlar soliq munosabatlarining sub’ektlaridir.
Soliq organlari hujjatlarni elektron hujjat tarzida soliq tо‘lovchining shaxsiy kabinetiga yuboradi. Yuborilgan hujjatlar soliq tо‘lovchi tomonidan о‘qib chiqilganidan keyin, lekin ushbu hujjat jо‘natilgan sanadan e’tiboran uch kundan kechiktirmay olingan deb hisoblanadi.
Agar soliq tо‘lovchida soliq tо‘lovchining shaxsiy kabineti mavjud bо‘lmasa, hujjatlar buyurtma xat qilib pochta orqali yuboriladi va ular jо‘natilganidan sо‘ng besh kundan keyin olingan deb hisoblanadi.
Hujjatlar soliq tо‘lovchiga yoki uning vakiliga shaxsan mazkur hujjatlar olingan sana kо‘rsatilgan holda imzo qо‘ydirib topshirilishi mumkin.
Soliq tо‘lovchilar, soliq organlariga hujjatlarni ushbu hujjatlar soliq organlariga soliq tо‘lovchining shaxsiy kabineti orqali yuborilganda - jо‘natilgan kun, pochta orqali yuborilganda besh kundan keyin olingan deb hisoblanadi.
Xujjatlarning, elektron hujjat aylanishini ta’minlash uchun zarur bо‘lgan hujjatlarning shakllari, mazkur hujjatlarning shakllarini tо‘ldirish tartibi, bunday hujjatlarni qog‘ozda yoki telekommunikatsiya kanallari orqali elektron shaklda yoxud soliq tо‘lovchining shaxsiy kabineti orqali yuborish hamda olish tartibi О‘zbekiston Respublikasi davlat soliq qо‘mitasi tomonidan tasdiqlanadi.
Zimmasiga belgilangan soliqlar hamda yig‘imlarni tо‘lash majburiyati yuklatilgan yuridik va jismoniy shaxslar soliq tо‘lovchilar deb e’tirof etiladi.
Yuridik shaxslarning alohida bо‘linmalari mazkur shaxslarning soliqlar va yig‘imlarni tо‘lash bо‘yicha majburiyatlarini ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda va tartibda ushbu alohida bо‘linmalar joylashgan eri bо‘yicha bajaradi.
Yirik soliq tо‘lovchilar toifasiga kiritilgan soliq tо‘lovchilar alohida bо‘linmalarni hisobga olib markazlashgan holda soliq hisobotini taqdim etadi va soliqlarni (yig‘imlarni) tо‘laydi.
Yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi chet el tuzilmalari soliq tо‘lovchilar deb e’tirof etiladi.
Soliq tо‘lovchilar quyidagi huquqlarga ega:
- soliq organlaridan va boshqa vakolatli organlardan (ularning vakolatlari doirasida) amaldagi soliqlar tо‘g‘risida, soliq tо‘g‘risidagi qonunchilikdagi о‘zgarishlar haqida, soliqlarni hisoblab chiqarish va tо‘lash tartibi tо‘g‘risida axborotni, soliq hisobotining va arizalarning shakllarini, shuningdek ularni tо‘ldirish tartibi haqida tushuntirishlarni bepul olish;
-о‘z soliq majburiyatlarini bajarish yuzasidan soliq organlarida va boshqa vakolatli organlarda mavjud bо‘lgan ma’lumotlarni olish;
-soliq imtiyozlaridan foydalanish yoxud ulardan foydalanishni rad etish;
-soliqlar, penyalar va jarimalarning ortiqcha tо‘langan yoki ortiqcha undirilgan summalarini о‘z vaqtida hisobga о‘tkazish yoki qaytarish;
-soliqlarni tо‘lashni kechiktirish yoki bо‘lib-bо‘lib tо‘lash;
-soliq solish ob’ektlarini hisobga olishda, soliqlarni hisoblab chiqarish va tо‘lashda о‘zlari yо‘l qо‘ygan xatolarni mustaqil ravishda tuzatish;
-о‘z hududida о‘tkaziladigan sayyor soliq tekshiruvini va soliq auditini о‘tkazish chog‘ida hozir bо‘lish;
-sayyor soliq tekshiruvi va soliq auditi materiallari bilan tanishish, shuningdek ushbu tekshiruvlarning dalolatnomalarini olish;
-soliq tekshiruvini amalga oshiruvchi soliq organlariga soliq tо‘g‘risidagi qonunchilikning ijrosiga taalluqli masalalar bо‘yicha tushuntirishlar berish;
- soliq organlari va boshqa vakolatli organlarning hamda ular mansabdor shaxslarining soliq tо‘g‘risidagi boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq bо‘lmagan talablarini bajarmaslik;
- soliq organlari va boshqa vakolatli organlarning normativ tusga ega bо‘lmagan hujjatlari hamda qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan belgilangan tartibda shikoyat qilish;
- soliq organlari va boshqa vakolatli organlarning qonunga xilof qarorlari yoki ular mansabdor shaxslarining noqonuniy harakatlari (harakatsizligi) tufayli etkazilgan zararlarning о‘rni qoplanishini belgilangan tartibda talab qilish;
- soliq tekshiruvi materiallarini yoki soliq organlarining boshqa hujjatlarini kо‘rib chiqish jarayonida ishtirok etish;
- soliq munosabatlari masalalariga oid о‘z manfaatlarini shaxsan yoxud soliq maslahatchilari tashkiloti yoki boshqa о‘z vakillari orqali ifodalash;
- soliq siriga rioya etish va uni saqlash.
Soliq tо‘lovchilar soliq tо‘g‘risidagi boshqa qonunchilik hujjatlarida belgilangan о‘zga huquqlarga ham ega bо‘lishi mumkin.
Soliq tо‘lovchining soliq munosabatlarida shaxsan ishtirok etishi uni vakilga ega bо‘lish huquqidan mahrum etmaydi, xuddi shuningdek vakilning ishtirok etishi soliq tо‘lovchini bunday munosabatlarda shaxsan ishtirok etish huquqidan mahrum etmaydi.
Soliq tо‘lovchilarning huquqlari soliq organlari va boshqa vakolatli organlar mansabdor shaxslarining tegishli majburiyatlari bilan ta’minlanadi.
Soliq tо‘lovchilarning huquqlarini ta’minlashga oid majburiyatlarni bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik О‘zbekiston Respublikasining qonunchiligida nazarda tutilgan javobgarlikka sabab bо‘ladi.

Download 5,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish