Sanoat binolari


CHo‘kuvchi (prosadochnыx) gruntlarda loyixalash va qurilish ishlari



Download 8,71 Mb.
bet89/92
Sana18.04.2022
Hajmi8,71 Mb.
#560699
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   92
Bog'liq
Sanoat binolari

CHo‘kuvchi (prosadochnыx) gruntlarda loyixalash va qurilish ishlari. CHo‘kuvchi gruntlar tarkibiga to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘zining og‘irligi, bino va inshootlardan beriladigan yuk va yuklamalar tasirida qo‘shimcha deformatsiyalar xosil bo‘luvchi va cho‘kish xarakteriga ega bo‘lgan gruntlar kiritiladi. Yuqoridagi turdagi gruntlarda cho‘kish va qo‘shimcha deformatsiyalar er osti suvlari tasiri ostida gruntning xo‘llanish yoki namlanishi tasirida sodir bo‘ladi. Ushbu turdagi gruntlar tarkibiga asosan lyoss ko‘rinishli grunt turlari kiritilib, ular xo‘llanish yoki namlanish tasirida o‘zining yuk ko‘tarish qobiliyatini yo‘qotib cho‘kish va qo‘shimcha deformatsiyalarga beriladi, buning natijasida gruntning Yuk ko‘tarish qobiliyati kamayib bino va inshootlarda notekis cho‘kishlar xosil bo‘ladi. Xosil bo‘lgan notekis cho‘kishlar natijasida bino va inshootlarda shikastlanish, bazi xollarda esa to‘lig‘icha buzilish xolatlari xam sodir bo‘lishi mumkin.
CHo‘kish miqdoriga qarab cho‘kuvchi gruntlar ikki turga bo‘linadi:

  1. Namlangan xolatda o‘zining og‘irligi tasirida 50 mm gacha miqdorda cho‘kuvchi gruntlar.

  2. Namlangan xolatda o‘zining og‘irligi tasirida 50 mm dan ziyod miqdorda cho‘kuvchi gruntlar.

YAngi loyixalanadigan va qurilish ishlari amalga oshiriladigan tumanlarda grunt turi kamida 20x20 m li o‘lchamga ega bo‘lgan dala maydonida gruntni tajribaviy namlash va cho‘kish miqdorini aniqlash orqali amalga oshiriladi. Bino va inshootlar qurilishi amalga oshirilgan tumanlarda esa cho‘kish miqdorini laboratoriya sharoitlarida aniqlash orqali amalga oshiriladi.
Qo‘shimcha deformatsiyalar xosil bo‘luvchi va cho‘kish xarakteriga ega bo‘lgan gruntlarni mustaxkamlash va ushbu turdagi asoslarda bino va inshootlarni barpo etishda quyidagi asosiy chora-tadbirlar amalga oshiriladi:

  • asosning cho‘kish va deformatsiyalanish xolatini bartaraf etish uchun gruntlar mexanik usullar bilan maxkamlanadi, grunt oldindan namlanadi va grunt qoziqlardan foydalaniladi;

  • gruntning cho‘kish xususiyatiga ega bo‘lgan qismi kesib olib tashlanadi va pastki qismi silikatlash yoki qizdirish yo‘li bilan mustaxkamlanadi;

  • asos (grunt) ni unineg atrofidagi er osti, atmosfera va turli suniy ravishda tasir etuvchi suvlarni qochirish va ximoya qilinadi;

YUqorida qabul qilingan chora-tadbirlardan tashqari cho‘kuvchi grutlar ustida qurilishi amalga oshiriladigan bino va inshootlarni loyixalashda quyidagicha qo‘shimcha konstruktiv choralar xam qabul qinishi mumkin:

  • bino va inshootlarni loyixalashda ularning talab etiladigan mustaxkamligi va ustivorligini taminlovchi mos konstruktiv sxemani tanlab olish;

  • ekspluatatsiya sharoitida binoning mustaxkamligi va ustivorligini taminlovchi qattiq yoki sharnirli birikmalarni tanlab olish;

  • bino va inshootning talab etiladigan deformatsiya choklariga ega bo‘lgan oddiy shaklini tanlab olish;

  • bino va inshootlarning bo‘ylama turdagi konstruksiyalarini ularning tik yo‘nalishdagi Yuk ko‘taruv konstruksiyalariga ko‘proq miqdorda ilinishini (opiranie) taminlash;

  • kranosti to‘sinlari uchun faqat kesimli (razreznoy) konstruksiyalardan foydalanish;

  • cho‘kish bloki chegarasida bo‘ylama va ko‘ndalang yo‘nalishdagi devorlarda o‘zaklangan belbog‘lardan foydalanish;

  • cho‘kishlar natijasida xosil bo‘lgan shikastlanishlarni tezda bartaraf etish tehnolgiyalarini ishlab chiqish;

YUqoridagi barcha turdagi chora-tadbirlar aniq xolatlardan kelib chiqib qabul qilinadi.

Download 8,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish