Ishlab chiqarishdagi shikastlanishlarda birinchi yordam ko'rsatish.
Tashqi muhitning kishi organizimiga ta'siri natijasida to'qima va organlarda anatomik va funksional o'zgarishlar paydo bo'lishi shikastlanish deyiladi. Grekchada "trauma"- shikastlanish degan ma'noni anglatadi. Organizmga ta'sir qilish omiliga ko'ra shikastlanishning quyidagi turlari farqlanadi.
Mexanik shikastlanishlar (kuchli zarb tegishi, ezilish, cho’zilish).
2) Fizikaviy shikastlanishlar (issiq va sovuq ta'siri, elektr toki ta'siri, radioaktiv nurlanishlar)
3) Kimyoviy shikastlanishlar (kislotalar, ishqorlar ta'siri).
4) Ruhiy shikastlanishlar (qattiq qo’rqish, vahima qilish).
Baxtsiz hodisalar roʻy berganda, kishi shikastlanganda yoki toʻsatdan kasal boʻlib qolganda uning hayotini saklab qolish va yomon asoratlardan omon qolishi uchun koʻrsatiladigan tez va oddiy tadbirlar majmui; tibbiy xodim yetib kelguncha yoki ularni kasalxonaga olib borguncha amalga oshiriladi. Birinchi yordam oʻz-oʻziga yoki boshqalar tomonidan (oʻzaro) koʻrsatilishi mumkin.
Shikastlangan odam jarohatini oʻzi bogʻlay olsa, zaharlanish alomati boʻlganida, mas, koʻp suyuqlik ichib meʼdani yuvish va qayt qilishga quvvati kelsa, oʻz-oʻziga Birinchi yordam koʻrsatishi mumkin. Oʻzaro Birinchi yordam odatda boshka kishi tomonidan koʻrsatiladi. Kishining hayoti xavf ostida qolganda, mas, qon ketganda, tok urganda, zaharlanishda, koma, shok va boshqa holatlarda darhol Birinchi yordam koʻrsatish zarur. Keyingi koʻrsatiladigan tibbiy yordam Birinchi yordamning qanchalik toʻgʻri koʻrsatilganligiga bogʻliq.
Teri va shilliq pardalarning jarohatlanishiga qarab shikastlanishning quyidagi turlari farqlanadi:
Ochiq va yopiq shikastlanishlar.
Teri qoplamlari va shilliq pardalarning butunligi buzilishi bilan kechadigan shikastlanishga ochiq shikastlanish deyiladi.
Teri qoplamlari va shilliq pardalarning butunligi buzilmaydigan shikastlanishga yopiq shikastlanish deyiladi. (lat yeyish, cho’zilish, suyaklar chiqishi, yumshoq to’qimalar ya'ni muskullar, paylar, tomirlar, nervlarning teri ostida uzilishi kiradi).
Lat yeganda birinchi tibbiy yordam ko’rsatish. Shikastlangan kishiga avvalo tinch sharoit yaratish kerak.
Qon talashni kamaytirish va og'riqni qoldirish uchun lat yegan sohani yuqori ko'tarib qo'yish kerak hamda muz, sovuq kompress buyuriladi (sovuq suvga namlangan sochiq qo’yiladi), bintli bog'lam qo’yiladi. Og'riqni kamaytirish uchun analgin yoki baralgin tabletkasi ichiriladi. Gematomaning so’rilishini tezlatish uchun 2-3 kundan keyin issiq kompress, vanna, UVCH va massaj qilinadi.
Jarohatlanganda 1 yordam ko`rsatish asosan qon oqishini vaqtincha to`xtatish ( bog`lam, jgut) va infeksiya tuhshishining oldini olish tashkil etadi.
Jarohatga bog`lam qo`yishdan oldin gavdaninig shu qismidagi kiyim yoki poyafzalni ehtiyotlik bilan echish lozim.
Vaqtinchalik qon tuxtatishdan so`ng transport immobilizatsiyasi tegishli qoidalar asosoda bajarilishi va bemor davolash muassasalariga yotqiziladi
YURAKNI SUN’IY MASSAJ QILISH
Yurak tuxtaganda o`tkaziladigan reanimatsion tadbirlar yurakni tashqi massaj qilish va sun’iy nafas oldirish bo`lib, bular bir vaqtda bajariladi.Yurakni tashqi uqalash yo`lida tush suyagining pastki №1|3 qismi kaft bilan faol bosiladi. .Bunda yurak tush suyagi va umurtqa pog`onasi oralig`ida qisiladi va ma’lum miqdordagi yurakdagi qon tomirga haydaladi. Bunday xarakat minutiga 50-70 marta takrorlanadi va muolaja tekis katta joyda bemorni chalqancha yotqizilgan holatda o`tkaziladi. Yurakni tashqi massaj qilish qo`yidagicha ijobiy belgilari bilan aniqlanadi:
a uyqu arteriyasida tomir urushining paydo bo`lishi.
b koz qorachiqlarining torayishi.
f yuz terisi, tirnoqlar va lablarning qizarishi
h mustaqil nafas xarakatlarining paydo bo`lishi
j mushaklar tonusining paydo bo`lishi
Do'stlaringiz bilan baham: |