O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
JIZZAX POLITEXNIKA INSTITUTI
“Bino va inshootlar qurilishi” kafedrasi
“ SANOAT BINOLARI”
fanidan ma’ruza matnlari
JIZZAX – 2018
«Sanoat binolari» fanidan ma’ruza matnlari JizPI, Jizzax. 2018 y. ______ bet
Tuzuvchi: t.f.n. BERDIEV O.B.
Mazkur ma’ruza matni 5340200-«Bino va inshootlar qurilishi» yo‘nalish talabalari uchun mo‘ljallangan.
Ma’ruza matnlari Jizzax politexnika instituti “Arxitektura va qurilish” fakulteti Kengashida ko‘rib chiqilgan va tasdiqlangan. Majlis bayoni № _____ “ ______” _____________ 2018 y.
Fakultet dekani: dots.Berdiqulov A.
Ma’ruza matni «Bino va inshoatlar qurilishi» kafedrasining 2018 yil 28 avgustdagi ____ -sonli yig‘ilishida muhokama qilingan va ma’qullangan.
“Bino va inshootlar qurilishi”
kafedrasi mudiri: dots. N.Asatov
Taqrizchilar:
© JIZZAX POLITEXNIKA INSTITUTI
1-MA’RUZA (2 soat)
KIRISH. SANOAT KORXONALARI, SANOAT BINOLARI VA INSHOOTLARI HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHALAR, ULARNING KLASSIFIKATSIYASI VA ULARGA QO‘YILADIGAN TALABLAR.
REJA:
Kirish.
Sanoat korxonalari va sanoat binolari xaqida tushunchalar.
Sanoat binolarining klassifikatsiyasi.
Sanoat binolariga qo‘yiladigan talablar.
Tayanch so‘zlar va iboralar: sanoat korxonasi, sanoat binolari, tehnologik jarayon, bir qavatli sanoat binolari, ko‘p qavatli sanoat binolari, ikki qavatli sanoat binolari, prolyotli binolar, yacheykali binolar, zalli binolar, ishlab chiqarish binolari, energetik binolar, transport-omborxona binolari, yordamchi binolar, yuk ko‘taruv transport jixozlari, ustunlar to‘ri, qavat balandligi, bino xajmi, qurilish maydoni, foydali maydon, ishchi maydon, konstruktiv maydon.
Kirish. Respublikamiz Mustaqillikka erishgan kundan etiboran yangi sanoat korxonalari, qo‘shma korxonalar, turar joy binolari, jamoat binolarini ko‘plab qurishga extiyoj tobora kupayib bormokda.
Bu extiyojning oshishi qurilish tarmog‘i oldiga ko‘plab talab a vazifalarni qo‘ymokda. Mukammal qurilish oldidagi asosiy vazifalardan biri binolarni foydalanishga topshirish muddatini tezlashtirish, tugallanmagan ishlab chiqarish xajmlarini tubdan qisqartirishni talab etadi. Bu tadbirlar o‘z navbatida yangi quvvatlarni egallash, xalq xo‘jaligi tarmoqlarini ishlab chiqarish kuvvatlarini oshirish imkoniyatini yaratadi.
Qurilish sanoati oldida turgan yana bir muxim muammolardan biri Respublikamizda turar joy, jamoat va sanoat korxonalari qurish masalasini xal qilishdir. Buning uchun qurilish sanoatida ishlab chiqarishni uy joy qurilishi soxasiga qaratish, qurilish materiallari va buYumlarini ishlab chiqarishni jadallashtirish va ularni binolar va korxonalar qurilishiga o‘z vaqtida etkazib berish taminlanmog‘i zarurdir.
Yuqoridagi vazifalarni amalga oshirish uchun samaradorlikni oshirish masalasi muxim axamiyatga egadir. Qurilishda ishlab chiqarish samaradorligini oshirish uchun quyidagi imkoniyatlarni ishga solish zarur:
Qurilish materiallarini tejash;
Qurilish jamoalarining ishlab chiqarish unumdorligini oshirish;
Mashina va mexanizmlar ish unumdorligini oshirish.
Bu masalalarni echishning asosiy shartlaridan biri ilmiy – texnik taraqqiyot asosida qurilish ishlab chiqarishini industriyalash, qurilish ishlarini ko‘prok sanoat korxonalariga ko‘chirish zaruriyatini keltirib chiqaradi, chunki qurilish ishlab chiqarish unumdorligini o‘sishiga yangi material va tuzilmalar, yangi qurilish texnikasi va tehnologiyasi, qurilishni tashkillash va boshkarishini takomillashtirish kabi sabablar tasir qiladi.
Qurilish ishlab chiqarishini industrlashtirish maksadida ishlarning ko‘p qismi ishlab chiqarish binolariga ko‘chirilmokda, chunki bu erda qurilish jarayonlari ancha sifatli, ratsional bajarilishi mumkin.
Sanoat binolari kerakli sanoatning asosiy fondidir, unga ishlab chiqarish jarayonni bajarish va odamlar mexnatini normal o‘tkazish talab qilingan sharoitli ishlab chiqarish joylashadi.
Sanoat qurilishi, asosan sanoatni asosiy fondlarini tashkil qilish, shu jumladan qurilish va montaj ishlarini kompleks bajarilishini taxъminlovchi qurilgan va qurilayotgan sanoat korxonalariga yangilik kiritish, kengaytirish va modernizatsiya qilish bilan shugillanadi. Sanoat binolari va ularning tuzilmalari, «sanoat binolari bosh rejasi», «yordamchi bino va xonalar» bo‘limidan olgan nazariy bilimlarini mustaxkamlash, turli adabiyotlardan, me’moriy xujjatlardan, tipovoy loyihalardan va boshka maxlumotlardan tugri foydalanish, sanoat bino va inshootlarini tuzilmaviy va fazoviy echimlarini urganish, kerakli texnik-iqtisodiy xisoblarni uzlashtirish orkali, talabalar «Sanoat binolari» fanidan kurs loyihasi bajaradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |