Tayanch so‘zlar va iboralar: sanoat binolari, unifikatsiyalangan takrorlanuvchi (tipovoy) prolyotlar yoki unifikatsiyalangan takrorlanuvchi (tipovoy) seksiyalar, issiqlik bloklari, konstruktiv elementlarini koordinatsion o’qlarga bog’lash, sanoat binolarini tipizatsiyalash, unifikatsiyalash, industrlashtirish, o’zaro almashtirish, universallik, nominal o’lcham, konstruktiv o’lcham.
Sanoat binolarini zamonaviy talablar asosida barpo etish , qayta ko’rish xamda rekonstruksiyalash ishlarini ishlab chiqarishning ilmiy asoslangan industrlashtirish uslublari va vositalari asosida amalga oshirish maksadga muvofiqdir. Industlashtirish qurilish ishlab chiqarishining asosiy yunalishi bulib u uzida ishlab chiqarish korxonalarida qurilish konstruksiyalarini yuqori tehnologiyalar asosida ishlab chiqarishdan tortib qurilish maydonlarida konstruksiyalarni yigish va montaj ishlarigacha bo’lgan jarayonlarni kamrab oladi. Qurilish konstruksiyalarini ishlab chiqarish korxonalarida maksimal tayyor xolatda kuplab xajmda ishlab chiqarish xamda qurilish montaj ishlarini kompleks mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish industrlashtirishning asosiy mezonidir. Bino va inshootlarni loyixalashda takroran kullash uchun kulay bo’lgan xar taraflama texnik va iqtisodiy yuqori ko’rsatkichlarga ega konstruksiyalar yoki bir yo’la bino turlarini tanlab olish tipizatsiya deb ataladi. Bino va inshootlar uchun yigma konstruksiya va elementlarning turi va o’lchamlarini tipizatsiyalash cheklanmaydi, ularning soni va turlari kanchalik kup bo’lsa ularni montaj qilish ishlari shunchalik osonlashib binoning tannarxi xam arzonlashadi. Bino va inshootlar uchun yig’ma konstruksiya va elementlarning turi va o’lchamlarini tipizatsiyalash orqali ularni unifikatsilashga erishish mumkindir. Unifikatsiya bu bino va inshootlarning turli shaklli va o’lchamli, detallari va konstruksiyalarni mumkin qadar kam turli, bir xil o’lcham va shakllarga ega bo’lgan detallar va konstruksiyalariga keltirish yoki ega bulmok demakdir. Detallar va konstruksiyalarni unifikatsiyalash ularni o’zaro almashtirish va universalligini taminlamogi lozim. O’zaro almashtirish tushunchasi ostida bino va inshootlarning bir o’lchamdagi detal va konstruksiyalari urniga boshka o’lchamdagi detal va konstruksiyalarni ishlatish mumkinligi tushuniladi.(M: 3000 mm. kenglikka ega bo’lgan bir dona orayopma paneli urniga ikki dona 1500 mm. kenglikka egabo’lgan panelni kullash va x.k. ). Universallik tushunchasi ostida esa bir xil o’lcham va turga ega bo’lgan detal va konstruksiyalarni muljallanishi bo’yicha turli xil bo’lgan bino va inshootlarda kullash tushuniladi. Sanoat binolari va inshootlarini loyixalashda detallar, konstruksiyalar va boshka buyum xamda jixozlar uchun tuzilgan maxsus ruyxatlar(katalog)lardan keng mikdorda foydalaniladi va ushbu ruyxatlar yangi detallar, konstruksiyalar va buyum xamda jixozlarning yangi turlari yaratilishi bilan yangilanib boradi. Bino va inshootlarning detallari, konstruksiyalari va qurilish buYumlarining o’lchamlari ularning xajmiy tarxiy echimlari orkali aniklanadi va ularni unifikatsiyalash xajmiy tarxiy echimlarning asosiy parametrlari bo’lgan binoning eni, kadami va qavat balandligiga boglik buladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |