I-modul. O’zbekistonda mavjud bo’lgan yengil sanoat korxonalari
1-Mavzu. Kirish. Tikuv, trikotaj va zardo’zlik buyumlarini ishlab
chiqarish jihozlari haqida umumiy ma’lumot. Tikuvchilik mashinalari tarixi.
REJA:
1. “Tikuv, trikotaj va zardo’zlik buyumlarini ishlab chiqarish jihozlari”
fanining maqsadi va vazifalari
2. Bu fanning yengil sanoatdagi o’rni
3. Tikuv mashinalarining paydo bo’lishi tarixi
Mamlakatimiz iqtisodiyotida tub o’zgarishlar amalga oshirilishi, respublika
iqtisodiyoti asosan xom-ashyo yo’nalishidan raqobatbardosh mahsulot ishlab
chiqarish yo’liga izchil o’tayotganligi, mamlakat eksport salohiyati
kengayayotganligi ishlab chiqarishning har bir sohasi oldiga yangi vazifalarni
qo’ydi. Jumladan, tikuvchilik sanoatini rivojlantirish,
xalqimizni yuqori sifatli,
chiroyli kiyimlar bilan tahminlash yengil sanoat xodimlari oldida turgan muhim
vazifalardandir. Albatta, bu vazifalarni bajarish uchun tikuvchilik mahsulotlarini
ishlab chiqarish hajmini oshirish, ularning sifatini yaxshilash, yangi yo’ksak
samarali texnikaga ega bo’lgan korxonalarni yaratish kerak bo’ladi. Hozirgi
paytda Vatanimiz tikuvchilik korxonalari fan-texnikaning oxirgi yutuqlari asosida
ishlab chiqarilgan jihozlar bilan to’ldirilmoqda. Mashina va uskunalarni xilma-xil
moslamalar
bilan
jihozlash
orqali
texnologik
jarayonlarni
kompleks
mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish davom etmoqda. Ishlab chiqarishning
tayyorlov va bichish bo’limlaridagi ishlarni mexanizatsiyalashtiradigan mashina,
mexanizmlar va tashish qurilmalari kompleksi ishlab chiqilmoqda. Gazlamalarning
nuqsonini aniqlaydigan, bo’yi va enini aniq o’lchaydigan
yangi mashinalar joriy
qilinmoqda. Tikuvchilik buyumlarini loyihalash matematik asosda rivojlantirilib,
elektron hisoblash mashinalaridan foydalanish mumkin bo’ldi. Kiyim qirqimlarini
lazer nurlari, ultratovush, yuqori chastotali elektr uchquni bilan bichishda
dasturlashtirilgan elektron boshqaruv sistemalaridan foydalanilmoqda.
Bir vaqtning o’zida bir nechta texnologik jarayonni bajarish imkonini
beradigan tikuv mashinalari keng qo’llanilmoqda. Hozirgi vaqtda tikuv
bo’limlarini kompleks mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirishga oid quyidagi
ishlar olib borilmoqda:
- kiyim qirqimlarini tikish jarayonida yordamchi va qo’lda bajariladigan
ishlarda yarim hamda to’la avtomatlashtirilgan maxsus mexanizmlarni joriy etish;
- kiyimlarning asosiy detallarini tikishga mo’ljallangan
maxsus qurilmalar
va mashinalar kompleksini ishlab chiqish;
- buyumlarga issiqlik va namlik bilan ishlov berishni avtomatlashtirish va
nazorat qilish;
-bir vaqtda bir nechta ishni bajaradigan maxsus mashinalarni va kichik
mexanizatsiyalashtirilgan komplekslarni ishlatish.
Albatta tikuvchilik sanoatini rivojlantirish bilan birgalikda sanoatni zamon
talablariga javob beradigan yuqori malakali, yetuk mutaxassis kadrlar bilan
tahminlash kerak bo’ladi.
O’zbekistonda 1918—1919-yillarda 600—700 ishchidan iborat "Qizil tong"
tikuvchilik korxonasi tashkil etildi. 1922
yillarda, fuqarolar urushining tugashi
bilan ishchi kuchi va xom ashyoning bo’lmaganligi sababli bu korxona yopildi.
1923 yillarda ilgarigi tikuvchilik korxonalari asosida hunarmandchilik
kooperativi "Rabkoop №9" tashkil etildi. Bu O’zbekistonda tikuvchilik sanoatining
tashkil etilishining boshlanishi edi. Bunda ish qurollari asosan qo’l ignasi, ko’mir
bilan isitiladigan dazmol, kichik unumli qo’l va oyoq bilan ishlaydigan tikuv
mashinalaridan iborat edi.
1924 yilda "Qizil tong" tikuvchilik korxonasi qayta ishga tushirildi. Ikkinchi
jahon urushigacha bo’lgan besh yilliklar davrida: 1930 yilda Buxoro, Samarqand,
Toshkent; 1932 yilda Qo’qon va Andijon, 1937 yilda Urganchda yangi korxonalar
qurilib, eskilari rekonstruktsiya qilindi. O’zbekiston yirik tikuvchilik sanoati bor
respublikaga aylandi.
Ikkinchi
jahon urushi yillarida Ukraina, Belorussiya va boshqa joylardan
tikuvchilik ustaxonalari O’zbekiston, Qozog’istonga ko’chirildi. O’zbekistonda
yangi Chirchiq, Qarshi, Namanganda tikuvchilik korxonalari qurildi. Hamma
tikuvchilik korxonalarida majburiy ravishda qo’llash uchun kiyim tikishning
tipovoy texnologik konstruktsiyasi ishlab chiqildi. 50-yillarga borib, eskirib ketgan
asosiy uskunalarning 25—30%i yangilandi, maxsus mashinalar,
presslar ishlatila
boshlandi. Buxoro, Toshkent, Andijon, Qo’qon korxonalarini konveyerlashtirish
natijasida unumdorlik 12—15% ga oshdi.
Keyingi paytlarda tikuvchilik sanoatining samaradorligini oshirish
maqsadida bir necha mayda korxonalarni birlashtirib, ishlab chiqarish
birlashmalari tashkil qilindi. (Masalan, "Qizil tong", "Yulduz" Toshkentda,
"Sanam" Qarshida, "8mart"
Samarqandda, "B. Amonova", "Nigora" Buxoroda va
h.k.)
Tikuvchilik sanoati boshqa sohalar bilan chambarchas bog’liq. Masalan,
to’qimachilik, kimyoviy, mashinasozlik, mo’ynachilik va h.k.
Bu sohalar tikuvchilik sanoatiga gazlama, turli xil kimyoviy materiallar,
asbob uskunalar, mo’yna va furnitura yetkazib beradi. Xalq xo’jaligini
ximiyalashtirish texnikaviy rivojlanishning asosiy yo’nalishidir. Uning xalq
iste’moli uchun chiroyli,
chidamli, qulay va arzon kiyim ishlab chiqarishda
ahamiyati juda katta. Tikuvchilik korxonalari sintetik tolali gazlamalar, sun’iy