Tayanch so‘zlar va iboralar: zilzilaviy silkinishlar, seysmik kuchlar, abadiy muzlikka ega bo‘lgan xududlar, cho‘kuvchi gruntlar, qo‘shimcha ishlar olib boriladigan xududlar, tumanning tabiiy-klimatik sharoitlari, tog‘ ishlari, bo‘ylama ayvonchalar; tik ekranlar, g‘ovakli qurilmalar.
Bino va inshootlarni loyixalash va qurilish ishlarini amalga oshirishda shunday aloxida xususiyatlarga ega bo‘lgan tumanlar mavjudki, ushbu tumanlarda qurilgan bino va inshootlarga umumiy qo‘yiladigan talablardan tashqari ularning tashqi va ichki xolatiga tasir etuvchi va faqat shu tumanga xos bo‘lgan omillarni xam xisobga olish talab etiladi. Bino va inshootlarda aloxida etiborga molik bo‘lgan omillar va qo‘yiladigan talablar sifatida, ularni davriy zilzilaviy silkinishlar va abadiy muzlikka ega bo‘lgan xududlarda, cho‘kuvchi (prosadochnыx) gruntlar yoki qurilish ishlarini bajariladigan xududda qo‘shimcha ishlar olib boriladigan (podrabativaemыx) xududlarda xamda doimiy ravishda issiq quruq iqlimga ega bo‘lgan tumanlarda loyixalash va qurilish ishlarini bajarish va amalga oshirish ishlari tushuniladi.
Zilzilaviy tumanlarda loyixalash va qurilish ishlari. Davriy ravishda takrorlanib turadigan zilzilaviy kuchlar tasirida bo‘ladigan xududlar zizilaviy tumanlar deb ataladi. Seysmik kuchlar tasiri 12 ballik Rixter shkalasi asosda aniqlanadi. 5-6 yoki undan kamroq kuch bilan intensiv tasir etuvchi zilzila kuchlari sanoat binolari va inshootlariga o‘zining ko‘p tasirini o‘tkazmaydi. 6-9 ballga ega bo‘lgan zilzila kuchlari esa qator konkret xolatlarni etiborga olganda sanoat binolari va inshootlariga o‘zining Yuqori tasirini o‘tkazib bazi xollarda bino va inshootlarning buzilishigacha bo‘lgan xolatni sodir etadi.
Zilzilaviy tumanlarda qurilishi amalga oshiriladigan sanoat binolarining asoslari va konstruksiyalarini loyixalashda xar qanday yo‘nalishdagi silkitish kuchini o‘zida sodir etish xususiyatiga ega bo‘lgan seysmik tasirlarni xisobga olgan xolda loyixalamoq zarur. Zilzilabardosh bino va inshootlarni loyixalash ishlari bino va inshootlar uchun mustaxkam qurilish mahsulotlarini tanlash, samarali konstruktiv sxemaga ega bo‘lish, qator maxsus konstruktiv o‘lchov meyorlarni o‘tkazish, binoning elementlari va konstruksiyalari uchun muvofiq xisoblarni o‘tkazish, engil konstruksiyalaprni tanlab olish orqali maksimal tarzda binoning massasini kamaytirish va seysmik yo’qlarga nisbatan binoning mos keluvchi konfiguratsiyasini tanlash orqali amalga oshiriladi.
Oddiy shakldagi geometrik ko‘rinishlarga ega bo‘lgan sanoat binolarida zilzila kuchlarini bo‘ylama va ko‘ndalang yo‘nalishlarda aloxida-aloxida xisobga olmoq zarur, murakkab geometrik shakllarga ega bo‘lgan sanoat binolarida esa Yuk ko‘taruvchi konstruksiyalar va ularning elementlariga tasir etuvchi zilzila kuchlariga aloxida etibor qaratmoq lozim bo‘ladi.
Karkasli konstruktiv sxemaga ega bo‘lgan bino va inshootlarda karkasning Yuk ko‘taruv konstruksiyalari orasini bo‘ylama Yo’qlarni qabul qiluvchi va bo‘ylama yo‘nalishda binoning mustaxkamligini saqlovchi diafragma elementlari bilan to‘ldirish tavsiya etiladi.
Karkassiz konstruktiv sxemaga ega bo‘lgan mayda g‘isht-tosh va yirik panelli binolarda esa asosiy etiborni zilzila kuchlarini qabul qiluvchi bo‘ylama va ko‘ndalang devorlarning mustaxkamligiga qaratmoq lozim bo‘ladi.
Mayda g‘isht-tosh konstruksiyali devorlar belgilangan tartibda bo‘ylama va ko‘ndalang yo‘nalishlarda o‘zaklangan zilzilaga qarshi belbog‘lar bilan mustaxkamlanadi. Temirbeton devor panellarini iloji boricha yirik shaklda, ularning o‘zaro birikish choklarini esa o‘zaklangan va kam kirishuvchan (malousadochnыe) xususiyatiga ega bo‘lgan betonlardan loyixalanadi.
Zilzilaviy tumanlarda loyixalanadigan sanoat binolarining orayopma va tom yopma plitalari albatta qattiq konstruksiyalardan loyixalanib binoning Yuk ko‘taruv konstruksiyalari bilan qattiq tarzda biriqtiriladi va o‘zaklangan zilzilaga qarshi belbog‘lar bilan mustaxkamlanadi.
Zilzilaviy tumanlarda qurilishi amalga oshiriladigan bino va inshootlar loyixalari va loyixa echimlarini albatta qurilish montaj ishlariga Yuqori talablarni qo‘ygan xolda maxsus ekspertizadan o‘tkazmoq lozim bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |