Sana: Mavzu: Bayramingiz qutlug` bo`lsin



Download 3,51 Mb.
bet7/17
Sana14.06.2022
Hajmi3,51 Mb.
#669512
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17
Bog'liq
3sinf o\'qish

Yurting omon - o'zing omon.
O'zga yurtning gulidan O'z yurtingning cho'li yaxshi.

V.Baholash. O'quvchilarni bir minutda qancha o`qiganliklarini hisoblab baholayman.


VI.Uyga vazifa:Yod olish.

MRO`TIBO`_____


Sana:
Mavzu: STO`
Maqsad:
Talimiy:O`quvchilarga m,atn mazmuni haqida ma`lumot berish..
Tarbiyaviy:O`quvchilarda kitobga mehrni tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi:O'quvchilar bilimini kengaytirish, og'zaki nutqini o'stirish.
Jihozlar: Mavzuga mos rasmlar
Darsning borishi:

Dars elementlari

I

II

III

IV

V

VI

Davomiyligi

3

7

14

15

5

1

I. Darsni tashkil qilish. 1. Salomlashish.
2. Davomatni aniqlash.
3. O’quvchilarni darsga tayyorlash.
II. Uyga vazifani so`rash.O'qituvchi o'quvchilardan uyga berilgan topshiriqni so'raydi va o'tgan mavzuga doir tushunchalar yana bir bor takrorlanadi. O'tgan dars yuzasidan o'quvchilar bilimi baholanadi.
III. Yangi mavzu bayoni. Bugungi darsimizda mensizlarni guruhlarga bo`laman deb sinf uch guruhga bo`linadi.Har bir guruh uchun Vatanimiz tasviri tushirilgan plakatlar tarqatiladi.O`quvchilar rasm asosida kichik hikoya tuzishlari kerak bo`ladi.Ma`lum vaqtdan so`ng har bir guruh o`zining hikoyasini aytib beradi.Bunda o`quvchilar she`r ,maqollardan foydalanishlari mumkin bo`ladi.

IV.Mustahkamlash.


Matn mazmuni yuzasidan suhbat o'tkaziladi.

V.Baholash. O'quvchilarga darsda va munozaralardagi ishtirokiga


ko'ra ball qo'yib boriladi.
VI.Uyga vazifa:O`qib kelish.
MRO`TIBO`_____
Sana:
Mavzu: Bo`lim yuzasidan takrorlash.
Maqsad:
Talimiy:O`tilganlarni takrorlash.
Tarbiyaviy:O`quvchilarda g`urur,faxr hislarini tarkib toptirish.
Rivojlantiruvchi:O'quvchilar bilimini kengaytirish, og'zaki nutqini o'stirish.
Jihozlar: Boshqotirmalar,savolli tarqatmalar.
Darsning borishi:

Dars elementlari

I

II

III

IV

V

VI

Davomiyligi

3

7

14

15

5

1

I. Darsni tashkil qilish. 1. Salomlashish.
2. Davomatni aniqlash.
3. O’quvchilarni darsga tayyorlash.
II. Uyga vazifani so`rash. O'qituvchi o'quvchilardan uyga berilgan topshiriqni so'raydi va o'tgan mavzuga doir tushunchalar yana bir bor takrorlanadi. O'tgan dars yuzasidan o'quvchilar bilimi baholanadi. III. O`tilganlarni takrorlash. 1. Siz qaysi respublikada yashaysiz?

  1. Vatanimiz haqida nimalarni bilib oldingiz?

  2. Kelajakda Vatanimizga qanday xizmat qilmoqchisiz?

  3. Bo'limdan yod olgan she'rlaringizni aytib bering.

„Biz Vatanning kelajagimiz" mavzusida kichik hikoya yozing.
„Biz Vatanning kelajagimiz" mavzusida kichik hikoya yozing.IV.Mustahkamlash.O'qituvchi matnni ifodali o'qiydi. Matnni o'qishda har bir qismlarni obrazli qilib tushuntiradi.
IV.Mustahkamlash.Matn mazmuni yuzasidan suhbat o'tkaziladi.
V.Baholash. O'quvchilarga darsda va munozaralardagi ishtirokigako'ra ball qo'yib boriladi.
VI.Uyga vazifa:O`qib kelish. MRO`TIBO`_____

Sana:
Mavzu: Qo`shiqlar


Maqsad:
Talimiy:O`quvchilarga qo`shiqlar ularning turlari haqida ma`lumot berish..
Tarbiyaviy:O`quvchilarda nafosat tarbiyasini tarkib toptirish.
Rivojlantiruvchi:O'quvchilar bilimini kengaytirish, og'zaki nutqini o'stirish.
Jihozlar: Mavzuga mos rasm va savolli kartochkalar..
Darsning borishi:

Dars elementlari

I

II

III

IV

V

VI

Davomiyligi

3

7

14

15

5

1

I. Darsni tashkil qilish. 1. Salomlashish.
2. Davomatni aniqlash.
3. O’quvchilarni darsga tayyorlash.
II. Uyga vazifani so`rash.O'qituvchi o'quvchilardan uyga berilgan topshiriqni so'raydi va o'tgan mavzuga doir tushunchalar yana bir bor takrorlanadi. O'tgan dars yuzasidan o'quvchilar bilimi baholanadi. III. Yangi mavzu bayoni.Xalqog'zakiijodixalqimizningma'naviymulkidir. Sizbubo'limdaxalqimizningorzu-umidlariniaksettiruvchiqo'shiqlar, o'tmishvoqealaridanhikoyaqiluvchiertaklar, ibratiimasallar, xalqdonoliginiifodaetuvchimaqollar, izlanishga, topqirlikkaundaydigantopishmoqlar, nutqingiznio'stirishgayordamberadigantezaytishlar, latifalarbilantanishasiz.
Xalqog'zakiijodinamunalarisizningodobli, axloqli, vatanparvar, xalqparvarbo'libvoyagayetishishingizgako'maklashadi, zehningiznio'tkirqiladi
Qo'shiqlar
Mustaqil, hur Vatanda O'ynab kulaman, deyman. Vatanimni yashnatib, Doston qilaman, deyman.
M ehnat qilib yurtimda, Bog'-u bo'ston yaratib, Bulbullami sayratib, Gulzor qilaman, deyman. Mustaqil, hur Vatanda Keling, do'stlar, o'ynaylik. Ozod diyor yallasin Birgalikda kuylaylik.

IV.Mustahkamlash.O`quvchilarga quyidagi savollar bilan murojat qilaman:


1.Xalq og`zaki ijodi deganda nimani tushunasiz?
2.Xalq og`zaki ijodiga nimalar kiradi?
3.xalq og`zaki ijodining tarbiyaviy ahamiyati nimada?
V.Baholash. O'quvchilarga darsda va munozaralardagi ishtirokiga
ko'ra ball qo'yib boriladi.
VI.Uyga vazifa:O`qib ,xalq og`zaki ijodidan namunalar yodlab kelish..MRO`TIBO`_____
Sana:
Mavzu: Alla
Maqsad:
Talimiy:O`quvchilarga alla ,u qanday qo`shiq ekanligi haqida ma`lumot berish..
Tarbiyaviy:O`quvchilarda milliy an`analarimizga hurmat hislarini tarkib toptirish.
Rivojlantiruvchi:O'quvchilar bilimini kengaytirish, og'zaki nutqini o'stirish.
Jihozlar: Mavzuga mos rasm va tarqatmalar.
Darsning borishi:

Dars elementlari

I

II

III

IV

V

VI

Davomiyligi

3

7

14

15

5

1

I. Darsni tashkil qilish. 1. Salomlashish.
2. Davomatni aniqlash.
3. O’quvchilarni darsga tayyorlash.
II. Uyga vazifani so`rash.O'qituvchi o'quvchilardan uyga berilgan topshiriqni so'raydi va o'tgan mavzuga doir tushunchalar yana bir bor takrorlanadi. O'tgan dars yuzasidan o'quvchilar bilimi baholanadi.
III. Yangi mavzu bayoni.Bugungi dasimizda xalq jg`zaki ijodidan allalar haqida gaplashamiz.Alla uqanday qo`shiq ekanligi haqida ma`lumot berraman.
Onalarimiz allalaridan namuna.

Alla, bolam, alla-yo,


Tog' yuraklim, alla-yo,
Xolis tilaklim, alla-yo.
Alia, bolam, alla-yo,
Qo'riqlovchi onang bor,
A llalovchi momong bor
Shukur qilgin, bobong t
Alla, bolam, alla-yo,
Sharofatli zamonda

IV.Mustahkamlash. 1. Siz yana qanday xalq qo'shiqlarini bilasiz?


2. Qo'shiqlami yod oling.
V.Baholash. O'quvchilarga darsda va munozaralardagi ishtirokiga
ko'ra ball qo'yib boriladi.
VI.Uyga vazifa:Onalaridan alla o`rganib kelish. MRO`TIBO`_____

Sana:
Mavzu: Botir mergan va chaqimchi.


Maqsad:
Talimiy:O`quvchilarga ertaklar haqida ma`lumot berish..
Tarbiyaviy:O`quvchilarda insoniy sifatlarni tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi:O'quvchilar bilimini kengaytirish, og'zaki nutqini o'stirish.
Jihozlar: Mavzuga mos rasm va sahna uchun dekaratsiyalar.
Darsning borishi:

Dars elementlari

I

II

III

IV

V

VI

Davomiyligi

3

7

14

15

5

1

I. Darsni tashkil qilish. 1. Salomlashish.
2. Davomatni aniqlash.
3. O’quvchilarni darsga tayyorlash.
II. Uyga vazifani so`rash.O'qituvchi o'quvchilardan uyga berilgan topshiriqni so'raydi va o'tgan mavzuga doir tushunchalar yana bir bor takrorlanadi. O'tgan dars yuzasidan o'quvchilar bilimi baholanadi.
III. Yangi mavzu bayoni.O`quvchilarga ertaklar ularning turlari,bola tarbiyasida ertaklarning tutgan o`rni haqida ma`lumot beraman.Bugubgi dasimizda “Botir megan va chaqimchi” ertagining mazmuni haqida gaplashamiz.
Bir bor ekan, bir yo'q ekan, tog' oralig'ida, qirq ovulda Botir degan dovyurak mergan yigit o'tgan ekan. Bir yili qish qattiq kelib, ovulning moli qirilibdi. odamlari och qolibdi. Odamlarning og'ir ahvolda qolganini ko`rgan Botir mergan podshoning mollaridan keltirib,odamlarga so'yib beraveribdi. Shu bilan xalq qishdan eson-omon chiqib olibdi.
Shu ovulda bir chaqimchi kishi bo'lgan ekan. U rodshoga borib, Botir merganni chaqibdi.
- Olampanoh, Botir degan yigit sizning mollaringiznio`g`irlayapti, - debdi.
Podsho Botir merganni olib kelish uchun navkarlarniyuboribdi. Podsho Botir merganni so'ramay-netmay dorgaismoqchi bo'libdi. Shunda mergan podshoga:
- Taqsiri olam, Sizga savollarim bor. Shularga javob bering, so'ngra dorga ossangiz roziman, - debdi.
Podsho:

  • Qanaqa savollar? - deb so'rabdi. Botir mergan podshoga:

  • Taqsir, bola och qoisa, kimdan non so'raydi? - debdi. Podsho o'ylab turib:

  • Otasi bilan onasidan so'raydi, - debdi.

  • IV.Mustahkamlash.1. Botir mergan podshoning oldiga nima uchun navkar
    bilan bormabdi?Podsho bilan Botir merganning suhbatini o'qing.

  1. Podsho chaqimchini nima uchun jazolabdi?

3.Ertak qahramonlaridan qaysi biri sizga yoqdi? Nima uchun?
V.Baholash. O'quvchilarga darsda va munozaralardagi ishtirokiga
ko'ra ball qo'yib boriladi. VI.Uyga vazifa:Matndan foydalanib, rasm chizing.MRO`TIBO`_____
Sana:
Mavzu: Halollik.
Maqsad:
Talimiy:O`quvchilarga ertak turlari haqida ma`lumot berish..
Tarbiyaviy:O`quvchilarga har narsada halol bo`lishga undash.
Rivojlantiruvchi:O'quvchilar bilimini kengaytirish, og'zaki nutqini o'stirish.
Jihozlar: Mavzuga mos rasmlar
Darsning borishi:

Dars elementlari

I

II

III

IV

V

VI

Davomiyligi

3

7

14

15

5

1

I. Darsni tashkil qilish. 1. Salomlashish.
2. Davomatni aniqlash.
3. O’quvchilarni darsga tayyorlash.
II. Uyga vazifani so`rash.O'qituvchi o'quvchilardan uyga berilgan topshiriqni so'raydi va o'tgan mavzuga doir tushunchalar yana bir bor takrorlanadi. O'tgan dars yuzasidan o'quvchilar bilimi baholanadi.
III. Yangi mavzu bayoni.Bugungi das mavzusi bilan o`quvchilarni tanishtiraman.Ertakni so`zlab beraman.O'tgan zamonda bir dehqon bo'lgan ekan. Uni kambag'al oshnasi bor ekan. Kunlardan bir kuni dehqondan bir tanob yerini sotishni iltimos qilibdi Dehqon yerning bir chekkasini kambag'al oshnasiga sotibdi.
Yerni olgan odam bir qalin og'aynisidan ho'kiz olib kelib, yer haydayotganida, omochning tishi bir nimaga tegibdi. Dehqon parvo qilmay haydayveribdi. Qaytib o'sha yerga kelganida omochning tishiyana haligi narsaga urilibdi. Kambag'al dehqon: ilgari bu yerda daraxt bo'lgan, uning to'nkasi qolib ketgan, shekilli", deb o'ylabdi.
U ketmon olib kelib, omoch tishiga qadalgan narsani kovlay boshlabdi. Nihoyat, u yerdan xumcha chiqibdi. Uni ochib qarasa, ichi to'la tilla emish. Deh­qon yerning qolgan qismini ham haydab, urug' sepibdi. So'ng ho'kizlami egasiga topshiribdi. Xumchadagi tillani ko'tarib, to'g'ri yer sotgan dehqon oshnasining uyiga boribdi.
U oshnasiga:
- Sizdan olgan yerimni haydayotgan edim, manashu xumchani topib oldim, ichidan tilla chiqdi. Unio'zingizga olib keldim, - debdi.

IV.Mustahkamlash.O`quvchilarga quyidagi savollar bilan murojat qilaman:



  1. Boy dehqon nima uchun o'z yerini sotibdi?

  2. Kambag'al dehqon va uning oshnasi nima uchun donishmand huzuriga borishibdi? Donishmand ularga qanday maslahat beribdi?

  3. Siz nima deb o'ylaysiz, kambag'al dehqon to'g'ri ish qildimi?

V.Baholash. O'quvchilarga darsda va munozaralardagi ishtirokiga


ko'ra ball qo'yib boriladi.
VI.Uyga vazifa: Matnni o`qib,qayta hikoya qolib beishga tayyorlanish. MRO`TIBO`_____

Sana:
Mavzu: Donishmand yigit.


Maqsad:
Talimiy:O`quvchilarga ertaklar yakuni haqida ma`lumot berish..
Tarbiyaviy:O`quvchilarda ko`proq bilim olishga undash.
Rivojlantiruvchi:O'quvchilar bilimini kengaytirish, og'zaki nutqini o'stirish.
Jihozlar: Mavzuga mos rasm va plakatlar
Darsning borishi:

Dars elementlari

I

II

III

IV

V

VI

Davomiyligi

3

7

14

15

5

1

I. Darsni tashkil qilish. 1. Salomlashish.
2. Davomatni aniqlash.
3. O’quvchilarni darsga tayyorlash.
II. Uyga vazifani so`rash.O'qituvchi o'quvchilardan uyga berilgan topshiriqni so'raydi va o'tgan mavzuga doir tushunchalar yana bir bor takrorlanadi. O'tgan dars yuzasidan o'quvchilar bilimi baholanadi.
III. Yangi mavzu bayoni.Bugungi das mavzusi bilan o`quvchilarni tanishtiraman.Ertakni so`zlab beraman.O'tgan zamonda bir donishmand chol yashagan ekan. Uning uch o'g'li bo'lgan ekan. O'g'illari voyaga yetgach, chol ularga shunday debdi:
- Bolalarim, men sizni yeyish-ichishdan kamsitmay o'stirdim. Har biringiz bir ro'zg'orning egasi bo'lib qoldingiz. Endi otlaninglar, turli shaharlarga borib, qo'rg'on solib kelinglar!
To'ng'ich o'g'il otasi topgan oltin-kumushlardan olibdi. Farg'ona vodiysining hamma shaharlariga boribdi. U yerlarga bittadan kattakon uy solibdi.
O'rtancha o'g'il bo'lsa, Buxoro, Samarqand tomonlarga borib, qo'rg'onlar qurdiribdi.
Kenja o'g'il oqil, dono ekan. U o'zicha: „Dadam turli shaharlarda qo'rg'on solinglar, deyish bilan har bir shahardan do'st, yor-birodar orttiringlar, demoqchi. Men boshqa shaharlarga borib, uy solib yurmayman!" debdi. Kenja o'g'il safarga chiqib ketibdi.
IV.Mustahkamlash.Darslikda berilgan savollarga javob olaman.
1. Ota o'g'illariga qanday topshiriq beribdi?
2. Otaning maqsadini qaysi o'g'il to'g'ri tushunibdi?
3. Ertakdan qanday xulosa chiqardingiz
V.Baholash. O'quvchilarga darsda va munozaralardagi ishtirokiga
ko'ra ball qo'yib boriladi.
VI.Uyga vazifa:O`qib,mazmunini gapirib berish..

MRO`TIBO`_____


Sana:
Mavzu: Ahillik ulug` baxt.
Maqsad:
Talimiy:O`quvchilarga matn mazmuni haqida ma`lumot berish..
Tarbiyaviy:O`quvchilarda insoniy sifatlarni tarkib toptirish.
Rivojlantiruvchi:O'quvchilar bilimini kengaytirish, og'zaki nutqini o'stirish.
Jihozlar: Mavzuga mos rasm va sahna uchun dekaratsiyalar.
Darsning borishi:

Dars elementlari

I

II

III

IV

V

VI

Davomiyligi

3

7

14

15

5

1

I. Darsni tashkil qilish. 1. Salomlashish.
2. Davomatni aniqlash.
3. O’quvchilarni darsga tayyorlash.
II. Uyga vazifani so`rash.O'qituvchi o'quvchilardan uyga berilgan topshiriqni so'raydi va o'tgan mavzuga doir tushunchalar yana bir bor takrorlanadi. O'tgan dars yuzasidan o'quvchilar bilimi baholanadi.
III. Yangi mavzu bayoni.Dars maqsadi bilan o`quvchilarni tanishtirish.Ertakni so`zlab berish.Qadimda donishmand bir chol o'tgan ekan. Uning yetti o'g'li bor ekan. Lekin ular otalarining so'ziga kirmas, har qaysisi o'zicha ish tutar ekan. Kattalari kichiklarini do'pposlab, kichiklari kattalariga qarshi bo'lib yurar ekan. Odamlar:
- Aqlli cholning o'g'illari xo'p ahmoq bo'lib o'syaptida, - deyisharkan. O'g'illami yolg'iz uchratganda ularga tanbeh berisharkan.
Kunlardan bir kun chol o'rmonga boribdi-da, yo'g'onligi bosh barmoqday keladigan novdalardan yettitasini qirqib kelibdi. So'ng o'g'illarini chaqirib:
- Bolajonlarim, sizlaming kuchingizni sinab ko'rmoqchiman. Mana shu yettita novdani bir dastsqilib sindiringlarchi, - debdi.
O'g'illari navbat bilan urinib ko'rishibdi, lekin uddasidan chiqisha olmabdi. So'ngra otasi o'g'illariga bittadan novda beribdi, o'g'illar ularni bir zumda sindirishibdi. Ertakni oxirini o`quvchilar birgalikda to`qib ko`ramiz.
IV.Mustahkamlash. ertakni o`quvchilar bilan sahnalashtiramiz.
Savol-javob asosida ertak mazmunini eslab olamiz. 1.Ertakning boshida cholning o'g'illari haqida nima deyilgan?
2Chol novdalarni o'g'illariga nima uchun dastalab beribdi?
3.Ertakdan qanday xulosaga keldingiz?
4.Kuch birlikda maqolini tariflang.
V.Baholash. O'quvchilarga darsda va munozaralardagi ishtirokigako'ra ball qo'yib boriladi.Olgan ballari kundalik va jurnalga qo`yiladi.
VI.Uyga vazifa: Matn mazmunini sozlab kelish. MRO`TIBO`_____

Sana:
Mavzu: Adabiy ertaklar.Chumchuqcha.


Maqsad:
Talimiy:O`quvchilarga matn mazmuni haqida ma`lumot berish..
Tarbiyaviy:O`quvchilarda g`urur,faxr hislarini tarkib toptirish.
Rivojlantiruvchi:O'quvchilar bilimini kengaytirish, og'zaki nutqini o'stirish.
Jihozlar: Mavzuga mos rasm va klasterlar.
Darsning borishi:

Dars elementlari

I

II

III

IV

V

VI

Davomiyligi

3

7

14

15

5

1

I. Darsni tashkil qilish. 1. Salomlashish.
2. Davomatni aniqlash.
3. O’quvchilarni darsga tayyorlash.
I I. Uyga vazifani so`rash.O'qituvchi o'quvchilardan uyga berilgan topshiriqni so'raydi va o'tgan mavzuga doir tushunchalar yana bir bor takrorlanadi. O'tgan dars yuzasidan o'quvchilar bilimi baholanadi.
III. Yangi mavzu bayoni.Doskaga oldindan tayyorlabqo`yilgan plakatga qaab o`quvchilar etaklar so`zini klaster usulida tarmoqlaydilar.
Bor ekan-u, yo'q ekan. Bir uyning bo'g'otida chumchuq oilasi yasharkan. Ota. bilan ona palaponlarga galma-gal ovqat tashishar ekan...
Chumchuq bolaiari asta-sekin mayin pat chiqari-shibdi. Keyin qalin patlar kiyib olishibdi. Bir kuni eng katta chumchuq bola tavakkal qilib inidan sakrab yer
ga tushibdi. Uning hech qayeri og'rimabdi. Chunki u sekin tushibdi. Uning sekin tushishiga qanotlari yordam beribdi. Chumchuqchaning o'z holicha ovqat yeya-yotganini ko'rib ota-onasi xursand bo'libdi. Buni ko'rgan boshqa chumchuq bolalari ham inidan tushib kelishib-di. Ota-onasi ular oldida „chiriq-chiriq-chiriq" deb par-vona bo'libdi. Bu „chiriq-chiriq" degani „yashanglar; bolalarim", degani ekan.
IV.Mustahkamlash.

  1. Ertakning ikkinchi degani?

  1. Chumchuqchaning -Matndan sha "Unstop* oqmfl.

  1. Ahmadga qanday baho beras.z.

  2. Qismlarga sarlavha qoying

V.Baholash. O'quvchilarga darsda va munozaralardagi ishtirokiga


ko'ra ball qo'yib boriladi.
VI.Uyga vazifa:Matn mazmunini sozlab kelish..MRO`TIBO`_____
Sana:
Mavzu: Danakvoy.
Maqsad:
Talimiy:O`quvchilarga matb mazmuni haqida ma`lumot berish..
Tarbiyaviy:O`quvchilarda insoniy sifatlarni tarkib toptirish.
Rivojlantiruvchi:O'quvchilar bilimini kengaytirish, og'zaki nutqini o'stirish.
Jihozlar: Mavzuga mos rasm va tarqatmalar.
Darsning borishi:

Dars elementlari

I

II

III

IV

V

VI

Davomiyligi

3

7

14

15

5

1

I. Darsni tashkil qilish. 1. Salomlashish.
2. Davomatni aniqlash.
3. O’quvchilarni darsga tayyorlash.
II. Uyga vazifani so`rash.O'qituvchi o'quvchilardan uyga berilgan topshiriqni so'raydi va o'tgan mavzuga doir tushunchalar yana bir bor takrorlanadi. O'tgan dars yuzasidan o'quvchilar bilimi baholanadi.
III. Yangi mavzu bayoni.O`quvchilarga Yayra Sa`dullayeva hayoti va ijodi haqida qisqacha ma`lumot beraman.Bugungi dars mavzusi bilan tanishtiraman.Ertakni so`zlab beraman.Bir bor ekan bir yo`q ekan .Yesang bir haftagacha to`q tutadigan Shaftolivoy bor ekan.To`ravoyning shaftolidan yegisi kelibdi.Buni sezgan Daraxtmomo tilga kirib:
-Yeging kelyaptimi bolakay?-debdi.
-Judayam,-deb yuboribdi To`ravoy.Shunda Daraxtmomo asta shoxlarini yerga egibdi.
To`ravoy qop-qizil shaftolini olibdi.Negadir qop-qizil bo`lsa-da qattiqriq ekan.”Ne,bunisi xom ekan”,bebdi-yu otib yuboribdi.Boshqa shaftolini olibdi.Uni apil –tapil yebdi-da ,danagi bilan narida turgan mushukni mo`ljalfa olibdi.Yana shaftoli uzib tepkilabdi.
Shu payt ingragan ovoz eshitilibdi.Qarasa boyagi otib yuborgan danaklaridan bittasining ahvoli yomon emish.Qolganlari unga achinibyig`layotganmish.Ular To`ravoyni ko`rib qocha boshlashibdi.To`ravoyni ko`rib qocha boshlashibdi.Ularning achiqligini yuziga solibdi.Bu ishdan danakvoy ham Daraxtmomo ham ranjibdi.
IV.Mustahkamlash.Savollarga javob o`tkaziladi.Bunda tarqatmalardan foydalaniladi.
1.To`ravoy shaftolilarga qanday munosabatda bo`libdi?
2.Nima uchun To`ravoy yer yuzidagi danaklarni yig`ib kelmoqchi bo`libdi?
3To`ravoyning mitti danakvoy bilan uchrashuvini so`zlab bering.
4.Ertak mazmunini gapirib bering.
V.Baholash. O'quvchilarga darsda va munozaralardagi ishtirokiga
ko'ra ball qo'yib boriladi.
VI.Uyga vazifa:Matndan foydalanib, rasm chizing.MRO`TIBO`_____

Sana:
Mavzu:3-nazorat ishi.Yozgan insholar ustida ishlash.


Maqsad:
Talimiy:O`quvchilarning olgan bilimlarini aniqlash.
Tarbiyaviy:O`quvchilarda chiroyli yozish orqali nafosat tarbiyasini berish.
Rivojlantiruvchi:Bexato yozish malakalarini ,yozmai nutqini o'stirish.
Jihozlar: Nazorat ishi uchun tanlangan matn
Darsning borishi:

Dars elementlari

I

II

III

IV

V

VI

Davomiyligi

3

7

14

15

5

1

I. Darsni tashkil qilish. 1. Salomlashish.
2. Davomatni aniqlash.
3. O’quvchilarni darsga tayyorlash.
II. Uyga vazifani so`rash.O'qituvchi o'quvchilardan uyga berilgan topshiriqni so'raydi va o'tgan mavzuga doir tushunchalar yana bir bor takrorlanadi. O'tgan dars yuzasidan o'quvchilar bilimi baholanadi.
III. Nazorat ishi bayoni.O`quvchilarga bugungi dars maqsadi,ya`ni bugun ular nazorat ishidan insho yozishlari kerakligi aytiladi.Doskaga sana va mavzu yoziladi.
Nazorat ishi daftarlari tarqatiladi.Kuz fasli haqida o`quvchilar bilan savol-javob qilinadi.Sarlovha va reja tuziladi.Har bir reja uchun yozishlari kerak bo`lgan ma`lumotlar yana bir bor eslanadi.Chiroyli va behato yozishlari eslatiladi.”Kimning xati chiroyli”she`ridan parcha yod olinadi.IV.Mustahkamlash.O`quvchilar quyidagi reja asosida insho yozishni boshlaydilar.
Oltin kuz.
Reja:
1.Kuzda tabiatdagi o`zgarishlar.
2.Kishilarning kuzdagi yumushlari.
3.Kuzda nishonlanadigan bayramlar.Ona diyorimizga oltin kuz o'zining barakali sepini yoydi. Salqin kechalar, ertalab maysa-ko'katlar, dov-daraxtlar barglarini bezaydigan shudringlar kuz kelganidan darak bermoqda.
Kuzning birinchi oyi mevalar. sabzavot mahsulotlari, qovun-tarvuzlar serob bo'lishi bilan dillarga quvonch baxsh etadi. Noklar. shaftolilar. olmalar g'arq pishadi, uzum va anor ham dasturxonni bezaydi.
Bu davrda paxta dalalari ham oziga xos manzara kasb etadi. Quyosh ufqdan bosh ko'tarishi bilan uning zarrin nurlari g'o'za qator oralariga tushib. barglaridagi shudringlar rango-rang bolib tovlanadi.
V.Baholash. O'quvchilar yozganlarini tekshirib ,baholanishlari uchun daftarlarini ustozlariga topshiradilar.
VI.Uyga vazifa:O`tilganlarni takrorlash.

MRO`TIBO`_____


Sana:
Mavzu: Oltmish gaz arqon.


Maqsad:
Talimiy:O`quvchilarga matn mazmuni haqida ma`lumot berish..
Tarbiyaviy:O`quvchilarda umuminsoniy sifatlarni tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi:O'quvchilar bilimini kengaytirish, og'zaki nutqini o'stirish.
Jihozlar: Mavzuga mos rasm va savolli katochkalar.
Darsning borishi:

Dars elementlari

I

II

III

IV

V

VI

Davomiyligi

3

7

14

15

5

1

I. Darsni tashkil qilish. 1. Salomlashish.
2. Davomatni aniqlash.
3. O’quvchilarni darsga tayyorlash.
II. Uyga vazifani so`rash.O'qituvchi o'quvchilardan uyga berilgan topshiriqni so'raydi va o'tgan mavzuga doir tushunchalar yana bir bor takrorlanadi. O'tgan dars yuzasidan o'quvchilar bilimi baholanadi.
III. Yangi mavzu bayoni .Bugungi dasimizda yana yangi etak ustida suhbatlashamiz.Qadim zamonda bir yurtni yov bosibdi. Hammaningishi ishda, oshi oshda qolib, jang maydoniga qarab yuguribdi. Bir kampir shaharning chekkarog'ida, togyonbag'rida yolg'iz o'g'li bilan yashar ekan.
Kunlarning birida echki sog'ib o'tirsa, birdan „yov bosdi" degan xabar eshitilibdi. Kampir yugurganicha uyiga kiribdi. Shirin uyquda yotgan o'g'lini uyg'otibdi.
- Tur, o'g'lim, shaharni yov bosdi. El-yurt qo'zg'aldi,- debdi.
O'g'li ham bir so'z demay, g'azabga to'lib, eshik orqasidan katta cho'qmorni olib yelday yuguribdi.
Shu tariqa ertakni hikoya qilib beraman
IV.Mustahkamlash.Yangi sozlarr ustida lug`at ishi o`tkaziladi.
Gaz - 71 sm. ga teng uzunlik o'lchovi.

Download 3,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish