Samarqand iqtisodiyot va servis instituti marketing kafedrasi


-ma’ruza: Sotish kanallarini shakllantirish



Download 1,52 Mb.
bet115/236
Sana05.04.2023
Hajmi1,52 Mb.
#924905
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   236
Bog'liq
Маркетинг-2020

27-ma’ruza: Sotish kanallarini shakllantirish


Ma’ruza rejasi:
27.1. Vositachini tanlash va sotish tarmog‘ini shakllantiruvchi omillar.
27.2. Tovar tarqatish kanallari, turlari va shakllari.


27.1. Vositachini tanlash va sotish tarmog‘ini shakllantiruvchi omillar.

Korxonaning sotish faoliyatini shakllantirishda qator omillarni hisobga olishga to‘g‘ri keladi:


1. Pirovard iste’molchilarning xususiyatlari, ya’ni ularning soni, konsentratsiya darajasi, o‘rtacha bir martalik haridning kattaligi, daromadlar darajasi, tovarlarni harid qilishda xatti-harakatlarning xususiyatlari, do‘konlarning ishlash tartibi, savdo xodimlari xizmatlarining hajmi, kreditning shartlari va boshqalar.
2. Produtsent-firmaning imkoniyatlari, ya’ni uning moliyaviy ahvoli, raqobatbardoshligi, bozor strategiyasining asosiy yo‘nalishlari, ishlab chiqarish miqyoslari. Xususan, tovar assortimenti tor va moliyaviy imkoniyatlari cheklangan kichik firmalarning mustaqil savdo vositachilari orqali ishlash afzalroq, yirik firmalarga esa sotish operatsiyalarining muayyan qismini o‘z sotish tarmog‘i orqali amalga oshirish tavsiya etiladi.
3. Tovar tavsifi, ya’ni ko‘rinishi, o‘rtacha narxi, ishlab chiqarish va talabning mavsumiyligi, texnik xizmat ko‘rsatishga qo‘yiladigan talablar, saklash muddatlari. Firmalarga bevosita usul bilan, o‘z sotish tarmog‘i orqali qimmatbaho, noyob (unikal) tovarlarni foydani vositachilarga bermaslik maqsadida sotish tavsiya etiladi, bilvosita usul bilan, mustaqil vositachilar orqali esa arzon, ommaviy, mavsumiy tovarlarni, omborlashtirish va saqlashni talab etuvchi tovarlarni sotish tavsiya etiladi. Xorijiy tajribaning ko‘rsatishicha, ishlab chiqarishga mo‘ljallangan tovarlarning 80% bevosita usul bilan sotiladi, xalq iste’moli tovarlarining 95% esa bilvosita yo‘l bilan sotiladi. Bunda ularning 45—50% ulgurji savdo tarmog‘i orqali o‘tadi.
4. Raqobat darajasi va raqobatchilarning sotish siyosati, ya’ni ularning soni, konsentratsiyasi, sotish strategiyasi va taktikasi, sotish tizimidagi o‘zaro munosabatlar.

Download 1,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish