MUNDARIJASI
1.
|
O’quv materiallar
|
|
1.1.
|
Nazariy materiallar (ma’ruza mashg’ulotlar)
|
|
1.2.
|
Amaliy mashg’ulot materiallari
|
|
2.
|
Mustaqil mashg’ulotlar va ishlar
|
|
3.
|
Glossariy
|
|
4.
|
Ilovalar
|
|
4.1.
|
Fanning o’quv dasturi
|
|
4.2.
|
Fanning ishchi dasturi
|
|
Kirish
Mamlakatimiz iqtisodiyotida chuqur tarkibiy o‘zgartirishlar, modernizatsiya va diversifikatsiya ishlarini jadal amalga oshirilishi natijasida iste’mol tovarlari, sanoat ishlab chiqarish va tovar-xizmatlar eksporti o‘sishiga erishilmoqda. Ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash hamda sanoat tarmoqlari raqobatbardoshligini oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarning amalga oshirilishi sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini yildan yilga oshib borishini ta’minlamoqda. Yuqori qo‘shilgan qiymatga ega bo‘lgan mahsulotlarni ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan sanoat tarmoqlarida dinamik rivojlanishni ta’minladi. Hozirgi kunda mahalliy xom ashyo resruslarini bosqichma-bosqich chuqur qayta ishlash va tayyor iste’mol mahsulotlar nomenklaturasini kengaytirish tarmoqlari evaziga sanoat mahsulotlarining yuqori o‘sish sur’atlariga erishilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi 4947-son Farmonining 1-ilovasida keltirilgan “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”da “yuqori texnologiyalarga asoslangan qayta ishlash tarmoqlarini, eng avvalo, mahalliy xom ashyo resurslarini chuqur qayta ishlash asosida yuqori qo‘shimcha qiymatga ega tayyor mahsulot ishlab chiqarishni jadal rivojlantirishga qaratilgan sifat jihatidan yangi bosqichga o‘tkazish orqali sanoatni yanada modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, tarkibiy o‘zgarishlarni chuqurlashtirish hisobidan iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirishda ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni rag‘batlantirish siyosatini davom ettirish hamda, eng avvalo, iste’mol tovarlar va butlovchi buyumlar importining o‘rnini bosish, tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini kengaytirish”1 vazifasi qo‘yilgan. Shuningdek, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da iqtisodiyotni rivojlantirish va faol tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash sohasida – faol tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay huquqiy, tashkiliy sharoitlar yaratish, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni joriy qilish, hududlarni faol rivojlantirish2 kabilar belgilab olingan.
Ushbu ustuvor vazifalarni samarali hal etish esa o‘z navbatida O‘zbekistonda moddiy-tovarlar oqimini boshqarish, transport-logistika xizmatlariga bo‘lgan talabning oshishiga hamda pirovardida ishlab chiqarish vositalari va iste’mol bozorida marketing vositalari va tadbirlaridan foydalanishni talab etmoqda.
Bugungi kunda modernizatsiya va diversifikatsiya sharoitida korxona va tashkilotlarda mavjud bo‘lgan muammolar kompleks xarakterga ega bo‘lib, ular orasida marketing bilan bog‘liq muammolar ham mavjud. Korxona va tashkilotlar faoliyatida marketing yechimlari haridorlar ehtiyojiga mos keladigan tovar assortimentini shakllantirish, maqbul narxlarni shakllantirish, tovarlarni siljitish, haridorlarga servis xizmati ko‘rsatish tizimini rivojlantirish, sotishdan oldingi va keyingi xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish, fan yutuqlaridan keng foydalaniladigan mahsulotga xizmat ko‘rsatuvchi servis markazlari tarmog‘ini kengaytirish bilan bog‘liqdir. Bundan tashqari tovarga bo‘lgan talabni o‘z vaqtida qondirish, omborga joylashtirish, qayta yuklash, tovar zahiralarini me’yorlashtirish, tovar harakatini boshqarish, istalgan murakkablikdagi nostandart buyumlarni bajarish va boshqalarni kengaytirish hamda yaxshilash borasida marketing faoliyatini takomillashtirishni talab qilmoqda. Bunda esa zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan menejment va marketing sohasi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash ham dolzarb masalalardan hisoblanadi.
Yuqoridagilarni inobatga olib, iqtisodiyotni modernizatsiya va diversifikatsiya sharoitida marketing fanini o‘qitish katta ahamiyatga ega. Iqtisodiyotda chuqur tarkibiy o‘zgartirishlar, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishda marketing fanini o‘qitishdan maqsad – iqtisodiyotni innovatsion rivojlantirish sharoitida korxonalarning biznes faoliyatida strategiya va taktikasini belgilash bo‘yicha dunyo qarashni shakllantirish, bozor va iste’mol sohasining uzluksiz o‘zgarib turuvchi vaziyati bo‘yicha qarorlar qabul qilish ko‘nikma va malakalarini shakllantirishdan iborat.
Marketing asoslari fanini o‘qitishda quyidagilarga e’tibor qaratish lozim:
Iste’mol bozori kon’yunkturasini o‘rganish, mahalliylashtirish dasturi asosida import o‘rnini bosadigan mahsulotlar ishlab chiqarish, qayta ishlab chiqarish sohasini rivojlantirish;
Yangi tashqi bozorlarni o‘rganish va tarmoq hamda sohalar, korxonalarning eksport salohiyatini oshirib borish;
Aholining harid quvvatini o‘rganish, daromad darajasini tadqiq qilish, iste’molchilarning xatti-harakatlarini o‘rganish asosida narxlarni shakllantirish;
Sotuvning zamonaviy usullarini amaliyotga joriy qilish, elektron savdoni yanada rivojlantirish, sotuvning yangi kanallarini loyihalashtirish;
Tovar va xizmatlarni siljitishning yangi shakl va usullarini ishlab chiqish, reklamaning samarali vositalaridan keng foydalanish, PR tadbirlarini o‘tkazish;
Haridorlarga servis xizmati ko‘rsatish tizimini rivojlantirish, sotishdan oldingi va keyingi xizmat ko‘rsatilishini yo‘lga qo‘yish, servis markazlar faoliyatini tashkil etish va boshqalar.
Mazkur “Marketing” fanidan tayyorlangan o‘quv-uslubiy majmua 5230400-Marketing ta’lim yo‘nalishi talabalarini o‘z mutaxassislik fanidan chuqur bilim, malaka va ko‘nikmalarga ega bo‘lishiga qaratilgan. O‘quv-uslubiy majmuada ma’ruza mashg‘ulotlari uchun nazariy materiallar, amaliy mashg‘ulotlar uchun topshiriqlar, masalalar va keys-stadilar, mustaqil ishlar va mavzular, izohli lo‘g‘at, ilovalarda fanning o‘quv dasturi, ishchi dasturi kabilar keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |