Samarqand iqtisodiyot va servis instituti marketing kafedrasi



Download 1,52 Mb.
bet14/236
Sana05.04.2023
Hajmi1,52 Mb.
#924905
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   236
Bog'liq
Маркетинг-2020

Marketing-miks — bu bozorning murakkabligi va harakatchanligiga mos keladigan ko‘p o‘lchamli marketing strategiyasini har xil birikmalar va bog‘lanishlarda ishlab chiqishga imkon beradigan turli xil marketing qurollari to‘plamidir.
Muvaffaqiyatga erishish uchun zarur bo‘ladigan amaliy qurollarning nomlari tasdifga ko‘ra ingliz tilining R harfidan boshlanadi. Marketing faoliyatining ushbu yig‘indisini belgilash uchun «4P» formulasi ishlatiladi: Product (tovar) — Price (narx) — Promotion (siljitish) — Plase (taqsimlash). Ba’zi hollarda unga 5 — «R»ni ham kiritadilar (Peorle (iste’molchilar). Bunda oldingi tarkibiy bloklarga tegishli strategiyani amalga oshirishning sifat darajasini belgilaydigan personal muammolarning kompleksi nazarda tutiladi. Shunday qilib, marketing-miksning marketing strategiyasini shakllantiruvchi 5 ta asosiy muammoli funksional bloklarini ajratib ko‘rsatish mumkin.
Mahsulot. Iste’molga mo‘ljallangan har qanday mahsulot dastavval iste’molchilar talabiga to‘lato‘kis javob berishi va muayyan ko‘rsatkichlar bo‘yicha boshqa ishlab chiqaruvchilar (raqobatchilar) mahsulotidan albatta ustun bo‘lishi kerak. Bunda eng asosiy mezon bo‘lib mahsulot sifati hisoblanadi. O‘zining strategik faoliyati asosiga sifat omilini qo‘yadigan firma kelajakda foyda olish uchun ko‘proq imkoniyatlarga ega bo‘ladi. Biroq marketolog iste’molchilarning umidiga mos tushadigan mahsulotning tashqi ko‘rinishi (dizayn, o‘rami) haqida unutmasligi kerak. Shu bilan birga tovarning hayotiy davri bosqichlarini ham hisobga olishi kerak.
Narx. Iste’molchilarning boyliklar tizimi o‘zgaruvchandir. Shuning uchun narx va narxlashtarishni amalda boshqarish — yuqori professional yondashuvni talab qiladigan murakkab jarayondir. Ba’zi tadqiqotchilar hisoblaydilarki, qiymat bu ishlab chiqarish hajmiga nisbatan mahsulot sifatidir. Hozir ham ko‘pgina korxonalarda narx bo‘yicha qarorlar faqat moliyaviy yondashuv doirasida qabul qilinadi, ya’ni harajatlar va rentabellikni hisoblash asosida aniqlanadi. Tovarlar yetarlicha differensiallanmagan va shu bilan birga raqobatchilar ko‘p bo‘lsa, bu vaziyatda firmaning bozor ta’siri sust bo‘lishi mumkin, va odatda, bozordan kelib chiqadigan narx qabul qilinadi. Firma strategik marketingni qo‘llasa va buning natijasida bozorda kuchga ega bo‘lib borsa, tabiiyki, bunday holda firma uchun narxni belgilash jarayoni tanlangan strategiya uchun markaziy ahamiyatga ega bo‘ladi.
Firma darajasida narx ikkilamchi rol o‘ynashini unutmaslik kerak. Bir tomondan, u talabni rag‘batlantirish omili bo‘lib hisoblanadi, boshqa tomondan esa bir vaqtning o‘zida uzoq muddatli rentabellikning asosiy qurolini ifodalaydi.
Siljitish. Talab va taklifning samarali muvofiqligini ta’minlash uchun bozor sub’ektlari o‘rtasida (ayirboshlash jarayoni) asosan firmadan chiqadigan axborot oqimlari marka yoki firma da’vo qiladigan o‘rinni bozorga yetkazishga yo‘naltirilishi kerak. Buning uchun siljitishning har xil kanallari ishlatiladi: tijorat personali, reklama, talabni rag‘batlantirish va jamoatchilik bilan aloqalar. Firma tomonidan qilingan strategik tanlov samarali tadbiq etilishi uchun samarali siljitish tizimi bilan qullab-quvvatlangan bo‘lishi kerak, aks holda tijorat muvaffaqiyatiga erishish ehtimoli kamroq bo‘ladi.

Download 1,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish