Samarqand iqtisodiyot va servis instituti marketing kafedrasi


-chizma. Taqsimlashning an’anaviy kanali va vertikal marketing tizimining strukturasi



Download 1,52 Mb.
bet118/236
Sana05.04.2023
Hajmi1,52 Mb.
#924905
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   236
Bog'liq
Маркетинг-2020

31-chizma. Taqsimlashning an’anaviy kanali va vertikal marketing tizimining strukturasi

VMT ishlab chiqaruvchi, ulgurji va chakana sotuvchini bir butun kompleksga birlashtiradi. Kanal ishtirokchilaridan biri qolganlarining ustidan hukmronlik qiladi (o‘zining egalik huquqlaridan, yo o‘zining kuchli tomonlaridan foydalanib va hokazo). VMT ning tuzilish tamoyili to‘la kanal ishlarini nazorat qilish va sodir bo‘layotgan tortishuvlarni boshqarishga imkon beradi. VMT samaradorligiga ularning katta o‘lchamlari, harakatlarining muvofiqligi, funksiyalar qaytarilishining oldini olish orqali erishiladi.


VMTning uchta tipi ma’lum va keng tarqalgan: korporativ (integratsiyalangan), boshqariladigan (nazorat qilinadigan) va shartnomaviy. Korporativ VMTda taqsimot kanalining butun uzunligida yagona mulk amal qiladi, ya’ni kanalning hamma darajalari, mahsulotni ishlab chiqarishdan tortib chakana savdogacha, bitta kompaniyaga tegashli. O‘zbekiston sharoitida «O‘zDEU» va «SamKochAvto» avtomobillarini sotish korporativ tizimga misol bo‘la oladi.
Boshqariladigan VMTda kanalning hamma bo‘g‘inlarini o‘zaro muvofiqlashtirish tovarni ishlab chiqarish va taqsimlashda qatnashadigan korxonalarning yagona xo‘jayini yordamida emas, katta potensial va bozor kuchiga ega bo‘lgan ishtirokchisi tomonidan amalga oshiriladi. Masalan, Markaziy Osiyo bozorida tobora keng rivoj topayotgan «Prokter end Gembl» kompaniyasi vositachi savdo firmalarining hamkorligini samarali boshqarish imkoniyatiga ega, shu vaqtning o‘zida sotishni va narxlashtirishni rag‘batlantirish siyosatini olib boradi. Bu ishda kompaniyaning mashhur savdo markasi va imiji muhim yordam bo‘lib hisoblanadi.
VMTning shartnomali tipi taqsimot kanalining ishtirokchilari o‘rtasidagi maxsus shartnomaga asoslanadi, u faoliyatning umumiy dasturini va harakatlarni integratsiyalash rejasini o‘z ichiga oladi. Shartnomalar tovarlar tavsiflaridan boshlab to‘lov shartlari va dilerlik majburiyatlarigacha faoliyatning hamma tomonlarini qamrab oladi.
Shartnomali VMT uchta turga bo‘linishi mumkin:
1. Ulgurji homiylar tomonidan mustaqil chakana sotuvchilar birlashmasi tarzida tashkil etiladigan (tabiiyki, ixtiyoriylik asosida tashkil etilgan).
2. Chakana sotuvchilar tomonidan ulgurji va ishlab chiqarish funksiyalarini bajara oluvchi (tovarlarni sotib olish, reklama tadbirlari) chakana kooperativlar shaklida tashkil etilgan.
3. Franchayzing kontraktlari shartlari asosida tashkil etilgan (tashkilotlarning imtiyozli a’zolik bilan birlashishi shakli).

Download 1,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish