2 Mehnat qilish bilan bog'liq shartnomaviy munosabatlar



Download 41,6 Kb.
bet1/3
Sana18.07.2022
Hajmi41,6 Kb.
#820814
  1   2   3
Bog'liq
Mehnat qilish bilan bog\'liq shartnomaviy munosabatlar


Mundarija


1 Kirish.............................................................................................................................


2 Mehnat qilish bilan bog'liq shartnomaviy munosabatlar ............................................
2.1 Fuqarolarning mehnat qilishga oid huquqlarini amalga oshirishning shakli sifatida mehnat shartnomasi tushunchasi va uning taraflari .......................................................
2.2 Mehnat shartnomasini tuzishning umumiy tartibi ...................................................
2.3 Mehnat shartnomasining muddati..........................................................................
3. Mehnat shartnomasi tuzish va ishga qabul qilishni rasmiylashtirish.......................
3.1. Ishga qabul qilishning umumiy tartibi...................................................................
3.2.Ishga qabul qilishni rasmiylashtirish. Mehnat daftarchasi va uning yuridik ahamiyati...........................................................................................................................
4 Xulosa .....................................................................................................................
5 Foydalanilgan adabiyotlar.........................................................................................
Kirish

Mamlakatimiz o'z mustaqilligini qo’lga kiritganidan keyin erkin iqtisodiy munosabatlar makonini yaratishni o’z oldiga maqsad qilib oldi hamda barcha sohalarda bozor iqtisodiyoti talablarini aks ettirgan islohotlarni amalga oshirishga kirishdi. Buning uchun mustahkam huquqiy asos sifatida 1992 yilda o’z Konstitutsiyasini qabul qildi. Bugungi kunda barcha ijtimoiy munosabatlarni tartibga solib kelayotgan oliy yuridik kuchga ega bo’lgan mazkur Asosiy qonun har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash hamda qonunda nazarda tutilgan hollarda ishsizlikdan himoyalanish huquqlarini kafolatlab qo’ygan.


Konstitutsiyamizda o’z ifodasini topgan fuqarolarning mazkur huquqlarini amalga oshirish yuzasidan mamlakatimizda ko’plab maxsus qonunlar, qonunosti normativ hujjatlari qabul qilingan. Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi[1], “Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari to’grisida[2]”gi, “Mehnatni muhofaza qilish to’g’risida[3]”gi, “Aholini ish bilan ta'minlash to’g’risida[4]”gi qonunlar fuqarolarimizning mehnat qilishga bo’lgan huquqlarni ro’yobga
chiqarilishida huquqiy asos bo’lib xizmat qilmoqda.
Shuningdek, mehnatga oid munosabatlarni tartibga soluvchi qonun hujjatlari har bir xodimning adolatli mehnat sharoitlarida ishlash, hayoti va sog’lig’i muhofaza qilinishini ta'minlash, g’ayriqonuniy ravishda ishdan bo’shatishdan himoyalash kabi muhim vazifalarni bajaradi. Xodimlarning hayoti va sog’lig’iga xavf tug’diruvchi har qanday holatlar va ularni sodir bo’lishiga sabab bo’lgan korxona, tashkilot, muassasalar va ularning rahbarlari mehnat qonunchiligiga muvofiq moddiy javobgarlikka tortiladilar.
O’zbekiston Respublikasi mehnat qonunchiligi fuqarolarning mehnat
qilish hamda adolatli mehnat sharoitlarida ishlashga oid
konstitutsiyaviy normalarni amalga oshirish yuzasidan bir qancha
qoidalarni o’ziga biriktirgan. Jumladan,
O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq xodimlarning o’z mehnati uchun qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqidan oz bo’lmagan miqdorda haq olish, muddatlari chegarasi belgilangan ish vaqtini o’rnatish, bir qator kasblar va ishlar uchun ish kunini qisqartirish, har haftalik dam olish kunlari, bayram kunlari, shuningdek haq to’lanadigan yillik ta'tillar berish orqali ta'minlanadigan dam olish, xavfsizlik va gigiena talablariga javob beradigan sharoitlarda mehnat qilish, kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, ish bilan bog’liq holda sog’ligiga yoki mol-mulkiga yetkazilgan zararning o’rnini qoplash, kasaba uyushmalariga hamda xodimlar va mehnat jamoalarining manfaatlarini ifoda etuvchi boshqa tashkilotlarga birlashish, qariganda,
mehnat qobiliyatini yo’qotganda, boquvchisidan mahrum bo’lganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy ta'minot olish huquqlarini belgilab qo’ygan.
Yuqoridagi barcha holatlarning vujudga kelishi eng avvalo ish beruvchini xodim bilan mehnat munosabatlariga kirishiini, ularni huquq va majburiyatlar bilan bog’lovchi mehnat shartnomasiga to’g’ridan-to’g’ri bog’langan. Shunday ekan mehnat shartnomasini tuzish tartibiga ham o’zaro huquq va majburiyatlar tug’diruvchi yuridik fakt sifatida alohida ahamiyat kasb etishi juda muhimdir.
2 Mehnat qilish bilan bog'liq shartnomaviy munosabatlar
2.1 Fuqarolarning mehnat qilishga oid huquqlarini amalga oshirishning
shakli sifatida mehnat shartnomasi tushunchasi va uning taraflari

O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 72-moddasida


ko'rsatilishicha, mehnat shartnomasi xodim bilan ish beruvchi o'rtasidagi muayyan mutaxassislik, malaka yoki lavozimga oid ishni ichki mehnat tartibiga bo'ysungan holda taraflar kelishuvi, mehnat to'g'risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlar bilan belgilangan shartlar asosida haq evaziga bajarish haqidagi kelishuvdir. Mehnat shartnomasi o’z mazmuni va mohiyati jihatidan ko’p qirrali bo’lib,
birinchidan, mehnat shartnomasi fuqarolarning mehnat qilish huquqlarini amalga oshirish shaklidir;
ikkinchidan, mehnat shartnomasi mehnatga oid huquqiy munosabatlarni keltirib chiqaruvchi va vaqt davomida amal qilishini ta'minlovchi asosdir; uchinchidan, mehnat shartnomasi mehnat huquqining instituti sifatida namoyon bo’lib, u fuqarolarni ishga qabul qilish, boshqa ishga o’tkazish hamda ishdan bo’shatishga oid normalar majmuidan iboratdir.
Mehnat shartnomasi, eng avvalo fuqarolar tomonidan o’zlarining Konstitutsiyada belgilangan mehnat qilish huquqlarini amalga
oshirishning asosiy shaklidir.
Mehnat shartnomasining tushunchasi muhim ahamiyatga ega bo’lib, u shartnomaning asosiy belgilarini ham o’z ichiga oladi.
Ayni vaqtda mehnat shartnomasining tushunchasi mehnat
shartnomasining unga yaqin bo’lgan boshqa turdosh fuqarolik-huquqiy shartnomalaridan farqini ajratish imkoniyatini beradi. Chunki bu shartnomalarni amalda qo’llash fuqarolarning mehnat faoliyati bilan bog’liq bo’lib, mehnat shartnomasi tuzgan xodimlarga nisbatan mehnat haqidagi qonunlar
tadbiq etiladi.
Shunday qilib, mehnat shartnomasi,
birinchidan, xodim hamda ish
beruvchining erki va maqsadini ifoda etuvchi kelishuvidir;
ikkinchidan, kelishuvga muvofiq, xodim qandaydir bir ishni bir martda
bajarish majburiyatini emas, balki muayyan mutaxassislik, malaka yoki lavozim bo„yicha biror ishni, boshqacha qilib aytganda, muayyan mehnat funksiyasini bajarish majburiyatini oladi; uchinchidan, kelishuvga muvofiq, xodim ma'lum mehnat funksiyasini shu
korxona, muassasa, tashkilotda bajarish majburiyatini oladi.
Mehnat funksiyasi esa umumiy mehnat jamoasi tarkibida bajariladi.
Mehnat jamoasining har bir ishtirokchisi korxona, muassasa, tashkilotning shaxsiy tarkibiga kiritiladi va ichki mehnat tartibi qoidalariga bo’ysunadi; to’rtinchidan, mehnat shartnomasi uzluksiz davom etuvchi huquqiy munosabatdir, jumladan, shartnoma muayyan muddatga tuzilgan hollarda ham; beshinchidan, mehnat shartnomasiga muvofiq, ish beruvchi xodimga mehnat
qonunlarida, jamoa shartnomasida, mehnat shartnomasida nazarda tutilgan ish haqini to’lash turish va mehnat sharoitini ta'minlab berish majburiyatini o’z zimmasiga oladi. Mehnat shartnomasining bu belgilari uni fuqarolik-huquqiy shartnomalaridan, jumladan, pudrat, topshiriq, mualliflik va boshqa shartnomalardan farq qilish imkoniyatini beradi. Masalan:
a) pudrat shartnomasi (O„zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 631-moddasi).
Pudrat shartnomasiga ko’ra, bir taraf (pudratchi) ikkinchi taraf (buyurtmachi)ning topshirig’iga
binoan, ma'lum bir ishni uning yoki o’zining materiallaridan butun mas'uliyatni o’z zimmasiga olib bajarish majburiyatini oladi, buyurtmachi esa bajarilgan ishni qabul qilish va buning uchun haq to’lash majburiyatini oladi. Shartnomaning ob'ekti pudratchining mehnati natijasidir;
b)topshiriq shartnomasi (O„zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 817-moddasi). Bunga asosan, bir taraf (vakil) o’ziga ikkinchi taraf (topshiriq beruvchi) tomonidan topshirilgan ma'lum yuridik harakatlarni uning nomidan va uning
xisobidan bajarish majburiyatini oladi.
Agar topshiriq bajarganlik uchun qonun yoki shartnomada haq to’lash nazarda tutilgan bo’lsa, topshiriq beruvchi ishonchli vakilga haq to’lashi lozim (O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 818-moddasi).
Topshiriq shartnomasining predmeti vakil tomonidan amalga oshiriladigan muayyan yuridik harakatlar, chunonchi, uning tomonidan qonun hujjatlariga zid bo’lmagan turli bitimlar (shartnomalar) hisoblanadi;
v) muallif shartnomasi (O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 1037-moddasi). Bu shartnoma muallif tomonidan intellektual faoliyat natijalarini yaratish va ulardan foydalanish to’g’risidagi shartnomadir.
Eng muhimi shundaki, barcha fuqarolik-huquqiy shartnomalarining predmetini ma'lum ishning natijasi, individual aniq mehnat topshirig’ining bajarilishini tashkil etadi. Ayni vaqtda bularning hammasi ijro etuvchining korxonada o’rnatilgan ichki mehnat tartibi qoidalariga itoat etmagan holda bajariladi. Shu jihatdan mehnat
shartnomasining mazmuni butunlay boshqachadir.
Mehnat shartnomasining fuqarolik-huquqiy shartnomalardan farq qilish ancha murakkab bo’lgan hollarda uning quyidagi belgilari asos qilib olinishi mumkin:
birinchidan, xodim mehnat shartnomasiga muvofiq, qandaydir konkret ishni bir marta bajarish majburiyatini emas, balki muayyan ixtisos, malaka yoki lavozimga oid ishni, ya'ni muayyan mehnat funksiyasini bajarish majburiyatini oladi (yoki ikkita, yo bir necha funksiyani bajarishni o’z zimmasiga olishi mumkin, basharti mehnat shartnomasida bir necha kasbni bajarish to’g’risida kelishilgan bo’lsa).
Mehnat shartnomasining bu sharti xodimning korxona, muassasa, tashkilotning mehnat jamoasi tarkibiga (xato muayyan muddatda bo’lganda ham) xatto, uning rasmiy jihatdan korxonaga qabul qilinganligi, mehnat jamoasi tarkibi ro’yhatiga kiritilganligi)dan qat'iy nazar, qo’shilganligini anglatuvchi hamda boshqa shartnomalardan farqini bildiruvchi eng asosiy belgisi hisoblanadi.
Mehnat shartnomasiga muvofiq,xodim mehnat tartibi qoidalariga bo’ysungan holda muayyan ixtisos, malaka, lavozim bo’yicha ishni bajarish majburiyatini oladi. Mehnat intizomiga bo’ysunish mehnatga oid huquqiy munosabatlarigagina xosdir; ikkinchidan, mehnat shartnomasiga muvofiq, xodim belgilangan mehnat shartnomasini bajarish, ya'ni belgilangan ish vaqti davomida ishlash, belgilangan ishlab chiqarish normasini bajarish majburiyatini oladi. Korxonada o’rnatilgan ichki mehnat tartibi qoidalariga bo’ysungan holda muayyan ixtisos, malaka, lavozimga oid ishni bajarish shu korxonaning xodimi sifatida ishlashni, ya'ni mehnat shartnomasi asosida ishlashni bildiradi; uchinchidan, xodimning mehnat shartnomasi yuzasidan kelib chiqadigan majburiyatlari qat'iy va jiddiy xarakterga ega bo’lib, uni bajarishni boshqa shaxsga topshirish mumkin emas.
Mehnat shartnomasi (kontrakt)ning taraflari Mehnat kodeksinin 72moddasida ko’rsatilgan.
quyidagilar mehnat shartnomasi (kontrakt)ning taraflari bo„lib
hisoblanadi: xodim - 16 yoshga to’lgan O’zbekiston Respublikasi
fuqarosi, shuningdek, xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo’lmagan shaxslar (boshqa hollarda ota-onasidan birining yoki uning o’rnini bosuvchi shaxsning yozma roziligi bilan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda 15 yoshdan; ish beruvchi - korxona, shu jumladan ularning rahbarlari timsolida, korxonaning alohida tarkibiy bo’linmalari, mulkdorning o’zi ayni vaqtda bir vaqtda rahbar bo’lgan xususiy korxonalar; qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda 18 yoshga to’lgan ayrim shaxslar. Umumiy qonunga binoan, 16 yoshga
to’lgan shaxslar ishga qabul qilinadilar. Demak, fuqarolarda mehnatga oid huquqiy layoqat ular 16 yoshga to’lgandan boshlab vujudga keladi. Fuqarolarda muomala layoqati va huquqiy layoqat vujudga kelishi xususida ham mehnat huquqi fuqarolik huquqidan farq qiladi.
Fuqarolik huquqida huquqiy layoqat bilan muomala layoqatining paydo bo’lish paytlari o’rtasida vaqt nuqtai nazaridan ma'lum tafovut bo’lsa, mehnat huquqida bu ikki kategoriya bir-biri bilan uzviy bog’liq va bir paytda vujudga keladi. Buning sababi, har qanday jonli mehnat har bir individuidning shaxsiy o’z erkiga
Bog’liq faoliyatdir. Shuning uchun ham mehnat majburiyatlari vakillar orqali amalga oshirilishi mumkin emas. Fuqarolik huquqida esa bunga yo’l qo’yiladi. Masalan, topshiriq shartnomasi. Bu shartnomaga binoan vakillar topshiriq beruvchi nomidan va uning xisobiga harakat qilish burchini olganligi sababli o’ziga berilgan vakolat doirasida qilgan barcha ijobiy, qonuniy harakatlari topshiriq beruvchi uchun bevosita huquq va burchlarni vujudga keltiradi.
Qonunga binoan, yuridik shaxs huquqiga ega bo’lgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar mehnat
shartnomasining ikkinchi tarafi bo’lib hisoblanadilar.
Ba'zan amalda formal nuqtai nazardan yuridik shaxs huquqiga ega bo’lmagan, lekin mustaqil ravishda ishga qabul qilish huquqi berilgan, o’zi uchun ajratilgan ish haqi fondi, bankda alohida xisobot schyoti
Bo’lgan va mustaqil balansda turuvchi korxonalar ham mehnat shartnomasining tarafi sifatida namoyon bo’ladilar. Shuni ham ta'kidlash lozimki, korxonalar bilan bir qatorda xodimlarga haq to’lash sharti bilan shartnoma tuzgan jamoat va kooperativ tashkilotlar ham mehnat shartnomasining tarafi bo’ladilar.
Fuqarolar faqat o’z ehiyoji uchun boshqa shaxslarning mehnatidan foydalanish mumkin. Masalan, uy xizmatchisi, enaga, shofyor, mashinistkalar bilan mehnat shartnoasi tuzishi mumkin. qonunchilikda o’rindoshlik bo’yicha ishlash to’g’risida mehnat shartnomasi tuzilishiga yo’l qo’yiladi.
Taraflarning mehnat huquqlari va majburiyatlari yig’indisi mehnat shartnomasi mazmunini tashkil qiladi. Mehnat shartnomasi:
1)asosiy shartlar, ya'ni bularsiz mehnat shartnomasini tuzilgan deb hisoblash mumkin emas;
2)qo’shimcha (ixtiyoriy) shartlar, ya'ni bular haqida kelishish majburiy emas.
Mehnat shartnomasining mazmuni taraflar kelishuvi bo’yicha, shuningdek mehnat to’g’risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlar bilan belgilanadi. Mehnat shartnomasi taraflarining kelishuvi bilan asosiy (zarur) shartlar belgilanadi. Quyidagilar mehnat shartnomasi (kontrakt)ning zarur shartlari hisoblanadi:
ish joyi - xodim ishga qabul qilinayotgan korxona, muassasa,
tashkilot (uning tarkibiy bo„linmasi)ning nomi; xodimning mehnat funksiyasi mazmuni lavozim yo’riqnomalari, malaka ma'lumotnomalari va boshqa normativ hujjatlar bilan belgilanadigan muayyan mutaxassislik, malaka yoxud lavozimga oid ish (Rahbarlar, mutaxassislar va xizmatchilarning hamda boshqalarning yagona tariff - malaka ma'lumotnomasi, malaka ma'lumotnomalariga muvofiq); ishning boshlanish kuni-qonun hujjatlariga muvofiq tuzilgan mehnat shartnomasi imzolangan paytdan boshlab kuchga kiradi, agar ishning boshlanish sanasi qayd etilmagan bo’lsa, xodim shartnoma
imzolangan kundan keyingi ish kunidan (smenadan) kechikmay ishga tushishi kerak.

Download 41,6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish