Vositachilarga nisbatan SOR tovarni maksimal faollik bilan sotishga, uning haridorlari doirasini kengaytirishga undaydi. Vositachilarga quyidagilar taqdim etilishi mumkin:
1. Bepul yoki imtiyozli shartlar bilan sotishdan oldingi yoki keyingi xizmat ko‘rsatish uchun maxsus uskunalar.
2. Bir joydan ikkinchi joyga ko‘chadigan servis punktlari va ustaxonalar.
3. Sotish narxidan chegarmalar.
Sotuvchilarga nisbatan SOR (do‘kon, namoyish zallari va hokazolarning xodimlari) bu insonlar tomonidan sotishning yuqori darajalariga erishishga yo‘naltirilgan. Rag‘batlar sifatida quyidagilar qo‘llanilishi mumkin:
1. Pul mukofotlari.
2. Qo‘shimcha ta’til.
3. Firma hisobidan xordiq chiqarish safarlari.
4. Qimmatbaho sovg‘alar.
27.2. Tovar tarqatish kanallari, turlari va shakllari. Taqsimot kanallari orasida sotishlarning ijobiy dinamikasini ta’minlash taqsimot tizimlari ichida samarali o‘zaro munosabatlarni o‘rnatish, ularning kooperatsiyasi va raqobatni amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan sifat jihatdan farqlar mavjud. Taqsimot kanallarining quyidagi tashkiliy shakllari farqlanadi:
Ø an’anaviy taqsimot kanallari; Ø taqsimotning vertikal marketing tizimlari; Ø taqsimotning gorizontal marketing tizimlari; Ø birgalikdagi marketing tizimlari. An’anaviy taqsimot kanali mustaqil ishlab chiqaruvchini, ulgurji sotuvchini va chakana sotuvchilarni o‘z ichiga oladi. Har birining xatti-harakatlari bir-biriga bog‘liq emas. Ularning har biri faqat o‘z ishi bilan shug‘ullanib manfaatlaridan kelib chiqqan holda maksimal foyda olishga intiladi. Kanal ishtirokchilaridan hech biri boshqa ishtirokchilar ustidan nazoratni amalga oshirolmaydi. Natijada bunday taqsimot kanali kuchsiz boshqaruvga va past unumdorlikka ega bo‘ladi.
Hozirgi vaqtda O‘zbekistonning iste’mol bozorida ko‘pchilik tovarlar an’anaviy taqsimot kanaliga o‘xshash sotishni tashkil qilish strukturasiga ega. Misol tarzida «Non mahsulotlari» tizimi orqali unni sotishni keltirishimiz kerak. Yirik ulgurji va chakana sotuvchilar mahsulotni bevosita ishlab chiqaruvchidan oladilar va so‘ngra katta bo‘lmagan savdo muassasalariga sotadilar.
Taqsimot kanallarining rivojlanishida an’anaviy taqsimot kanallari o‘rniga kelgan vertikal marketing tizimlari (VMT) muhim o‘rin egallaydi. Bu kanallarning strukturasi 31-chizmada keltirilgan.
An’anaviy taqsimot kanali Vertikal marketing tizimi