Gorizontal marketing tizimlari (GMT)— bu ulgurji va chakana sotuvchilar tarkibidagi qisman integratsiyalashgan kanallar bo‘lib, ular birgalikda ishlab ko‘proq samaradorlikka erishish uchun o‘zlarining harakatlarini (kapital, ishlab chiqarish quvvatlari, marketing resurslarini) birlashtiradilar. GMTlar raqobatchi firmalar bilan, shuningdek, doimiy yoki vaqtinchalik asosda raqobatchi bo‘lmagan (masalan, ixtiyoriy do‘konlar tarmoqlari) negizida vujudga kelishi mumkin.
Ishlab chiqarishning diversifikatsiyasi, muhimroq bozor maqsadlarini qo‘yish va mumkin bo‘lgan taqsimot kanallari imkoniyatlaridan eng yaxshi foydalanish bilan bog‘liq holda tobora ko‘proq firmalar taqsimlashning ko‘p kanalli tizimlariga o‘tmoqda. Bunday tizimda firma bozorning bir nechta segmentini qamrab olish maqsadida taqsimlashning ko‘plab kanalini yaratishi mumkin. Bozorni kengaytirish imkoniyatlarining ko‘payishi bilan kanallarni saqlash umumiy harajatlari ham kamayadi, savdo-sotiqning samaradorligi oshadi.
Birgalikdagi marketing tizimining chizmasi 32-chizmada keltirilgan.
32-chizma. Birgalikdagi marketing kanallari
Chizmadan ko‘rinib turganiday, ishlab chiqaruvchi A bozorning segmentiga o‘zining mahsulotini to‘g‘ri marketing asosida sotadi, ya’ni pochta va telefon xizmatlariga murojaat qiladi. V bozorning segmentiga kelganda esa, bu yerda sotishlar chakana sotuvchi (firma) orqali amalga oshiriladi. №1 korxona tovarlarni distribyuter va dilerlar orqali sotishni afzal ko‘radi, №2 korxona esa mahsulotni ishlab chiqaruvchi firmaning savdo xodimlari yordamida amalga oshiradi.
Birgalikdagi taqsimlash kanallari bir qator prinsipial afzalliklarga ega. Birinchidan, ular bozorni o‘z mahsuloti bilan qamrab olish ma’nosida firmaning imkoniyatlarini kengaytiradilar, ikkinchidan, o‘z tovarlarini bozorning har xil segmentlari xususiyatlari va talablariga moslashtirish imkoniga ega. Lekin shu bilan birga alohida kanallar o‘rtasidagi raqobat kelishmovchiliklar paydo bo‘lishi xavfiga ega, bu esa o‘z navbatida ko‘p kanalli marketing tizimini umumiy holda boshqarish va samaradorligini belgilash jarayonlarini qiyinlashtiradi.
Shunday qilib, taqsimot kanalining tashkiliy shaklini ko‘rish haqidagi qaror qo‘yidagi fikrlar bilan bog‘liq:
Ø tovarning ochiqligini oshirish va sotilishlar hajmini o‘stirish istagi bilan;
Ø taqsimot kanallarining shakllanishiga har xil yondoshuvlarni talab qiladigan maqsadli bozorga chiqish istagi bilan;
Ø o‘z hukmini o‘tkazish, taqsimlash kanalining «sardori» bo‘lish istagi bilan;
Ø taqsimlash kanalining hamma bo‘g‘inlari bilan hamkorlik qilish istagi bilan.
Do'stlaringiz bilan baham: |