O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
MARKETING
1
Tаqrizchilаr: iqt.fan.dok., prof. iqt.fan.nom
Marketing: O‘quv qo‘llanma
Mazkur nashrda marketing fani boshqaruvning bozor konsepsiyasi sifatida talqin qilingan. Marketingni boshqarish jarayonidagi asosiy tadbirlar, xususan, marketing tadqiqotlari, segmentlash, maqsadli segmentlarni tanlash, marketing komplekslari va boshqa jihatlar ketma-ketlik asosida izchil yoritib berilgan.
O‘quv qo‘llanmaning har bir mavzusi nashr maqomiga mos tegishli unsurlardan iborat. Jumladan, mavzuning nazariy qismi, nazorat savollari va top-shiriqlar, muammoli vaziyatlar, test, tavsiya qilinayotgan adabiyotlar aniq ketma-ketlikda joylashtirilgan.
O‘quv qo‘llanma o‘zining tarkibi va mazmuniga ko‘ra oliy ta’lim tizimida amal qilib kelayotgan davlat ta’lim standartlari va “Marketing” fani o‘quv dasturiga to‘liq mos keladi va marketing bo‘yicha o‘quv uslubiy majmualarning muhim qismi bo‘lib hisoblanadi. Mazkur kitob moliya-iqtisod yo‘nalishi talabalari va o‘qituvchilari hamda zamonaviy bozor iqtisodiyoti muammolariga qiziquvchilar, uchun mo‘ljallangan.
O‘quv qo‘llanma Тоshkent moliya instituti qoshidagi oliy o‘quv yurtlararo ilmiy-uslubiy Kengash majlisida muhokama qilingan va nashrga tavsiya etilgan.
UO‘K: 339.5:339.138
KBK: 65/290-2ya73
ISBN 978-9943-13-591-8
©
©
«IQTISOD-MOLIYA», 2015
F.T. Bаzаrova, 2015.
KIRISH
Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda bozor munosabatlariga asoslan-gan milliy iqtisodiyot qaror topdi. Jamiyat hayotida bozor munosabatlari va bozor iqtisodiyotining amal qilishi haqidagi bilimlarga talab va qiziqish sezilarli oshdi. Hayotning o‘zi bozor haqida bilimlarni o‘zida jamlagan va shuningdek, rivojlangan mamlakatlar tajribasi bilan uyg‘un-lashgan darslik va o‘quv qo‘llanmalarni yaratishni kun tartibiga qo‘ydi. O‘quvchilar hukmiga taqdim etilayotgan “Marketing” fanidan mazkur o‘quv qo‘llanma Toshkent moliya instituti talabalariga uzoq yillardan buyon o‘qitib kelinayotgan “Marketing” o‘quv kursi doirasida shakllangan ma’ruzalar va o‘quv-uslubiy ishlanmalarga tayangan holda va soha mutaxassislari, fanni o‘rga nuvchilarning bildirgan fikrlarini hisobga olgan holda tayyorlangan.
O‘quv qo‘llanmaning tarkibi marketing fani va undagi bilim va ko‘nikmalarni talabalar tomonidan puxta o‘zlashtirishlari uchun qulay qilib shakllantirilgan. Shuningdek, jahondagi yetakchi mutaxassislar va darsliklarda qabul qilingan mantiqiy ketma-ketlikka amal qilingan. Har bir mavzuda uning o‘quvchilar tomonidan puxta o‘zlashtirilishiga qaratilgan takrorlash savollari, amaliy topshiriqlar, tayanch iboralar ele-mentlari keltirilgan. Bozorni o‘rganish, undagi qonuniyatlar, tenden-siyalar va yuzaga kelgan vaziyatlarni yoritish uchun o‘quv qo‘llanmada jadval, diagramma, grafik, rasm va amaliy elementlardan keng foydala-nilgan. “Marketing” o‘quv kursini chuqurroq o‘zlashtirish uchun o‘quv qo‘llanmada o‘rganuvchilar e’tiboriga asosiy va qo‘shimcha adabiyotlar tavsiya qilingan.
O‘quv qo‘llanma kitobxonlar keng ommasini, birinchi navbatda talabalar, mutaxassislar, umuman bozor haqidagi bilimlar bilan qiziquv-chilarni marketing sohasidagi muhim nazariy tushunchalar va amaliy xatti-harakatlar bilan yaqindan, batafsilroq tanishtirishni ko‘zlagan.
Har bir mavzuni yoritishda marketing sohasida shakllangan nazariy bilimlar va jahon tajribasini milliy iqtisodiyot bilan bog‘lashga harakat qilindi. Shu maqsadda mustaqillik yillarida qabul qilingan marketing sohasiga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlar, Davlat statistika qo‘mitasining davriy statistik to‘plamlaridan foydalanildi.
3
O‘quv qo‘llanmani yozish jarayonida uning mazmuni Toshkent moliya institutida o‘qitilib kelayotgan ta’lim yo‘nalishlarida amalda bo‘lgan davlat ta’lim standartlariga muvofiqlashtirildi. Jumladan, mazkur o‘quv qo‘llanma institutning bakalavriat bosqichidagi 5230200-“Menejment”, 5230300-“Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni tashkil etish” ta’lim yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalarga mo‘ljallangan. Muhtaram o‘quvchi, qo‘lingizdagi kitob marketing o‘quv kursi bo‘yicha tayyorlanganlik o‘quv qo‘llanmalaridan biri bo‘lganligi sababli ayrim kamchiliklardan xoli bo‘lmasligi tabiiy. Shuning uchun muallif kitobning tuzilishi va mazmuni bo‘yicha bildiriladigan xolisona mulohaza va takliflarni bajonu dil qabul qiladi va ularni kitobning kelgusi nashrlarini tayyorlashda albatta e’tiborga oladi.
4
Do'stlaringiz bilan baham: |