26.2. Chakana savdoning roli va vazifalari.
Iste’mol tovarlari tarqatish kanallarining eng so‘nggi darajasi chakana chavdo zvenolari hisoblanadi. Chakana savdo – tovarlarini va xizma-tlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri iste’molchilarning shaxsiy ehtiyojlarini qondirish uchun sotish bilan bog‘liq barcha turdagi tadbirkorlik faoliyatidir.
Ko‘pchilik ishlab chiqarish korxonalari, ulgurji sotuvchilar, servis korxonalari chakana savdo bilan shug‘ullanadilar. Lekin, chakana savdoning asosiy qismi chakana savdo bilan shug‘ullanuvchilar hissasiga to‘g‘ri keladi.
Chakana savdo qiluvchi – bu tashkilot yoki ayrim olingan shaxs bo‘lib, asosiy faoliyat turi chakana savdodan iboratdir.
Chakana savdoning asosiy hajmi chakana savdo magazinlari, magazindan tashqari chakana savdo, to‘g‘ridan-to‘g‘ri iste’molchiga sotish va savdo avtomatlari yordamida sotishga to‘g‘ri keladi.
Chakana savdoni tashkil etishning ko‘p asrlik amaliyoti jarayonida chakana savdo magazinlarining xilma-xil turlari vujudga keldi. Quyida savdo dunyo amaliyotida chakana savdo magazinlarining eng ko‘p tarqalgan turlarining tavsifini keltiramiz.
Chakana savdo magazinlarining turlari va katta-kichikligi xilma-xil bo‘lib, ular bir necha belgilari bo‘yicha guruhlanadi. Ko‘rsatadigan xizma-tlar darajasi bo‘yicha magazinlar o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatadigan, xizmat ko‘rsatish darajasi cheklangan va xizmat ko‘rsatish darajasi to‘liq bo‘lgan magazinlarga bo‘linadi.
O‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish magazinlarida haridorlar sotuvchilar xiz-matidan foydalanmasdan, o‘ziga kerakli tovarlarni bir-biriga taqqoslab tanlab oladilar. Bu esa haridorlarga sotib olish imkonini beradi.
Xizmat ko‘rsatish darajasi cheklangan magazinlar – bu shunday magazinlarki, bunda haridorlarga tovar haridj qilishiga biron-bir yordam ko‘rsatiladi. Masalan, tovarlar to‘g‘risida axborotlar berilishi yoki kreditlar berilishi shu tipdagi magazinlarga xosdir.
Xizmat ko‘rsatish darajasi to‘liq bo‘lgan magazinlar esa haridorlarga tovarlar harid qilishning har bir bosqichida sotuvchilar tomonidan yordam ko‘rsatilishi bilan harakterlanadi. Bu xizmatlar esa natijada tovarning harid narxlarining yuqori bo‘lishini keltirib chiqaradi.
Chakana savdo magazinlari taklif etilayotgan tovarlar assortimentiga qarab ixtisoslashtirilgan magazinlar, univermaglar, supermagazinlar, kombinatsiyalashtirilgan magazinlar va gipermarketlarga guruhlanadi.
Ixtisoslashtirilgan magazinlar ma’lum bir tovar guruhiga kiruvchi keng assortimentdagi tovarlar sotilishi bilan harakterlanadi.
Univermaglar shunday magazinlarki, bu magazinlarda xilma-xil tovar guruhlari mavjud bo‘lib, ularning har biri mutaxassislar boshchiligida ixtisoslashgan bo‘limlarda sotiladi.
Supermarket – juda katta maydonga ega bo‘lgan o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish magazini bo‘lib, sotilayotgan tovarlar hajmining kattaligi, narx va harajatlarning esa nisbatan pastligi bilan harakterlanadi.
Supermagazin – bu magazin maydoni jihatidan oddiy supermarketdan ikki baravar katta bo‘lib kundalik ehtiyoj uchun zarur bo‘ladigan xilma-xil oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlari savdosi bilan shug‘ullanadi.
Bu magazinlar haridorlarga kimyoviy tozalash, pochta, bank xizmatlari, avtomobillarga xizmat ko‘rsatish, ovqatlanish va boshqa turdagi xizmatlar ko‘rsatishni taklif etish bilan ajralib turadi.
Kombinatsiyalashtirilgan magazin – bu oziq-ovqat magazinining dorixona bilan kombinatsiyalashtirilgan turi bo‘lib, uning maydoni supermagazindan ikki marta katta bo‘ladi.
Gipermarket maydoni olti futbol maydoniga teng bo‘lib, u supermar-ket, narxi tushirilgan tovarlar magazini, har xil nooziq-ovqat tovarlari magazini, chakana sklad magazinlarini o‘z ichiga oladi. Lekin magazinlar maydonining juda kattaligi ba’zi mijozlar uchun noqulaylik tug‘diradi.
Narx darajasi bo‘yicha chakana savdo magazinlari narxi tushirilgan tovarlar magazini, narxi juda pasaytirilgan tovarlar magazini, kataloglar asosida sotadigan magazinlarga bo‘linadi.
Narxi tushurilgan tovarlar magazini oddiy tovarlarni nisbatan past narxlarda sotadi. Bunday magazinlarda sotiladigan tovarlar hajmi katta bo‘lsada, ularning foyda me’yori uncha yuqori emas.
Narxi juda pasaytirilgan tovarlar magazini standart talabiga javob bermaydigan yoki modadan chiqqat tovarlarni ulgurji narxlardan ham past narxlarda sotib oladi.
Kataloglar asosida sotadigan magazinlar ishlab chiqarish markasi tanilgan, assortimenti tez-tez o‘zgarib turadigan yuqori sifatli tovarlarni past narxlarda taklif etadi. Bu yerda haridorlar tovarlarni katalog asosida tanlaydilar, tanlangan tovarga buyurtma blankalarini to‘ldiradilar va tovarlar qaysi omborxonalarga joylashtirilgan bo‘lsa, haridni o‘sha omborxonalarda amalga oshiradilar.
Shuningdek, keyingi paytlarda chakana savdoning pochta orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri marketing (pryamoy marketing po pochte), katalog asosida marketing, telemarketing, televizor orqali marketing (televizionniy marketing), elektron savdo (elektronnya torgovlya) kabi turlarining keng ko‘lamda qo‘llanilayotganligi ham iste’molchilarning keng assortimentdagi tovarlarga bo‘lgan talabini qondirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Chakana savdoning muhim turlaridan yana biri sotuv avtomatlari orqali savdo qilish hisoblanadi. Sotuv avtomatlari orqali sigareti, ichim-liklar, shirinliklar, gazetalar, oziq-ovqat tovarlari va boshqa donaboy to-varlar sotiladi. Magazinlar chakana savdosiga nisbatan savdo avtomatlari yordamida savdoni tashkil etishning bir qancha qulayliklari mavjud. Savdo avtomatlari sutkada 24 soat ishlaydi, sotuvchilarning ishtirokini talab etmaydi, tovarlar kam shikastlanadi va ular uchun kamgina savdo maydonlari zarur. Lekin, bu yerda sotuvni amalga oshirish uchun maxsus jihoz talab etilganligi sababli, savdo avtomatlari orqali sotilayotgan tovarlar narxi chakana savdo magazinlarida sotiladigan shu turdagi mahsulotlarning narxiga nisbatan 15-20 % yuqori bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |