10-mavzu bo’yicha nazorat va mulohaza uchun savollar:
1. Narx va marketing faoliyati o‘rtasidagi bog‘liqliklar nimalar orqali namoyon bo‘ladi?
2. Narx siyosati nima? Uning mazmunini ta’riflab bering.
3. Talab elastikligi nimani ifodalaydi? Elastiklik to‘g‘risida amaliy misollar keltiring.
4. Qanday sharoitda tovar ishlab chiqaruvchilar narxni pasaytirishga qaror qabul qiladilar?
5. Narxni aniqlashda qanday omillar hisobga olinadi?
6. «Registon» savdo do‘koni tovar donasini 50 ming so‘mga sotib olib ustiga 20% ustamani qo‘ygan holda, sotishni 60 ming so‘m atrofida belgiladi. Bir oy ichida 100 dona tovar harid qilinadi. Agar bir hafta mobaynida do‘kon tovar narxini 15% pasaytirgan tarzda, unda yalpi foydani saqlash uchun qancha miqdorda (dona) tovar sotilishi kerak?
7. Sizning fikringizcha, tovarning narxi va raqobatbardoshligi o‘rtasida aloqadorlik bormi? Bo‘lgan holda tushuntirib bering.
8. Qanday narx turlarini bilasiz?
9. Demping narxi nima?
11-mavzu (6 soat): Sotish siyosati
25-ma’ruza: Savdo nazariyasi va uni rivojlanishi
Ma’ruzaning rejasi:
25.1. Tovar harakati funksiyasi
25.2. Tovarlarning tarqatish tarmoqlari xususiyatlari va ularni tuzilishi
25.1.Tovar harakati funksiyasi.
Tovar harakati – bu tovarni ishlab chiqarilgan joydan iste’molchigacha siljitish bilan bog‘liq bo‘lgan hamma faoliyat turlaridir. Ma’lum bir savdo firmasi ishlab chiqarish korxonasiga buyurtma berib, buyurtma berilgan tovarni yuklash-tushirish, saqlash, magazinlargacha transport vositasida tashish va hatto magazinlarni tovar zahiralari bilan to‘ldirib turish mas’uliyatlarni o‘z zimmasiga oladi. Ana shu funksiyalarning jami birgalikda tovar harakati sistemasini tashkil etadi. Bu sistemaning maqsadi esa tovarni o‘z vaqtida yuklash, tovarni kerakli joyga, kerakli miqdorda o‘z vaqtida yetkazib berish va iste’molchilarning ehtiyojlari bo‘yicha aniq axborotlarga ega bo‘lishdan iboratdir. Tovarlarni kerakli assortimentda, o‘z vaqtida, yuqori sifat bilan va iste’molchilar haqida ishonchli axborotga ega holda mijozlarga yetkazib bergan firmalar raqobat kurashida albatta ustunlikka ega bo‘ladilar.Tovar harakati kompleksining asosiy elementlari (F. Kotler bo‘yicha) quyidagi 29-chizmada keltirildi.
Bu chizma ma’lumotlaridan shuni anglash mumkinki, tovar harakatining asosiy harajatlari transport, omborxona, tovar zaxiralarini saqlab turish, yuklash, tovarlarni o‘rab-joylash, ma’lumot va buyuurtmalarni tayyorlash kabi harajatlardan tashkil topadi.
Tovar harakati – bu faqatgina harajatlar manbai bo‘lib qolmasdan, balki talabni shakllantiruvchi muhim vosita hisoblanadi. Tovar harakati sistemasini takomillashtirish hisobiga xizmat ko‘rsatishni yaxshilash yoki narxni pasaytirib, qo‘shimcha mijozlarni topishga erishish mumkin. Firmalar tovarni o‘z vaqtida yetkazib bermasalar, u holda mijozlarini yo‘qotib qo‘yishlari ham mumkin.
Ko‘pgina firmalar eng minimal harajatlar bilan kerakli tovarni kerakli joyga belgilangan vaqtda yetkazib berishni tovar harakatining asosiy maqsadi qilib qo‘yadilar. Afsuski, tovar harakati sistemasining birontasi ham bir vaqtning o‘zida tovar tarqatish bilan bog‘liq harajatlarni minimal darajagacha kamaytirib va mijozlar uchun maksimal servis ko‘rsatishga layoqatli emas. Mijozlar uchun maksimal servis deganda katta miqdordagi tovar zaxiralarini saqlab turish, tovar tashishni yuqori darajada tashkil etish va ko‘plab omborlarga ega bo‘lish tushuniladi. Bular esa o‘z navbatida tovar tarqatish bilan bog‘liq harajatlarning ko‘payib ketishiga olib keladi. Harajatlarni kamaytirishni ko‘zlash esa, arzon transport sistemasi, kam hajmdagi tovar zaxiralarini saqlab turish va kam sonli omborxonalarga ega bo‘lish bilan bog‘liqdir.
Buyurtmalarni Tovarni olish
Ombor-xona harajat-lari
Xududdan tashqariga transport harajat-lari
tayyorlash va yuklash
harajatlari harajatlari
26 %
46 %
10%
3 %
6 %
5 %
4 %
Ma’muriy Tovar zaxiralarini
Harajatlar ushlab turish
harajatlari
O‘rab joylash
harajatlari
Do'stlaringiz bilan baham: |