Tashqi bozorga chiqish usullari



Download 27 Kb.
Sana21.10.2019
Hajmi27 Kb.
#23906
Bog'liq
Tashqi bozorga

Tashqi bozorga chiqish usullari

Eksport bu – kapital, tovar va xizmatlarni ularni tashqi bozorda sotish uchun olib chiqishdir. Xalqaro savdoda eksportning bir necha xil turlari mavjud bo`lib, ulardan eng tarqalganlari mazkur mamlakatda tayyorlangan, ishlab chiqarilgan va qayta ishlangan tovarlarni olib chiqish hisoblanadi. Xom-ashyo va yarim tayyor mahsulotlarni chet elga qaytarib kelish sharti bilan bojxona nazorati ostida olib chiqish, shuningdek, vaqtincha ko`rgazma, yarmarka, kim-oshdi savdolari va hokazolarga chet eldan olib kirilgan tovarlarni olib chiqish ham katta ahamiyat kasb etmoqda. SHu munosabat bilan reeksport tushunchasini – mamlakatga ilgari olib kirilgan va qayta ishlanmagan tovarlarni olib chiqishni alohida ajratib ko`rsatish mumkin. Bevosita eksport operatsiyalarini vositachilarsiz, mustaqil amalga oshirishni anglatadi. Bu holda xalqaro kompaniya chet ellik xaridorlar bilan bevosita shartnomalar tuzadi. YAkuniy xaridorlar bilan o`z distrib’yuterlar tarmog`i orqali ishlash ham mumkin. Bilvosita eksport esa eksport operatsiyalarini xalqaro vositachilar yordamidan foydalangan holda amalga oshirishni anglatadi. Bunday vositachilar xalqaro marketing xizmatlarini ko`rsatar ekan, xalqaro savdo bilan bog`liq bo`lgan barcha masalalarni o`z zimmasiga oladi.

+o`shma tadbirkorlik faoliyati eksportdan shunisi bilan farq qiladiki, unda tuzilgan hamkorlik natijasida chet elda ishlab chiqarish quvvatlari yaratiladi. +o`shma faoliyatning to`rt turini ajratib ko`rsatish mumkin:

Tijoratni ko`chirish yoki bilim va intellektual mulkni berish. Buni belgilash uchun xalqaro laysenzing (litsenziyalash) atamasi qo`llanadi. Bunda bir mamlakatdagi intellektual mulk egasining egalik huquqini boshqa mamlakatdagi xaridorga belgilangan muddatda va ma`lum shartlar bilan berish tushuniladi. Litsenziyalash bu ishlab chiqaruvchini xalqaro marketingga jalb etishning eng oddiy yo`llaridan biridir. Litsenziyalar savdosida etakchi o`rin A+SHga tegishli bo`lib, undan keyingi o`rinlarda G`arbiy Evropa davlatlari va YAponiya turadi.

Franchayzing – litsenziyalashning o`ziga xos shakli bo`lib, unga ko`ra bir tomon ikkinchi tomonga tijorat asosida ishlab chiqarish va (yoki) marketing texnologiyalari, nou-xau va tovar belgilariga litsenziyalarni beradi hamda buning uchun shartnomada kelishilgan miqdorda kompensatsiya oladi.

Turli mamlakatlar korxonalari kooperatsiyasi xalqaro hamkorlikning samarali shakllaridan biridir. Xalqaro marketing tajribalarining ko`rsatishicha, kichik korxonalar ham yirik sanoat firmalari bilan tashqi bozorga zarur bo`lgan yuqori sifatli mahsulotlarni nisbatan arzon narxlarda etkazib berish yo`li bilan raqobatlashishi mumkin. BMTning Evropa iqtisodiy komissiyasi ishlab chiqarish bo`yicha xalqaro kooperatsiya shakllarini quyidagicha tasniflaydi.

1. Kooperatsiya (litsenziya asosida), ya`ni litsenziyani hamkorga berish (sotish).

2. Hamkorga doimiy ravishda ma`lum miqdorda detallar, tarkibiy qismlar yoki tayyor mahsulot etkazib turgan holda kooperatsiya (litsenziya asosida).

3. Bir vaqtning o`zida asbob-uskunalar, murakkab texnika va ishlab chiqarish-ombor binolarini lizing tartibida bergan holda kooperatsiya (litsenziya asosida).

4. Birgalikda ishlab chiqarish, texnologiyalardan foydalanish, ishlab chiqarish dasturlarini taqsimlash, mahsulotni sotish va hokazolarni ko`zda tutadi.

Raqobat bu — kishilarning avvalo iqtisodiy, shuningdek, jamiyat hayotining boshqa sohalaridagi jiddiy kurashdir. Iqtisodiyot nuqtai nazaridan raqobat bu sotuvchilarning (ishlab chiqaruvchilarning) iste`molchilar talablarini qondirish uchun kurash, shuningdek, xaridorlarning eng qulay sharoitlarda o`zlari uchun eng foydali tovarlarni sotib olish uchun kurash hisoblanadi. Raqobat bir tomonidan iqtisodiyotning to`xtab qolishiga to`sqinlik qilib, jamiyat taraqqiyotining garovi bo`lsa, ikkinchi tomondan barqarorlikning yo`qolishi, mojarolar, bankrotga uchrash, xodimlarning ishdan bo`shatilishi raqobatning ajralmas qismlaridan biridir. Xabbardning obrazli ifodalashiga ko`ra: «Raqobat – savdoning hayoti va savdogarlarning o`limidir». Bizning mamlakatimizda raqobat haqida bozor islohotlarining o`tkazila boshlashi bilan gapira boshladilar. SHu sababli respublikamizdagi ishlab chiqaruvchi va vositachilarda raqobatli kurash olib borish bo`yicha tajribalar hali etarli emas.

Bozorda raqobatning ikki xil turini ajratib ko`rsatish mumkin:

narxga bog`liq bo`lgan raqobat;

Narxga bog`liq bo`lmagan raqobat.

Dastlabki holatda raqobatchilar bilan kurash o`z tovarlari narxini tushirish vositasida olib boriladi. Narxga bog`liq bo`lgan raqobat sotuvchining ustunligi mavjud (talab taklifdan yuqori va xaridorlar o`rtasidagi raqobat kuchli) bo`lgan bozorlarda sof raqobat ustun bo`lgan (bir xil mahsulot ishlab chiqaruvchilar soni ko`p) sharoitlarda, talabning o`zgarishi sust bo`lgan hollarda va kapitalning harakatlanishi unchalik yuqori bo`lmagan sharoitlarda qo`llanadi. Raqobat kurashining narx bilan bog`liq usuli samaradorligi yuqori emas, chunki raqobatchilar xuddi shu tarzda darhol o`z tovarlari narxini tushirishlari mumkin. Bundan tashqari, narx bilan o`ynash moliyaviy barqarorlikka imkon bermaydi, korxonani rejalashtirish va boshqarishni qiyinlashtiradi. Hozirgi sharoitlarda narx bilan bog`liq bo`lgan usulni qo`llash ayniqsa, yangi bozorlarga kirib borishda (masalan, yangi bozorga kirib borishda yaponlar narxlarni o`rtacha 10%ga kamaytiradilar) davom etmoqda. Biroq narxlarning pasaytirilishi bo`lajak foyda va rentabellik darajasi aniq hisoblab chiqishni talab qiladi (narxlarning pasaytirilishi daromadning o`sishiga olib kela oladimi yoki yo`qmi, shuni aniqlash kerak).

Hozirgi rivojlangan bozor sharoitlarida raqobatning narx bilan bog`liq bo`lmagan usuli – o`z tovarini raqobatchilarning o`xshash tovarlaridan ajratib ko`rsatish, unga xaridor uchun o`ziga xos bo`lgan xislatlar berish, texnik xizmat ko`rsatish darajasini oshirish, tovarlarni sotishning ilg`or shakllarini rivojlantirish, firma faoliyatining funktsional jihatlari va tuzilmasini takomillashtirish, xaridorlar so`rovlarining o`ziga xosligini hisobga olish kabilar afzal ko`rilmoqda. Buning uchun raqobatchilar yangi tovarlar chiqarish, ularni takomillashtirish, sifatini oshirish, turli xil qo`shimcha xizmatlar va sotuvdan keyingi xizmat ko`rsatish kafolatini taklif qilishdan foydalanadilar. Narx bilan bog`liq bo`lmagan raqobatda nisbatan moliyaviy barqarorlik ta`minlanadi va bu korxonani samarali boshqarishga imkon beradi. Raqobatning narx bilan bog`liq bo`lmagan usuli samaradorligi yuqoriroq, chunki raqobatchilar javob tariqasidagi xatti-harakatarni narx bilan bog`liq bo`lgan raqobatdagi kabi tezlik bilan amalga oshira olmaydilar. SHuning uchun ham narx bilan bog`liq bo`lmagan raqobatni samarali raqobat deb ham atashadi. Narx bilan bog`liq bo`lmagan raqobat usuli narx bilan bog`liq bo`lgan raqobatga nisbatan ko`proq kuch va moliyaviy xarajatlar sarflanishini talab qilsada, muvaffaqiyatga erishilgan hollarda bu xarajatlar to`la oqlanadi. Firmaning maqsad va imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda raqobatli xulq-atvorning quyidagi variantlaridan biri tanlab olinishi mumkin:

yangi mahsulot, texnologiya, sotuv usullari, servis va reklamani yaratish;

yangilik yaratganlardan qisqa muddatda kam xarajatalr bilan «nusxa ko`chirib olish»;

erishilgan yutuqlarni sifatni oshirish, assortimentni kengaytirish kabi yo`llar bilan imkon qadar uzoq vaqt saqlab turish.

Firmaning ma`lum bir bozor segmentlariga xizmat ko`rsatishga moslashib olishi qoidaga ko`ra boshqa bozor segmentlarini yo`qotish yoki ularda muvaffaqiyatga erishish imkoniyatlarining pasayishi hisobiga erishiladi. SHunga asosan quyidagi raqobat strategiyalaridan biri belgilab beriladi:



CHeklangan raqobat strategiyasi — raqobatli kurash strategiyasi yuqori sifatli, tor ixtisoslashgan mahsulotlarni cheklangan miqdorda ishlab chiqarishdan iborat.

Lokal raqobat strategiyasi — raqobatli kurash strategiyasi bozorning kichik (lokal) hajmli ehtiyojlarini maksimal
Download 27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish