Qarori jinoyat-ijroiya qonunchiligini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘G‘risida



Download 20,84 Kb.
bet1/8
Sana22.01.2022
Hajmi20,84 Kb.
#401272
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
4006-sonli PQ


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING

QARORI

JINOYAT-IJROIYA QONUNCHILIGINI TUBDAN TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA

Mamlakatda jazoni ijro etish tizimini takomillashtirish, mahkumlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining himoyasini ta’minlash, qayta jinoyat sodir etilishining oldini olish maqsadida ularni axloqan tuzatish bo‘yicha tarbiyaviy ishlarning samaradorligini oshirish yuzasidan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Shu bilan birga, jinoyat-ijroiya amaliyotini o‘rganish natijalari mahkumlarning huquqlariga rioya etish, ularning sha’ni va qadr-qimmati hurmat qilinishini ta’minlash, kelgusida jamiyatga ijtimoiy moslashtirish uchun axloqan tarbiyalash va mehnatga o‘rgatishning shaffof va yanada samarali huquqiy mexanizmlarini joriy etish zarurligidan dalolat bermoqda.

Zamonaviy xalqaro standartlar va ilg‘or xorijiy tajribani inobatga olgan holda jinoyat-ijroiya qonunchiligini tubdan takomillashtirish maqsadida, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq:

1. Quyidagilar jinoiy jazolarning ijrosini ta’minlash sohasidagi normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari etib belgilansin:

jinoyat-ijroiya qonunchiligi normalarini unifikatsiya qilish, tizimlashtirish va uyg‘unlashtirish;

mahkumlar huquqlariga so‘zsiz rioya etilishini, ularning sha’ni va qadr-qimmati hurmat qilinishini ta’minlashning sifat jihatidan yangi mexanizmlarini joriy etish;

mahkumlar ongida qonunga itoatkor xulq-atvorni, insonga, mehnatga, ijtimoiy turmush qoidalari va an’analariga hurmat munosabatini shakllantirish tizimini takomillashtirish;

umume’tirof etilgan xalqaro standartlarga mos ravishda mahkumlar huquqlari doirasini yanada kengaytirish;

mahkumlar, birinchi navbatda, voyaga yetmaganlar va yoshlarning ta’lim olishi, kasbiy tayyorgarligini tashkil etish hamda bandligini ta’minlash tizimini rivojlantirish;

ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolarni ijro etish mexanizmlarini tubdan qayta ko‘rib chiqish, shartli hukm qilingan va jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilingan shaxslarning xulq-atvori ustidan nazorat samaradorligini oshirish;

jazoni ijro etish muassasalari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, ularning ozodlikdan mahrum etish joylardan ozod etilgan shaxslarni ijtimoiy moslashtirishda fuqarolik jamiyati institutlari bilan uzviy hamkorligini ta’minlash.



Oldingi tahrirga qarang.

2. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti va uning hududiy bo‘linmalari tarkiblarida tegishlicha Probatsiya xizmati va uning hududiy bo‘linmalari (keyingi o‘rinlarda — probatsiya bo‘linmalari) tashkil etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.



(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi PF-27-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 06/21/27/1116-son)

3. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:



Oldingi tahrirga qarang.

tuman (shahar) ichki ishlar organlari probatsiya bo‘linmalarining shaxsiy tarkibi ular zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishda, qoida tariqasida, bir nafar xodimga shaharlarda — 100, tumanlarda — 75 nafar mahkum hisobidan kelib chiqib taqsimlanadi;



(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi PF-27-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 06/21/27/1116-son)

probatsiya bo‘linmalari ustuvorlik asosida ijtimoiy, pedagogika va profilaktika sohalarida ish tajribasiga ega bo‘lgan ofitserlar tarkibidagi malakali xodimlar bilan to‘ldiriladi;



Oldingi tahrirga qarang.

katta amaliy ish tajribasiga ega bo‘lgan va xizmatdan salbiy holatlarga ko‘ra bo‘shatilmagan ichki ishlar organlarining pensionerlari, probatsiya bo‘linmalari xodimlari lavozimiga attestatsiyadan o‘tgan lavozim hisobidan tayinlanishlari mumkin.



(3-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-dekabrdagi PF-5597-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.12.2018-y., 06/18/5597/2300-son)


Download 20,84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish