Samarqand davlat universiteti tarix fakulteti «mutaxassislikning nazariy masalalari»


Мавзуни мустаҳкамлаш учун саволлар



Download 0,51 Mb.
bet24/38
Sana12.07.2022
Hajmi0,51 Mb.
#781882
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   38
Bog'liq
Mutaxasislik nazariyasi MAJMUA -2019

Мавзуни мустаҳкамлаш учун саволлар:

  1. 5А 220204 шифрли мутахассисликнинг мазмуни ва моҳиятини нималар ташкил этади?

  2. Тарих тадқиқотлари ва таълими учун методологик асоснинг қандай аҳамияти бор?

  3. Тарих фанида концептуал методологик қарашлардан қандайларини биласиз?

  4. Тарихни даврлаштириш ғояси ва цивилизацион ёндашув ўртасида қандай фарқ ёки зиддият бор?



Мустақил таълим учун топшириқлар:

  1. Ўзбекистонда тарих фанининг методологик асослари қандай йўлга қўйилган?

  2. “Марксча-ленинча” историографиянинг моҳияти нима эди: Фармацион қараш нега ўзини оқламади?

  3. Шарқона тарихчиликда етакчи услублар ҳақида нималарни биласиз?



Адабиётлар:

  1. Каримов И.А. Тарихий хотирасиз келажак йўқ – Т.: Ўзбекистон. – 1998.

  2. Каримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч. Т.: Ўзбекистон. – 2009.

  3. Исҳоқов М. Марказий Осиё халқлари тарихшунослигининг айрим масалалари. Ўзбек шарқшунослиги: бугуни ва эртаси. Илмий тўплам. Т.: ТДШИ. – 2010. – Б. 169-172.

  4. Ртвеладзе Э.В., Сагдуллаев А.С. Современные мифы о далеком прошлом народов Центральной Азии. Т.: - 2006.



3 Mavzu: Tarix va yilnomalardagi ma`lumotlar.

  1. Tarixshunoslikda haqiqiy tarixiy voqealar tushunchasi.

  2. Yilnomalarda berilayotgan ma’lumotlar va ularning haqqoniy voqealar tushunchasi.

  3. Tarixiymanbalarningturlari.

Tarix, yilnoma va filologiyaning genezisi tafakkur shakllari hisoblansada, ular o‘rtasidagi farqlarga qaramasdan fiziologik shakllar hisoblanadi, boshqacha bufarq aytganda ishonchli va ratsionaldir. Lekin men mantiqiy fikrlashni endilikda patologiyadan fiziologik jihatdan shakllanmagan, ishonchsiz va irratsional shaklga kelib qolganligini guvohi bo‘ldim.


Filologlarning sodda ishonchi tarixni kututbxonalar, muzeylar va arxivlarda (bu holat “Ming bir kechadagi” berk idishda jinni siqilgan havo tarzida saqlanishiga o‘xshaydi) saqlaydi, aksincha narsalardan, an’analardan va hujjatlardan (bo‘sh an’analar va o‘lik hujjatlardan) tuzilgan tarixni yaratadi va bunday tarix filologik tarix deb ataladi.
Men bekorga “obraz” xaqida gapirmadim,chunki tarixni tashqi narsalarsiz, jumladan bu boradagi ishlarni jonlantirish va san’atni jalb qilmay turib yaratib bo‘lmaydi. To‘g‘ri yo‘naltirilgan, tozalangan, tartibga solingan yilnomalar baribir shunchaki yilnoma va quruq hikoya bo‘lib qolaveradi. SHuningdek, tiklangan, qayta fikr berilgan, talqin qilingan va guruhlantirilgan hujjatlar ham shunchaki tilsiz narsadir, xolos. Filologik tarix ko‘plab kitoblarni va ularning qismlarini yangi kitobga birlashtiradi, ya’ni bizning tilimizda “kompilyasiya” degan jarayonga olib keladi. Kompilyasiya (qurama asar)ayrim hollarda foyda keltirishi mumkin, bunda tog‘dek keladigan kioblar to‘plamidan foydalanish osonlashadi, lekin bunda tarixiy fikr umuman bo‘lmaydi. Zamonaviy tarixchi-filologlar o‘rta asr yilnomachilar va o‘tmishdagi italyan tarixchilarini (Makyavelli va Gvichchardinidan to Djannongacha) baholaydilar va ularning asarlarini hikoyanavislik yoki yilnoma asarlarini “manba”lardanko‘chirmachilik qilishda ayiblagan. Lekin ularning o‘zi ham ulardan kam emas, ularning asarlari ham manbalarga asoslangan tarix bo‘lib, u manbalardan qayta ko‘chirib olish va ayrim so‘zlarni o‘zgartirish yoki qisqartirishdan iboratdir (bu adabiy tovlamachilikning bir ko‘rinishidir). Sitataning tartibga solinishi aniqlikka intilish va javobgarlik hissi bilan bog‘liqdir, o‘z asari parchasini boshqalarnikida parcha va sitata qilib olingan hujjat sifatida ko‘rishga bo‘lgan ishtiyoq xaqiqiatning mustahkam zaminidir. Hozirgi kunimizda shunday filologik tarixlar “filologik metod” sifatida nom olgan. .Ularni amalga oshirishdagi ilmiy afzallik faqatgina zohiriy ko‘rinish bo‘lib, bunda ma’naviy munosabatlar mavjud emas va barchasi ilmiylik va arxivlik nuqtai nazaridan “yilnoma”dan ortiq emas. Unga ma’lumot olish uchungina murojjat qilinadi, aql va ruhni iliqlashtiruvchi so‘z topish uchun biron narsa olish mushkul.
Xaqiqatga bunday e’tiborsizlik bilan yondashuv filologik tarixning asaosiy mazmuni bo‘lib, bu tarixchi-filolog va tarixchilar o‘rtasidagi uzluksiz davom etib kelayotgan bahsning asosiy sababidir. Tarixchilar muhim muammolarni hal qilish bilan shug‘ullanib, muammoning echimi sifatida foydasiz filologik ko‘rinishigina yangilik bo‘lgan takliflarni ilgari surmaydi. Aksincha muammoni hal etishning echimlarini o‘zi ishlab chiqadi, o‘zi ijod qiladi. Misol uchun Letters on the study of history1 asarida g‘azab bilan bunday yondashuvni qoralaydi.
Demak filologik tarix o‘zida yilnoma va hujjatni namoyon etadi, biroq biz uni nima sababdan irratsionallik va noto‘g‘rilikda ayblashimizni so‘rashadi. Axir yilnoma to‘plashda va hujjatlarni yig‘ishda irratsionallik mavjud emas. Lekin noto‘g‘rilik yilnomani tuzishdagi asosiy fakt emas, “da’vo”da va “g‘oyalarda” tarix talqin hamda hujjatlar yordamida yaratiladi. Ratsionallik shunaqaki, talab tarixni oddiy yilnoma va hujjat sifatida tushunishni anglatadi. Biroq uni bunday tarzda anglash mumkin emas, da’vo qarama-qarshi va be’mani ko‘rinish kasb etadi. Mazkur be’mani da’vo filologik tarixning o‘ziga nisbatan ishonchdan mahrum qiladi. U yilnoma bilan bir qatorda ishonchlilikni o‘zini ichidan emas balki doimo dalil qilib keltiriladigan avtoritetidan qidiradi. Filologik tarix avtoritetniqo‘llab quvatlashi va undan eng ishonchlilarini tanlab olishiga e’tiroz bildiraman. Muallifi yilnomachilarning eng johili, nodoni va soddasi bo‘lgani ham avtoritetga tayanib ijod qiladi. Bunda u “ishonchni qabul qilish”dan (ya’ni begona, sobiq fikrlardan foydalanish), tanqidiy fikrlash xaqida (xususiy va bugungi fikrlardan foydalanish), xaqiqat xususida emas, balki xaqiqatga yaqinlik xususidagi, ya’ni filologik tarix rost bo‘lishi mumkin, lekin xaqiqat bo‘laolmaydi degan jihatlardanfoydalanadi(wahr emas balki richtig ).
Madomiki, u xaqiqatdan mahrum bo‘lgan bo‘lsa u holda amaliy va etik zaruriyatga javob beradigan xaqqoniy tarixiy qiziqish chetda qolib ketadi. Xaqiqiy filolog mutloq indifferentlik imtiyoziga ega bo‘ladiki, uning uchun italyan tarixining so‘ngi ellik yili xitoydagi Sin sulolasi davri bilan bir xil. Bular uchun allaqanday qiziqish boshqasini chaqiradi, lekin bu qiziqish xaqiqiy filologiya ramkasiga ta’luqli bo‘lmagan tarixdan tashqaridagi qiziqishni nazarda tutadi.
“Takabburona nodonlik” kabi olimlar antik davr va ibtidoyi davr tarixini konsert boshlanishidan oldingi sozlarni to‘g‘irlab olishga o‘xshatishadi. Bu jarayonni eshitsh mavjud bo‘lmagan paytdagi musiqa uchun qabul qilish mumkin, aniqroq aytganda tarixiy eshitish mavjud bo‘lmagan paytda eruditsiya xaqqoniy tarix uchun qabul qilinishi mumkin. Bolingbrok ularga qarama qarshi ravishda “siyosiy Bolingbrok ularga qarama qarshi ravishda xotiraga emas, balki onga oziq beradigan “siyosiy globus”ga o‘xshash g‘oyani ilgari suradi. Uning so‘zlari bo‘yicha Makyavelling “Florensiy tarixi” va avliyo Pavelning “yahshi ishlar hususida Traktat” asarlarida yuqoridagi g‘oya ilgari surilgan. Bolingbrokning ta’kidlashicha haqqoniy va tirik tarix XVI asr boshlaridan mas balki, ancha ilgariroq Karl V va Geynrix VIII davrlaridan ya’ni XVIII asr boshigacha mavjud bo‘lgan. Evropaning siyosiy va ijtimoiy tizimlari shakllangan davrlardan boshlangan. Uning fikriga ko‘ra mazkur ikki asr nafaqat ziyolilar uchun balki, siyosatchilar uchun ham foydalidir.
Bolingbrokuningdavridagivamamlakatidagimadaniyvaziyatnihisobgaolibtarixo‘lishvatug‘ilishgamoyilligigashubhabildirmaydi (Mavhumbo‘lgan “aktual”va “zamonaviy” konsepsiyalariunga noma’lum). Uning kallasiga ibtidoiy tarix va varvarlik tarixi kelmagan va bular u uchun shunchaki eski-tuski narsadir. Intelektualizm va yakobinchilik reaksiya sifatida yarim asr o‘tgayagina uyg‘ongan va gullab yashnagan. Bu reaksiyaning asosiy dvigatellaridan biri uning vaandoshi publitsist Berkdir. Bundan tashqari Italiyaning chekka tumanlaridan birida ularga hayrhoh bo‘lgan Jambatista Viko ham yashagan.
Bunga misollar etarli darajada. Xaqiqiy tarixchi va tarixchi-filolog o‘rtasidagi bo‘linish buning yorqin misolidir. Afsuski munozara tarixchilarning “filologlashuviga” qarshi bo‘lsa o‘z navbatida filologlardagi shunday jarayonga ham qarshilar bor. Ruhiy ekinzorda mehnat qilgan aybsiz ziyolilar, arxivchilar va arxeologlar, baxtsiz va oq ko‘ngil mavjudotlar agarda ularni bahs-munozaralar girdobida engan bo‘lsa, bu shunchaki zarba berish emas, balki to‘g‘ri ma’noda ularning hosildorligini quritishdir. Madaniyatdagi qarshiliklarda madaniylashtirishni kiritish muhimdir. Bu jarayon Fransiya qishloq xo‘jaligida sodir bo‘lgan shoshqoloqlik bilan amalga oshgan jarayonlardan keyin uzoq muddat hukm surgan qiyinchilikda cho‘l baqasining keltirilishiga o‘xshaydi. Tarixning keraksizlik va foydasizlik g‘oyalari oxir oqibat xaqiqiy tarixiy hissiyotni mualliflari (Fontenel, Volney, Delfiko va boshq) tarixni radikal tarzda qulatgan filologik tarixga qarshi isyon ko‘tarilishiga olib kelgan. Ular uning shaklini aniqlash mutlaqo foydasiz va ishonchsizdir deb ta’kidlaganlar. Ularning tig‘lari avtoritetlariga tayanadigan filologik tarixga qarshidir. Buning misoli sifatida Russoning (Emil asarida) quyidagi so‘zlarini iqtibos sifatida keltirish o‘rinlidir:«artde choisir, entreplusieurs mensonges, celuiquiressemble mieux a laverite*.

Bularning barchasi sensualistik va naturalistik xurofotning asosi bo‘lib xizmat qiladi, tarixiy skeptitsizm esa o‘ziga o‘zi qarshi chiqadi. Tabiiy tarix fanlari tajribasi, kuzatishi va qabul qilishlariga asoslangan ya’ni tarixiy faktlarga asoslangan tag kursisi ustida qad qo‘targan.


Ammo filologik tarix dushmanlarning zarbasi ostida haloq bo‘lgani yo‘q emas balki o‘zining ichidagi ichki barqarorlik sabab halokatga uchraydi. Uni aslida ijodkori barbod qiladi, birinchidan uni hayot bilan tashqi tarafdan ilmiy masala sifatida yaratgan, ikkinchidan o‘zining har bir ta’kidiga ishonchsizlik muhitini yaratadi.Filologik tarixning stixiyali barbod bo‘lishini to‘xtatish uchun tanqid va giper tanqid o‘rtasidagi chegarani belgilab olish lozim. Birinchisiga ruxsat berish va shon sharafga burkash kerak, ikkinchisini esa ta’qiqilab qo‘yish kerak. Biroq mazkur chegaralanish ahmoqona kelishish va qarama qarshilikni to‘xtatishga qaratilgan foydasiz harakatdir. Gipertanqid tanqidni katta va kichik qismlarga bo‘lishga qaratilgan mantiqiy davomi hisoblanadi. “Ishonchli” va “ishonchsiz” avtoritetlar yo‘q, aksincha ularning barchasi ishonchsiz bo‘lib, faqatgina o‘zining ishonchsizligi darajasiga qarab farqlanadi. Bizni kim hamon sinovlar va umidlar bilan hisoblashadigan guvohning lahzadagi kuchaytirishida yoki masofa bo‘yicha yuzaga kelgan yolg‘onlarida ogoh qiladi? Neapolning kichik ko‘chalarida XVI asrda yaratilgan dono fikrlar Xudoga “ ezgu ishli odamni yolg‘onlardan asra” deb sig‘inishdan iborat bo‘lgan (har kuni ertalab uning tarixchi-filologlari ibodat qilishlari kerak). Bu tarixchilar falsafiy ma’noda tanqidni giper tanqidga olib keladigan ibratli missiyani ado etishgan. Bularning faoliyati Sanchesning ta’biri bilan aytganda «Quodnihil scitur*2.
Men yoshligimda adabiyotdan ancha yiroq bo‘lgan bir do‘stimga Qadimgi Rimning tanqidiy hatto giper tanqidiy tarixining o‘qish uchun berganimni xotirlayman. Do‘stim kiobni o‘qib bo‘lganch qaytarib berayotib “barcha filologlardan o‘zib ketgan” ekan deb ta’kidladi.

Алишер Навоий тили билан айтганда Аллоҳ оламни яратган экан, бундан унинг муроди инсон экан. Инсон пайдо бўлибдики, унинг моҳияти ёлғизликка эмас ижтимоийликка интилиб келган. Энг ибтидоий ҳолатида ҳам инсон табиат олдида ўзи сингарилар билан бирлашган. Шаклланган уюшув эса тарихда ўз босқичига кўра турлича аталади: пода, тўда, уруғ, қабила... ва ҳоказо. Бас шундай экан, тарих инсон ва жамият муносабатлари, ўз навбатида жамиятнинг табиатга нисбатан ҳамда ўзининг яшаши, учун муҳим бўлган иқтисодий заҳираларига муносабати шакллари, уларнинг ижтимоий ҳуқуқий асослари, давлат, унинг сиёсати орқали юзага келадиган турли вазиятлар, воқеа-ходисалар тизимининг ўзаро боғлаб турувчи ва фарқловчи қонуниятлари – буларни чуқур тушунмай туриб инсоният тарихини идрок этиш мушкул.


Аксинча, жамият айрим олинган индивидга нисбатан ўзининг турли қирраларга эга муносабатини шакллантиради. Ўз навбатида бу таъсирлар тизими ижтимоий бирлик ичида маълум манфаатлар қатламлари аро тақсимланади. Яъни тарихнинг ижтимоий йўналганлиги масаласи пайдо бўлади.
Инсоният тарихнинг табиат тарихидан фарқи унинг ижтимоийлигидадир. Фақат инсон онгли равишда ўз ўтмишини идрок этишга, ижобий ва салбий оқибатларини тажриба сифатида талқин қилишга қодир. Бироқ масаланинг бу ечимига қадар тарихни тушуниш йўлидаги қарашлар турли-туман ва мураккаб бўлган.
Бутун борлиқнинг тарихи саноқсиз миллиард йиллар билан, чексизликкача даражада белгиланиши маълум. Биологик қуёш шу миллиардларнинг бир қисми, халос. Инсоният тарихи эса янада кичик даврни ташкил этади. Умуман борлиқ ичра жонли ва жонсиз ҳаёт ҳақидаги тарихий тасаввурлар инсоннинг илмий-назарий ва ноилмий эмпирик билимлари маҳсулидир. Демак ўтмиш (хоҳ табиат, хоҳ жамият ўтмиши) ҳақидаги билимлар аслида ижтимоий ходисадир. Яъни инсон томонидан, унинг жамияти эришган даражаларда англаб етилган (ва баъзан англаб етилмаган ҳолда) талқин этилган билимлар мажмуидир.
Тарих фанининг бош мақсади (бу ҳақда қуйироқда алоҳида тўхталамиз) жамият босиб ўтган тараққиёт ва таназуллар, янгидан жонланишлар, сифат ва миқдор ўзгаришларининг сабаблари, жараёнларнинг кечишини, оқибатларини, ички қонуниятларини, ташқи омилларини, иқтисодий, сиёсий, маънавий шарт-шароитларини тушунтиришдан иборат.
Инсон ва табиат деганда одамзоднинг тириклиги бевосита боғлиқ у яшаган муҳитнинг ҳаёт омили сифатидаги ўрни ҳақида гап боради. Шу ғоя асосида унинг кенг талқинини тарих ва биосфера, этнос ва биосфера муносабатлари сифатида талқин қилиш фанда янгича ёндашувга олиб келди. Бу ғояни этносга нисбатан қўллаш ҳар бир ижтимоий бирликнинг ўз яшаш муҳити ҳосиласи ва ўз муҳитини ўзгартирувчи омил эканини тушунтириш имконини берди.
Инсон ва иқтисод – бу инсоннинг яшаши учун бош омилига муносабатдир. Иқтисодий омил – тарихнинг қудратли ғилдираги. Зеро, инсоният тарихи азалдан иқтисодий имконият учун кураш масаласининг биринчи ўринда бўлганини кўрсатиб келади. Иқтисодий масала ҳудудий курашлар, ўз ҳудудини ҳимоя қилиш каби воқеаларнинг бош сабаби бўлиб келган.
Бирор ижтимоий ёки сиёсий бирлик йўқки, унинг ички иқтисодий муносабатлари тарихий жараёнларнинг боришига таъсир этмаган бўлсин. Тарих бунга сон-саноқсиз гувоҳликларни беради. Ибтидоий даврлардан бошлаб линсон ва унинг турли даражалардаги жамоаси ўзининг иқтисодий таъминланиши барқарорлиги, мўл-кўллиги учун курашиб келган. Бу омилнинг мустаҳкамлиги учун жамият ичида ташкилий хўжалик жараёни, захираларни эҳтиётлаш, тежаш, меъёрлаб тақсимлаш кабилар қадимдан эътиборда турган. Ташқи оламда эса барқарор иқтисодий имкониятларни ўзгалардан тортиб олиш, ўзлаштириш кабилар жамоалар (уруғ ва қабилалар) ўртасида талаш-тортиш объектлари бўлган. Интенсив ва экстенсив иқтисодий муносабатлар тарихий жараёнларнинг ички ва ташқи омиллари бўлиб келган.
Давлатчилик жараёнларининг вужудга келишида ҳам иқтисодий-ижтимоий муносабатларнинг маълум даражага етиши, меҳнат тақсимоти, меҳнат самараларининг тақсимоти, бундаги нотенгликлар, мулкий-ижтимоий табақаланиш кабилар етакчи омил бўлган. Давлат инсон ва унинг жамиятини маълум ҳуқуқий асосда сиёсий бошқариш демакдир. Агар инсоннинг манфаатлари давлат ўрнатган ҳуқуқ тартибот туфайли камситилса, бундай давлат билан инсон ва унинг жамоаси ўртасида зиддият чиқади. Зиддият эса турли социал иқтисодий талаблар учун кураш шаклида тарихий воқеалар сабабчиси бўлади.
Инсоннинг маънавий эҳтиёжлари эришилган маданий-маънавий муносабатлар даражасига, уларнинг мазмун-моҳиятига номувофиқ ҳолларга тушса, маънавият масаласида узилиш рўй берган бўлади. Давлат ҳокимияти учун мақбул маънавий, мафкуравий талаб билан ижтимоий онг ва маънавий даража ўртасида зиддият пайдо бўлса, бундай номутаносиблик ё маънавий бухронга ёки социал портлашга олиб боради. Зеро, маънавият ва инсон муносабатлари шу жамият томонидан асрлар оша ривож топиб келган анъаналар ва маънавий илдизларга таянади. Бинобарин, маънавий дунёқараш мажмуи ҳар қандай давлатнинг мафкуравий негизини ташкил этади ва бу икки қанот ўртасида зиддият пайдо бўлади. Ҳозирги “глобаллашув” деб ном берилган жараёнлар билан узилишни оқлаб бўлмайди. Тарих, маданий-маънавий анъаналар, қадриятларнинг шакли, мазмуни, моҳияти кабиларни тарих орқали онгларга сингдириш доимий долзарб масала бўлиб қолади.
Демак, хулоса ўрнида қуйидагиларни айтиш мумкин:

  1. Тарихий билим ижтимоийдир. Бу билим хоҳ инсон ва унинг жамияти ҳақида, хоҳ табиатга хос бўлсин – унинг шаклланиши, тизим ҳолига келиши, тўлишиб, мураккаблашиб бориши, аввало инсон ва унинг тафаккурига боғлиқ.

  2. Тарих инсон ва унинг ижтимоий ҳаёти жараёнларининг узлуксиз, воқеа-ходисалари тизимини ўрганиш билан шуғулланади. Масала бу воқеа-ҳодисалар тизими бўғинларининг ички ва ташқи омилларини, қонуният сифатида баҳоланадиган жиҳатларини холисона ўрганиш, тўғри хулосалар чиқаришдадир.

  3. Инсон аввало илоҳий мушарраф зотлигидан ташқари “табиат маҳсули” ҳамдир. Зеро, инсон азал ва абад табиат имкониятларидан манфаатдор. Қолаверса, инсон биологик олий мавжудотдир. Бас шундай экан, инсон ва табиат ўртасида мутаносиблик учун кураш тарихнинг ажралмас қисмидир. Чунки инсон ҳаёт муҳити унинг иқтисодий таълимоти демакдир. Ана шу муҳитга эгалик, унинг неъматларидан фойдаланиш учун керак меҳнат ва ишлаб чиқариш жараёнлари тарихнинг асосий омилларидир.




Download 0,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish