Samarqand davlat universiteti tarix fakulteti «mutaxassislikning nazariy masalalari»


Мавзуни мустаҳкамлаш учун саволлар



Download 0,51 Mb.
bet23/38
Sana12.07.2022
Hajmi0,51 Mb.
#781882
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   38
Bog'liq
Mutaxasislik nazariyasi MAJMUA -2019

Мавзуни мустаҳкамлаш учун саволлар:

  1. 5А 220204 шифрли мутахассисликнинг мазмуни ва моҳиятини нималар ташкил этади?

  2. Тарих тадқиқотлари ва таълими учун методологик асоснинг қандай аҳамияти бор?

  3. Тарих фанида концептуал методологик қарашлардан қандайларини биласиз?

  4. Тарихни даврлаштириш ғояси ва цивилизацион ёндашув ўртасида қандай фарқ ёки зиддият бор?

Мустақил таълим учун топшириқлар:

  1. Ўзбекистонда тарих фанининг методологик асослари қандай йўлга қўйилган?

  2. “Марксча-ленинча” историографиянинг моҳияти нима эди: Фармацион қараш нега ўзини оқламади?

  3. Шарқона тарихчиликда етакчи услублар ҳақида нималарни биласиз?

Адабиётлар:

  1. Каримов И.А. Тарихий хотирасиз келажак йўқ – Т.: Ўзбекистон. – 1998.

  2. Каримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч. Т.: Ўзбекистон. – 2009.

  3. Исҳоқов М. Марказий Осиё халқлари тарихшунослигининг айрим масалалари. Ўзбек шарқшунослиги: бугуни ва эртаси. Илмий тўплам. Т.: ТДШИ. – 2010. – Б. 169-172.

  4. Ртвеладзе Э.В., Сагдуллаев А.С. Современные мифы о далеком прошлом народов Центральной Азии. Т.: - 2006.



2-Mavzu: Tarixshunoslik nazariyasida tarix va yilnomalar tushunchasi

  1. Tarixshunoslik nazariyaisda Hozirgi zamon tushunchasi.

  2. Tarixiyyilnomalar.

  3. Tarixiymanbavatarixfalsafasi.

Jonli hujjat va yilnomaga daxldor ma’lumotdan ajratilgan tarix ma’naviy hujjat emas, balki shunchaki tovushlar va belgilardan iborat oddiy narsadir. SHuningdek hayotiy bo‘lmagan hujjat ham xuddi yuqoridagi kabi tovushlar va belgilardan iborat oddiy narsadir. Tovush va harflar qonunlarni, qachonlardir diniy e’iqodga sabab bo‘lgan marmardagi ma’budning siymosini yoki vaqtlar o‘tishi bilan odam va hayvonga aylangan ko‘krak qafasi suyaklarini o‘zida aks ettirgan. Aslida quruq hikoya va o‘lik hujjat bo‘lishi mumkinmi?Negaki tanaga ega bo‘lmagan begona ruhdan .... Bizyilnoma o‘zida quruq hikoya hisoblangan


Aniqrog‘ini aytganda o‘lik hujjat qancha vaqt tursa tobora unga yangi hayot belgilari namoyon bo‘la boshlaydi, bu jarayon murda chirib ketgan va jonsiz bo‘lsada ma’lum bir hayotiy shaklga kirganga o‘xshaydi. Hech qachon tarixiy fikrni o‘zida namoyon qilmagan quruq tovushlar ham shunga o‘xshaydi. Bu fikr xususidagi xotiralar ham uning mazmun-mohiyati bo‘lib, yangi hayot shaklini o‘tmishdoshining qoldig‘i deb hisoblash mumkin.
Endi biz bizga qadar hujjatlarda hikoya tarzda yoki an’ana shaklida etib kelgan tarixiy manbalarning ko‘plab zamonaviy metodologik farqlaridagi baholanishning ahvolini ko‘rib chiqamiz. Mazkur farqlanishning empirik aspeklari irratsional tarzda namoyon bo‘lib, bu empirikka sinalmagan fikrlarni noo‘rin kiritishning ipak misoli bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Sen bu erda bu tamoyillar orqaliqandaydir chegaralanishni kiritish imkonsiz ekanligiga guvoh bo‘lasan. Boshqa narsalar kabi bo‘lgan quruq “hikoya”“xujjat” deb ataladi. Ushb chegaralanish bilan bog‘liq yana bir muammo mavjudki, bu tarix ikki xil poydevor uzra quriladi (xuddi bir oyoq qirg‘oqda, ikkinchisi esa suvda bo‘lganiday) vabu ikki parallel liniya doimiy ravishda bir biriga singib boradi. Noo‘rin parallelizmdan xolis bo‘lish uchun ikki manba o‘rtasidagi munosabatni qaysi biri narigisi ustun ekanligini va ustun bo‘lib olganligi quyisini yo‘q qilishini aniqlab olish kerak. YOki ularni xaqqiqiy abstraksiya ekanligini aniqlovchi uchinchi atamani kiritish kerakligini faraz qilish kerak. SHu bois hikoya va hujjatlarning farqni muallif tarixiy manbalarni yozma va amaliy turlarga bo‘lish yoki shu kabilarga ajratishga unchalik e’tibor bermaydigan empirik metodlar orqali ajratish menga ta’luqli emas. Germaniyada bunday farqlashni Droyzerning mashhur “Tarix elementlari” (Droyzen kuchli falsafiy tafakkurga ega bo‘lgan) asarida ko‘rishimiz mumkin. Unga boshqa nemis olimlari ham ergashib, o‘z mamlakatining falsafiy an’analariga “aralash” empirik, “tizimli” yoki bizning lotin mamlakatlarida “rasmiyatchilik” (pedant) kabi tiplarni olib kirishgan.
Falsafadagi noo‘rin pedantizmkam miqdorda uchrasada, lekin mohiyatan juda yashovchan empirik loqaydlikdan aql yordamida tafakkuri uyg‘otuvchi hisoblanadi. Buning natijasida narsalar shunchaki narsa emas balki ma’naviy hujjat ekanligini bilish imkoni beradi va amalda aloqa va birlik hukmronlik qiluvchi dualizm ustunlik qiladi. Manbalarning fikr (hikoya) va hujjatlarga bo‘linishi, ikkinchisining birinchisiga nisbatan ustunlik qilishi va hikoyaning buysunuvchi sifatida tan olinishi odatiy holdir. Tarixning ajralmas qismi bo‘lgan allegoriya (kinoya) yoki mif tarixiy fikrni hayot mazmuni va hujjatni tanqid bilan aloqasini ta’minlovchisidir.
Hujjat va tanqid, hayot va tafakkur- bularning barchasi tarixning xaqiqiy manbalari bo‘lib, boshqacha aytganda tarixiy tahlil elementlaridir. Ular tarixning o‘tmishi yoki tarixchi o‘z paqiri bilan shoshib boradigan tahlil rezervuar sifatida namoyon bo‘lmaydi. Manbalari uning ichida bo‘ladigan tarix xaqiqiy xom xayoldir (ximer). Uni yilnomaga o‘tmishdosh bo‘lgan tarix ximeri bilan birga xayoldan chiqarib tashlash kerak. Aslini olganda bu ham ximerning biridir. Manba tashqi empirik ko‘rinishiga ko‘ra yilnoma kabi tarixning o‘tmishdoshi emas balki uning davomchisi sifatida namoyon bo‘ladi.
Agar yilnomaga bo‘lgan munosabat xuddi hujjatga bo‘lgan munosabat kabi bo‘lsa ularda tarixning o‘tmishini ko‘rish paydo bo‘ladi. Inson ruhi tarix, quruq talqin va yilnomaning tana qoldiqlarini saqlaydi. Bunda ruh o‘tgan hayot, yodgorlik,lar, hujjatlar izlarini to‘plab, ularni imkoni boricha o‘zgarmas shaklda saqlab qolishga yoki o‘zgargan holadan tiklashga harakat qiladi. O‘lgan va yo‘q bo‘lib ketgan narsalarni qanday qilib saqlab qolinishini tushuntirib berish mumkin?O‘lim yoqasiga kelib qolgan tanani qabr tiklab qolishdek xom xayolli umid bo‘lishi mumkin.Lekin qabr bu axmoqlik va xom xayol emas balki uning yordamida inson mehnatining abadiyligining ramziyligi ta’minlanadi, o‘lganlar vafotidan keyin bizning xotiramizda saqlanib qolishi va kelajakda yashashi kabilarning ifodasidir. Quruq tarixning qayta yozilishi, o‘lik hujjatlarning qayta tilga kirishihayotga xizmat qilishga yo‘naltirilgan hayot faoliyatidir. U shunday bir ajoyib kunda bizning ruhimizga qaytadan jon ato qiladi va o‘tgan zamon tarixi mazmuni boyitib unga zamonaviylik bahsh etadi.
Agar hayotning o‘zi talab qilsa o‘lik tarix qayta tiklanadi, o‘tgan zamon voqealari hozirgi zamon voqeasiga aylanadi. Qadimgi rimliklar va yunonlar o‘z maqbaralarida Uyg‘onish davri evropaliklar tafakkurining yangicha qarashlari ularga qayta hayot baxshida etgunlariga qadar yotishganlar. Romantizm yoki Restavratsiya deb nom olgan evropacha ruhning yangi etani ularga “cimpatiya kiritish”, ularni o‘z manfatlariga rahbarlik qilishini tan olmasliklarigacha qadimgi rimliklar va yunonlar madaniyati unitilgan, keraksiz, tushunarsiz ibtidoiy, qo‘pol, madaniyatning varvarcha shakli deb hisoblangan. Biz uchun yilnoma hisoblangan tarix sohalari va hanuzgacha unsiz bo‘lib kelayotgan hujjatlar bir paytlar o‘zini o‘limga mahkum etishgan. Qayta jonlanish jarayoni ichki sabablarga ko‘ra amalga oshadiki, bu sabablar hech qanday boy manbalar qachonki manbalarning o‘zi bir biriga yaqinlashmasa tarqoq, tilsiz holda qolaveradi. Tarixiy tafakkurning haqiqiy mazmunini ruhning o‘zi tarix ekanligi va uning o‘zi tarixning yaratishi tamoyilidan kelib chiqmasa anglash mushkul. YA’ni o‘zi bilan butun tarixni olib yurgan va uning o‘ziga singib ketadi. Tarixda unitilishning o‘rniga qayta tiklanishning kelishi ruhning hayotiy ritmlaridan biridir.
Ruhning o‘z-o‘zini anglashi va individlashuvi bir vaqtning o‘zida ilgarigi aniqlik va individlikni olib tashlaydi va yanada boyroq, yanada ta’sirchan holatga o‘tadi. U hikoya va hujjat deb ataluvchi tashqi atributlarsiz tarix deb ifodalanadi. Biroq bu tashqi atributlar uning qurollari bo‘lib xizmat qiladi hamda o‘z echimini topgan ichki hayotiy akt jarayonlaridagi tayyorlangan bosqichdir. SHu boisdan ham ruh “o‘tganlar xotirasini”o‘zinikini qilib oladi. Bizning butun hayotimiz jarayonida qiladigan sanalar va hodisalar yon daftaridamuhirlanganishlarimiz (yilnoma) yoki stoldagi qurib qolgan gullar yoki lentalarni (menga hujjatlar to‘plash misol jarayonidagi illyustriatsiyasi uchun sentimental misol sifatida ko‘rsatish mumkin) o‘ziga xos ijtimoiy mandat bo‘lgan ishchilar sinfini tashkil etgan filologlar, aniqroq qilib tushuntirganda ma’lumotlar to‘plovchilar yoki hujjatlar va yodgorliklarni qidirib topuvchi arxivchilar va arxeologlar katta miqyosdagi amalga oshiradilar. Ushbu buyumlar saqlanadigan joylarga (tilsiz oq o‘lim makoni) kutubxonalar, arxivlar va muzeylar ta’luqli. Muhim va foydali ishlarni amalga oshiradigan arxivchi va arxeologlarni eruditga yomon munosabatda bo‘ladi deb hisoblash mumkinmi? Biroq ular ustidan marhamat qilib nazorat qilish kerak. Xaqiqatdan ham ular o‘z qo‘llarida tarixning kalitini ushlab turganliklariga ishonch hosil qiladilar, agar istasalar insoniyat istayotgan barcha istaklarni to‘playdigan “manbalarni” ochib beradilarki, shundagina xaqqoniy tarix barchaga tegishli bo‘ladi va uning manbalari barchamizning ruhimizni boyitadi. Bizning ruhimiz ya’ni hayot qiyinchiliklarida toblangan ko‘nglimiz xaqiqiy va ishonchli ma’lumotlar bilan boyiyidi, falsafa bilan sharaflanadigan filologiya esa tarixni yaratadi.

Асосий қисм


Тарихчилик ўта масъулиятли касбдир. Тарихни муайян ижтимоий, сиёсий манфаатлар талабларига бўйсиндиришга қаратилган ҳар қандай уриниш бу фан олдидаги объективлик талабига зиддир. Чунки ўтмиш тарихчи ихтиёридан ташқаридаги, бироқ, тўғри тушунилишива тушунтирилиши лозим бўлган объективликдир. Бу ўринда тарихчи ўтмиш воқеалар карвонининг охирида бораётган сайёхдек. Карвон бошидаги, ўртасидаги воқеалаор унинг учун кўриш имкониятидан ташқари ва мутлақо холис ҳақиқатдир. Воқеаларнинг келиб чиқиш шарт-шароитларини, сабабларини, уларнинг кечиш жараёнларини, оқибатларини, кейинги воқеаларга таъсирини, бу тизимни боғлаб турувчи қонуниятларни очиб бериш тарихчидан чуқур ва атрофлича билим, манбалар билан ишлаш кўникмаларини талаб қилади. Тарихчи, айниқса манбашунос тарихчи узоқ ва яқин ўтмишни ундан қолганмоддий, ёзма ва оғзаки манбалар асосида ҳаққоний тавсиф, таҳлил ва талқин қилишга масъулдир. Шу билан баробар тарихчи ўзи фойдаланаётган манбанинг воқеликга муносабатини ҳам тўғри баҳолаши лозим. Чунки, турли давр манбаларида манфаатлар зиддияти табиий ҳолдир. Тарихий жараён эса объектив бўлиб, унга муносабатлардаги субъектиаликлардан устун, барқарор ўзгармасдир.
Ўқув режасидаги барча фанлар моҳиятан мутахассислик фанининг у ёки бу қирраларини тўлдиради. Демак мутахассислик фанининг назарий масалалари ўз навбатида кафедра ўқув фанларининг назарий асосларини, уларнинг методологик заминини, қолаверса, тарихни ўрганишнинг манбавий асосларига муносабатини шакллантиради.
Мутахассисликнинг назарий масалалари ўз навбатида кафедра ўқув фанларининг назарий асосларини, уларнинг методологик заминини, қолаверса, тарихни ўрганишнинг манбавий асосларига муносабатини шакллантиради.
Мутахассисликнинг назарий масалалари тарихий жараёнларнинг узлуксизлиги орқали идрок этилади. Зеро, инсоният пайдо бўлибдики, унинг ижтимоий ҳаёти узлуксиз ва давомийдир. Тўғри, тарих текис ва равон кечмаган. Баъзан бутун-бутун цивилизациялар, этнослар ўтмиши қарига чўккан. Бироқ, уларнинг меросидан таъсир олган янги маданий-ижтимоий жараёнларга сингиган. Нисбатан яқин ўтмишда тарих саҳнасидан тушган суғдлар ўзларининг асрий маданиятини ўзларидан кейин шаклланган янги этносларга мерос қилиб қолдирдилар. Қадимда шумерлар халқ сифатида “тугаб” аккадларнинг синкрет маданиятига кўп цивилизацион хусусиятларни қолдирдилар ва ҳоказо.
“Мутахассисликнинг назарий масалалари” фани асос эътибори билан методологик хусусиятга эга. Метод ва методология масаласи эса ўзаро узвий боғлиқ икки сатҳ бўлиб, бири бирисиз амал қилмайди. Чунки, метод муайян масалани тўғри тавсиф этиш, тушуниш, ва талқин қилишнинг жорий усуллари демакдир. Метод бу маънода муаммонинг ҳал қилиниши (талқин этилиши) олдига қўйиладиган бош мақсадни кўзловчи тадқиқот ғоясига тобе ва унга хизмат қилади. Шу сабабли метод тадқиқот объектининг таркибини белгилаш, масаланинг турли қирраларини очишнинг энг қулай йўлларини аниқлаш демакдир. Бу хусусият билан метод метод масаланинг моҳиятини, унинг ўрганилиши олдидаги бош мақсадни ҳал қилишнинг турли воситаларидир. Метод фаннинг (муаммонинг) ҳал қилинишидаги тактика бўлса, методология тадқиқот стратегиясидир.
Метод ва мтодология бир томондан тадқиқотчиликда, иккинчи томондан таълим жараёнида муҳим аҳамият касб этади. Буларсиз тадқиқот ва ўқитиш ишларини тасаввур қилиш қийин.
Тарих фани тараққиётида метод ва методология муаммолари доимий равишда олимлар диққатида бўлиб келган. Қадимги юнон-рим тарихчилари “кўрганлик ва эшитганлик” бўйича маълумотлар баёнини берганлар. Қадимги туркий халқлар “тарихчилиги”да ўтмишни ибрат қилиб кўрсатиш ва хатоларни такрорламаслик ғояси сингдирилган (Билга хоқон, култегин ёдномалари). Ислом даври тарихчилигида Одаматодан муаллифгача тарихни бериш тамойили кучайган. Методологик янги йўналиши “Хвадайномак”, “Шоҳнома”, “Тарих ар-русул ва ал-ҳукамо” типидаги ўрта аср манбаларида давом этди. Хусусан, “Шохнома”, “Тарихи мулуки Ажам” (А.Навоий) каби асарлар учун Шарқ тарихида кайёнийлар, пешдодийлар, ашконийлар, сосонийлар каби тўрт сулолавий хронология амал қилди. Аммо бу тарихлар реал тарихни ровий, ҳатто асотрий тарихий тафаккурдан ажратмаган. Улуғбекнинг “Тўрт улус тарихи”да генеологик илдиз масаласи анъанавий, одам алайхиссаломдан бошланиб, турк-муғул анъанасини акс эттирди. Абулғозий Баходирхоннинг “Шажараи Турк” асари ҳам шу руҳда тузилган.
Персонал (айрим шахс) фаолият тарихларидан бошлаб тарих тафаккурида ровий тарих билан ҳаётий (реал) тарих ажратила бошлаган.
Ғарб тарихчилигида Августин (мил. 354-430 йй.) ўзининг “Илоҳий давлат” (“De civitate dei”) асарида самовий подшолик ва ердаги подшолик ғоясини қарама-қарши қўйди. Тарихда дуализм оқами шундан бошланади. Унинг фикрича барча тарихий жараён ердаги шайтоний давлат вақти келиб тугагач, самовий, илоҳий подшолик даври бошланади. Ердаги шайтоний давлат Одаматонинг икки ўғлидан бири Қобул томонидан хотилнинг ўлдирилишидан бошланган. Қобул ерда улкан “қароқчилар давлатини (маконини)” бошлаб берган. Бу ўз интиҳосига етади. Римнинг қулаши билан бу “макон”нинг тугаши бошланган. Эндиликда эса Византия тимсолида (Константин қироллиги) илоҳий самовий давлатнинг пайдо бўлиши учун илк даракчидир деб уқтиради Августин.
Шарқ тарих тафаккурида ҳам сулолалар тарихи мисолида сўнгги подшолик адолатли ва худога мактуб давлат сифатида кўрсатилиш анъанаси бор ва буни махсус тадқиқ этилиши лозим.
Ғарбда Клавдий Птолемей тарихни географик талқин қилиш анъанасининг асосчиларидан бири давлат тарихини турк хронологик босқичга бўлган: Ассиро-Вавилон, Мидия-Форс, Юнон-Македон ва Рим босқичлари. Бу юқорида келтирилган шарқона “Тўрт босқич” анъанасидаги асотир ва тарих қоришмасидан кўра тарихан ҳақиқий босқичлар эди. Бироқ, Рим империясини бу қараш ердаги охирги давлат, деб кўрсатади. Шу билан бирга тўртала босқич худонинг иродаси билан рўй берган ва у босқичлар инсониятнинг сиёсий бирлашувига хизмат қилган. Эндиликда инсоният, эмишки, Византия бошчилигида илоҳий давлат атрофида бирлашар эмиш. XII асрда яшаган тарихчи Оттон Фрейзинген Рим империяси одамзоднинг христиан дини атрофида бирлашуви учун замин ҳозирлаган, дея хулоса чиқарган эди. (“Хроника от сотворения мира” номли китобда). Гўё, Худо Римга қудрат бериб, унинг императори шахсида одамларни итоатга ўргатган ва оқибатда худодан ҳам қўрқадиган итоатли бўлишга ўргатган.
Ғарб тарих тафаккури тараққиётида Августин ва унинг издошлари “Тўрт хронологик босқич” назариясини XVI-XVII асрларгача давом эттирдилар. Ғарб гуманистик тарихчилик ҳамда эрудит тарихшунослик мактабларида ҳам мазкур қараш таъсири кузатилади.
Шарқда Ибн Халдуннинг ижтимоий тарих назарияси тарихга ижтимоий ҳодиса ва жараён сифатида қараш оқимининг бошида туради. Ғарбда Ибн Халдун қарашлари Вико, Тюрго, Фергюсан, Кандорс, Конт, Спенсер каби олимларнинг назарий қарашлари шаклланишида муҳим таъсир кўрсатган.
Нисовий, Ибн Арабшоҳ каби шарқ тарихчилари тарихга фаталистик (тақдирда ёзилган ҳодиса сифатида қараш)ни етакчи ўринга қўйдилар. Масалан, уларнинг фикрича, Султон Жалолиддин Мангбурни ёки Амир Темур қанчалик қудрат ва салоҳиятга эга бўлмасинлар, тақдири азал ҳукмидан чиқа олмайдилар, қабилида талқин қилинади.
Хулоса ўрнида тарихий жараёнларнинг ягоналиги, уларнинг ижтимоий асослари, воқеа-ходисаларнинг сабаб ва оқибат муносабатлари, ҳаракатлантирувчи кучлари, пассионаризм ва бошқа масалалар тарихнинг методологик асослари объективизм руҳида бўлиши учун муҳимлигини таъкидламоқ лозим.

Download 0,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish