Samarqand davlat universiteti tarix fakulteti «mutaxassislikning nazariy masalalari»


Mavzu: Tarixshunoslikda tarixning insonparvarligi



Download 0,51 Mb.
bet31/38
Sana12.07.2022
Hajmi0,51 Mb.
#781882
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   38
Bog'liq
Mutaxasislik nazariyasi MAJMUA -2019

Mavzu: Tarixshunoslikda tarixning insonparvarligi.
1.Tarixshunoslikda qarshi fikrlar.
2.Gumanizmning ilk shakllari.
3.Tarixshunoslikda sabab-oqibat tushunchalari.
Tarixning deterministik konsepsiyasi har doim “tarix falsafasi” ni rad etadi va u bilan bahslashadi, bu mantiqiy muqarrardir, chunki “tarix falsafasi” voqelikka bo‘lgan transsendent nuqtai nazarni anglatadi, determinizm esa immanent nuqtai nazarni. Lekin dalillar shundan gapiradiki, tarixiy determinizm uzluksiz “tarix falsafasi”ni vujudga keltiradi; va mantiqiy nuqtai nazardan bu dalil oldingisidan ko‘ra muqarrardir, chunki determinizm naturalizmdir va shuning uchun immanentdir, biroq bu to‘liq bo‘lmagan va yolg‘on immanentlikdir; aytish mumkinki, u immanentlikka intiladi, lekin unga etmaydi, u qanchalik intilmasin, yana transsendentlikka aylanadi. Kimning ongida immanentlik va transsendentlik to‘g‘risida, tarix falsafasi transsendentlik kabi va tarixning deterministik, naturalistik g‘oyalari yolg‘on immanentlik kabi to‘g‘risidagi tasavvur paydo bo‘lgan kishilar uchun bularning barini tushunish qiyinchilik uyg‘otmaydi. Biroq bu mos kelishlar va qarama qarshiliklar tarix muammosiga nisbatan qanday namoyon bo‘lishida batafsil to‘xtalishimiz kerak.
“Avval dalillarni to‘plab, keyin ularning sabablarini birlashtirish kerak”, bu maktabning eng sara va notiqchi nazariyotchilaridan biri Tenning eng mashhur formulasini batafsil so‘zma so‘z takrorlasak yoki tarixchining asarini deterministik konsepsiya mana shunday anglatadi: “Apres la collection des Jbits, la recherché des causes”6. Qo‘pol, o‘pirilgan dalillar real bo‘lsada, fan nuridan yorishmagan, intellektning boyligiga aylantirilmagan, sabablarni o‘rganish esa ularga zarur bilish mumkinligini beradi. Lekin hech kimga sir emaski, sabab aloqalari yordamida ikki dalilning birlashuvida nima sodir bo‘ladi, ya’ni sabab-oqibat zanjiri tizilganida: benihoya regressiv harakat boshlanadi va siz qiyinchilik bilan tuzilgan zanjirning yakunlanish sabablarini hech qachon topolmaysiz.
Umuman olganda, bu qiyinchilikni ko‘plab tarixchi-deterministlar juda oddiy usul bilan engishadi: ma’lum muddatda ular zanjirlarini tizishdan to‘xtaydilar, bu zanjir boshqa zvenoda uzilgan edi, boshqa uchidan (tahlil jarayoni boshlangan paytdan) zanjirning bu uzilishini yakunlangan va berk narsa kabi qarashadi. Darvoqe, tarixiy metodologiyada mashhur bo‘lgan va mantiqiy bazani bu jarayonga olib borishga harakat qilgan nazariya shu erdan kelib chiqgan: tarix “eng yaqin” sabablarni o‘rganishi kerakdek, go‘yo. Biroq bu “eng yaqin sabablar” qanaqa ekanini kim aniqlashi kerak? Majburan sabablar zanjiri bo‘ylab o‘rganish kerak bo‘lgan fikr “haqiqiy” sabablardan tashqari hech narsani bilishni istamaydi va ular yaqinmi uzoqligi, makondami yoki vaqtdami ekanligi muhim emas (makon ham vaqt kabi, ne faitrien al`affaire7). Bu nazariya anjir bargidan ziyod emas, tanqidiy fikrlovchi kishining uyalmaydigan mantiqsizligini berkitadi, foydali bo‘lsada, mantiqsizligicha qoladi. Anjir bargi esa uyat oxirigacha yo‘qolmagan va uning boyligi shunda, deydi, agar uyatni butunlay yo‘qotsa, injiqliklarimiz sababli ixtiyoriy olingan “sabablar” “oxirgi haqiqat” degan fikrga kelish mumkin: tarixchining so‘zi Ollohning irodasi va olamni yaratuvchi so‘zga tenglashtiriladi, unda ba’zi teologlarning fikricha haqiqat mavjud. Bunday nutqlardan keyin Tenni (uning fikrlash formasi uchun emas, balki fanga bo‘lgan ehtirosli ishonchi uchun hurmatga sazovor bo‘lgan muallifni) izohlashni istamayman, lekin shart. Gohida “irq”, gohida “payt” deb nomlanuvchi sababgacha uzoq qidiruvlardan keyin etib kelib, aytaylik ingliz adabiyoti tarixida “shimollik” yoki “nemis” tushunchasigacha unga xos xarakter va aql bilan, sovuqqonlik, abstrakt g‘oyalarga qiziquvchanlik, keltirilgan tartibga iltifotsizlik va da’vogarsiz did bilan Ten tantanali ravishda shunday dedi: “La s`arête la recherche on est tombe sur quelque disposition primitive, sur quelque traitpropre a toutes les sensations, a toutes les conceptions d`un siècle ou d`une race, sur quelque particularite inseparable de toutes les demarches de son esprit et de son cceur. Ce sont la les grandes causes, les causes universelles et permanents …”8 Ularda ibtidoiy va doimiylikdan nima bor – faqat Tenning fantaziyasiga bog‘liqdir: tanqid “irq” va “payt” tushunchalari bilan belgilangan dalillar guruhlar yoki dalillar genezisini talab qiladi va bu talab bilan ularning na umumiy va na doimiy bo‘lolmasligini ko‘rsatadi, chunki “umumiy va doimiy dalillar” ma’lumki, mavjud emas; ular le Germain I`Homme va du Nord 1 ham bo‘lolmaydi, hatto bir necha ming yillar saqlanuvchi mumiyalar ham, ularda o‘zgarishlar bo‘ladi, lekin sekin.
SHunday qilib, tarixning deterministik tushunchasiga amal qiluvchi, lekin qabul qilingan tadqiqotni yolg‘on uydirmalardan pana qilishni istovchilar zudlik bilan bunday usul bilan qo‘yilgan maqsadga erishib bo‘lmaslikni tan olishlari kerak; lekin boshqa tomondan, usulning zararli ekaniga qaramasdan ish boshlangan, tadqiqotchining qaytatdan boshlash va boshqa yo‘ldan borish yoxud yo‘nalishni o‘zgartirib oldinga harakatlanishdan boshqa ilojisi yo‘q.
Bukilmas naturalistik shart sharoit bilmasdan ikkinchisiga eltadi. Lekin ikkinchi yo‘lni tanlash determinizmdan voz kechish, oldingisiga qarama qarshi bo‘lgan usulni qo‘yib, tabiat va uning sabablari yonidan o‘tishdir, ya’ni boshqa toifani deb sabab toifasidan bosh tortish demakdir, bu tashqi va transsendent maqsad bo‘lishi mumkin yoki aksinchaning sababi. Demak, transsendent maqsadni topish “tarix falsafasi” demakdir.
Bu qidiruvdan izchil nuturalist (bunday nuturalistni men hech narsaga qaramasdan “fikrlashni davom ettiruvchi” yoki “xulosa chiqaruvchi” kishi deb atayman) o‘zini chetga olmaydi va ishning mohiyatiga ko‘ra chetlashmaydi, uning yangi fikri qanday bo‘lishiga qaramasdan; xatto maqsad yoki oxirgi sababni o‘rganib bo‘lmasligini e’lon qilib chetlashishni istaganda ham buni qilolmaydi. Naturalizm har doim o‘zini tarix falsafasi bilan bog‘laydi, uning ifodalanish shaklidan qatiy nazar: yohud borliqni o‘zaro bog‘langan atomlar xaosi deb tasavvur qiladi, va bu tartibsiz birlashmadan, ularning bu titrog‘idan tarixning borishini chiqaradi, unga bu atomlar ibtidoiy parchalanishga qaytib yakun yasashlari mumkin; yohud yashirin Ilohni Materiya, Tafakkur yoki shu kabi deb ataydi; yohud uni o‘z fikrlarini amalga oshirish uchun sabab-oqibat zarurligiga olib keluvchi Ong kabi tushunadi. Va aksincha, tarixning har qanday faylasufi o‘z dualizmidan kelib chiqib naturalistchidir, shunga ko‘ra Iloh va Olam, G‘oya va Dalil, tashqi yoki bu G‘oyaga bo‘ysunuvchi tushunchalarini mulohaza qiladi; maqsad va uning ixtiyoridagi maqsadlar podsholigi; osmon shahri va er shahri; har doim iblisga oid u yoki bu darajada. Tarixiy determinizmning istalgan tuzilishini olaylik, va siz oshkor yoki yashirin transsendentligini ko‘rasiz (misol uchun, Tenda u “Lase” yoki “Su`ec|e” 9 nomini olgan, ular ilohiy qudratga ega); “tarix falsafasi” ning istalgan tuzilishini oling va oldingizda uning dualizmi va naturalizmi ochiladi (aytaylik, Gegelda isyonli va kuchsiz dalillarga yo‘l qo‘yishda, ular qarama qarshilik qiladi yoki G‘oyaga bo‘ysunmaydi). SHunday qilib, naturalizmdan “tarix falsafasiga” chiqish muqarrardir.
Lekin “tarix falsafasi” shunchalik teskariki, undan kelib chiquvchi va unga qarama qarshilik qiluvchi determinizm tushunchasi kabi. Qo‘pol dalillarni birlashtirish usulini qabul qilib va shu bilan birga engib, u birlashtirish uchun bundan ortiq dalillarni topmaydi va bu qo‘pol dalillarga aloqni emas, balki “ahamiyatni” ularning transsendent jarayoni jabhasi kabi tanishtirib xabar qilish kerak. O‘z qo‘polligi sababiga ko‘ra bu dalillar itoatkordir, bu jarayonni tan olish va mazkur jarayonni uning transsendentligida ko‘rsatish uchun dalillarni vujudga keltiruvchi yoki taxmin qiluvchi fikr emas, balki o‘zga ekstralogik organ talab qilinadi (masalan, aprerior tushunchalar bilan operatsiya qiluvchi fikr: Fixte), agar ruxda mavjud bo‘lsa ham, faqat negativ daqiqa kabi, amaldagi mantiqiy fikr bo‘shlig‘i kabi. Bu bo‘shliqni zudlik bilan praxis to‘ldiradi, boshqacha aytganda nazariy refleksiyada nomini oluvchi hissiyot. SHe’riy xarakter tarixning barcha falsafasida o‘z o‘zidan tushunarlidir, Ilohlarning – u yoki bu xalq yoki individning himoyachilarining yohud yorug‘lik Ilohining va zulmat va yolg‘on kuchlari bilan haqiqat bilan kurashi shaklida tarixiy voqealarni va xuddi shunday xalqlarning, etnik guruhlarning yoki individlarning hukmdorlikka yoki insonning – haqiqat va oliy yaxshilikka intilishini antik tasvirlagan; xuddi shunday eng zamonaviy turli natsionalizm va etnotsentrizmda (italyan, german, slavyan va h.k.) ko‘tarinki ruh paydo bo‘ladi va tarixning borishini Ozodlik qasriga intilish kabi yoki ibtidoiy kommunizm jannatidan o‘rta asr qulligidan, krepostnoylikdan, yollanma mehnatdan kommunizmgacha o‘tish kabi tushuniladi, faqat endi ongsizdan emas ongliga, jannatli emas, insoniyga. SHe’riyatda dalillar mavjud emas, so‘zlar bor, voqelik yo‘q, obrazlar bor, shunday bo‘lishi ham kerak, agar biz sof she’riyat doirasida qolsak. Lekin biz u erda qolmaymiz, chunki obrazlar va so‘zlar bu erda g‘oyalar va dalillar kabi chiqadi, aniqrog‘i miflarning: Taraqqiyot, Ozodlik, Iqtisodiyot, Fan, Texnika to‘g‘risidagi – agar ular voqealarning tashqi dvigatellari kabi tushunilsa, ularda mifga oid narsalar Iloh va SHaytonda, Mars va Venerada, Iegova va Vaalda yoki boshqa ilohiy predmetlardagidan kam emas. SHuning uchun tarixiy determinizm o‘zining antagonisti “tarix falsafasi” ni vujudga keltirib, maqsadlar olamini sababli aloqalar olami uchun, mifni dalil uchun, tasavvur etishni kuzatish uchun rad etib o‘z eshigidan cho‘qinishga majbur bo‘ladi.
Tarix falsafasi va tarixiy determinizmning o‘zaro rad qilinishi, ikkalasini bittaga aylanishini eklektiklar odatda bir birini qo‘llab quvvatlashlari uchun o‘z ittifoqini mustahkamlovchi yoki mustahkamlaydigan ikkita mavjudotning mavjud bo‘lishi singari qabul qiladi. Eklektika, mutate nomine`, zamonaviy falsafada yovuzlik qilar ekan, uning tarix majburiyatlariga sabablarni topishdan tashqari tarixiy rivojlanishning “ahamiyatini” yoki “bosh rejasini” o‘rganishni yuklashi xayratlanarli xol emas (Labriola, Zimmel, Rikkertning “tarix falsafasi bo‘yicha asarlariga qarang”); metodikalarni tuzuvchilar empirizmga va binobarin eklektikaga uchragan bo‘lsa, ular tarixni hujjatlarni yig‘ish va tanqidiy tahlil qilish va voqealarni yaratish bilan band bo‘lgan tarixga va “tarix falsafasiga” bo‘lishga qiziqib qolgan (Bernxaym qo‘llanmalarini varaqlash kifoya); nihoyat, sog‘lom fikr elektik ekan, uning tarafdorlarini quyidagi tezis atrofida birlashtirishdan osonrog‘i yo‘q: oddiy tarixga biz qaerdan keldik va qaerga ketayapmiz, degan savolga javob topish va ularda yopiq ma’noni topish uchun fikr dalillar zanjiriga qaytishi kerak; boshqacha qilib aytganda, tarix bilan bir qatorda “tarix falsafasi” turishi kerak. Bu ikkita bo‘sh o‘rinni to‘ldiruvchi eklektika ba’zan o‘z o‘zidan ustun turishga harakat qiladi va bu noqonuniy fanlarni birlashtirishga yoki fanlarni ajratishga tirishadi. SHunda “tarix falsafasi” ni himoyalashda ehtiyotkor ovozlar eshitiladi: unga “ilmiy” va “pozitiv” yondashuv kerak emish, ong yoki Ilohiy taqdir7ning harakatlanish mexanizmlarini ochuvchi sabablarni o‘rganish zarur, har doim beadab fikr qabul qilishga tayyor bo‘lgan, lekin keyin bajarilmasdan qoladigan dastur8.
Oddiy misol tariqasida Flintning asarlarini ko‘rish mumkin; lekin Gegel va gegelchilar Flintdan ko‘ra kam radikal ekan, ikkita qarama qarshi usullarning hamkorligini tan olishdi, bu xato fikrning izlarini “tarix falsafasi” dan topish mumkin. Bunda Gegel keltirgan yolg‘on analogiyani aytish mumkin: guyoki aprior va tarixiy dalillar o‘rtasida tabiiy fanlar va matematika o‘rtasidagi aloqa mavjuddir: “Man mufi mit dem Kreise dessen, worin die Prinzipien fallen, wenn man es so nennen will, a priori vertraut sein, so gut als Kepler mit den Ellipsen, mit Kuben und Quadraten undmit den Gedanken von Verhaltnissen derselben a priori schon vorher bekannt sein musste, ehe era us den empirischen Daten seine unsterlichen Gezetze, welche aus Bestimmungen jener Kreise von Vorstellungen bestehen, erfinden konnte”.-
“Barcha rivojlanishlar u orqali o‘tadigan aylanalar, agar ularni shunday atash bizga qulay bo‘lsa, buni Kepler o‘ylagan bir xil proporsiyalarda ellipslarga, kub va kvadratlarga o‘xshatish mumkin; unga apriorlar uning empirik ma’lumotlardan o‘zining o‘lmas qonunlarini chiqarganida tanish bo‘lishi kerak edi, ular doiralarning vazifalari to‘g‘risidagi tasavvurni beradi”.



Download 0,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish