105
qoldiradigan “ikkinchi umr”-da ko‘radilar. Har bir jamiyatning taraqqiy topishi
yoki tanazzuli hayotning ma’-nosini ana shu tarzda tushunuvchilarning ko‘pligi
yoki kamligi natijasida ro‘y beradi, bir so‘z bilan aytganda, bunday tom ma’noda
“elim deb, yurtim deb yonib yashaydigan” odamlar yuksak axloqli, demokratik,
erkin jamiyatning ustunlaridir.
Biz yuqorida ko‘rib chiqqan toifalar ikki umumiy ijtimoiy-ma’naviy guruh-
ning biriga, ta’bir joiz bo‘lsa, shartli ravishda dunyoviy
deb ataladigan qismiga
mansub.
Ikkinchi guruhni esa e’tiqodiy-diniy deb nomlash mumkin. Bu guruh hayot-
ning ma’nosini Xudoni topishda, Unga yetishishda deb biladi. Bunda goho cherkov
yoki shariat aqidalari orqali emas, balki muhabbat vositasida ham Xudoga
murojaat qiladilar. Masalan, buyuk rus mutafakkiri va yozuvchisi,
pravoslav
cherkovidan ronda qilingan Lev Tolstoy hayotning ma’nosini quyidagicha
tushunadi: “Men faqat Xudoga ishongan onlarimdagina haqiqiy yashaganimni
esladim... Xudoni tanish va yashash degani bir xil gap, Xudo hayot demakdir”,‒
deb yozadi u o‘zining mashhur “Iqrornoma” asarida.
151
Ko‘rib o‘tganimizdan ma’lum bo‘lyaptiki, hayotning ma’nosini tushunishda
har ikki ijtimoiy-ma’naviy guruhda ham turli qarashlar mavjud. Lekin ular bir
masa-lada yakdil: ular hayotning ma’nosi o‘z manfaatlarini o‘zgalar manfaati bilan
bog‘-lab, oliy qadriyatlar va yuksak aqidalarni
ichki shior qilib yashashdadir,
degan axlo-qiy qoidaga binoan umr kechiradilar.
Baxt.
Hayotning ma’nosi ideal bilan bog‘liq bo‘lgani kabi baxt atamasini
ham hayotning ma’nosi tushunchasidan ajratib olingan holda tahlil etish mumkin
emas. Zero, baxt inson o‘z hayoti ma’nosini qay darajada tushungani va shu
ma’nodan umri mobaynida qoniqish hosil qilib borishidan iboratdir. Har bir
insonda qoniqish hissi undagi maqsadlarning takomilga yetganidagina ro‘y beradi.
Faqat bu takomilga yetish jarayoni bir umr davom etadi. Shu ma’noda buyuk
ajdodimiz Abu Nasr Foro-biy: “Baxt ‒ har
bir inson intiladigan maqsad, zotan u
muayyan komillikdir”,‒ de-ganida ko‘p jihatdan haq edi.
152
Faqat bu qoniqish ham davomiylik tabiatiga ega ekanini unutmaslik lozim,
uni lazzat bilan aynanlashtirish to‘g‘ri emas. Lazzat oniylik xususiyatiga ega,
o‘zini faqat jarayondagina namoyon etadigan hodisa va u moddiy hayotdagi real,
ammo o‘tkinchi ehtiyojlardan kelib chiqadi. Masalan, gastrologik yoki shahvoniy
lazzatni olib ko‘raylik: deylik, siz kabobni xush ko‘rasiz va lazzatlanib yeya
boshlaysiz, lekin biroz muddat o‘tgach, to‘yasiz, boshqa yegingiz kelmay qoladi;
shahvoniy lazzat ham shunday. Baxt esa ma’naviy ehtiyoj bilan bog‘liq, unda
maqsadlarga
birin-ketin erisha borish, qoniqish jarayoni, boya aytganimizdek, bir
umr to‘xtamaydi va doimo lazzat va zavqni o‘z ichiga oladi.
Baxt, garchand, orzu kabi idealning hissiy-ehtirosli shakli sifatida ko‘zga
tashlansa-da, aslida undan farqli o‘laroq, shaxsning intilishini emas, shu
intilishning ro‘yobini anglatadi. Har bir intilishning ro‘yobga chiqishi esa muayyan
tayyor-garlikni va kurashni taqozo etadi.
151
Толстой Л.Н. Собрание сочинений в 22 т. Т. 16. М., ИХЛ, 1983. С. 151.
152
Аль – Фараби. Социально-этические трактаты. Алма – Ата, Наука, 1973. С. 3.