Samarqand davlat universiteti isoqjon negmatov ijtimoiy ishning etik



Download 3,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/320
Sana26.01.2023
Hajmi3,6 Mb.
#903183
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   320
Bog'liq
544380b408b004544d7b8cdc14ddc379 Ijtimoiy ishning etik professional qadriyatlari

Qadr-qimmat.
Qadr-qimmat tushunchasi ‒ inson o‘z qadrini, bu dunyoda 
uning hayoti oliy qadriyat ekanligi, o‘z shaxsi oldida o‘zi ma’sul ekanligini 
anglash uchun xizmat qiladigan hissiyot. U nomus, g‘urur tushunchalari bilan 
bog‘liq, bir tomondan, insonning o‘z qadrini har qanday holatda ham yerga 
urmasligini taqozo etadi. Masalan, iste’dodli, vijdonli, ijtimoiy ish xodimi biror bir 
ishini hal qilishi uchun nokas boyvachchaga yoki to‘pori rahbarga yalinsa
garchand o‘z maqsadiga yetsa ham, bu o‘zi tomonidan o‘z qadrini yerga urishdir. 
Pirovard natijada o‘zini kamsitilgan his qiladi, bundan afsus bilan yashaydi. 
Qadr-qimmatning yana bir jihati – insonning boshqalar yoki jamiyat tomo-
nidan kamsitilishi bilan bog‘liq. Bunda kishining hayotida egallagan haqiqiy 
o‘rnini atayin tan olmaslik, boshqa birov, guruh yoki jamiyat tomonidan ko‘ra-bila 
turib, uni chetga surib qo‘yish va shu orqali uni iztirobga solishi kabi usullarni 
qo‘llashdir. Bunday usullar ma’naviy saviyasi past odamlar orqali, qonunlari 
ishlamaydigan totalitar va avtoritar boshqaruv hukumronlik qilgan jamiyatda ro‘y 
beradi. Bunga misol tarzida Abdulla Qodiriy, Cho‘lpon kabi buyuk siymolarning 
qamashga, otishga hukm etilishini yoki iste’dodli ziyolilarga atayin unvonlar 
bermaslik, iloji boricha ularning nomini xalqqa yetkazmaslikka harakat qilish 
hollarini keltirishimiz mumkin. Faqat bugina emas, Sho‘rolar tuzumida “sovet 
xalqi” deb atalgan million-lab fuqarolarning qadr-qimmati oyoqosti qilindi: ular 
ochlikka, surgunlarga, konsentratsion lagerlar azoblariga mahkum etildilar
qiynoqlarga solindilar. Bularning hammasi faqat iqtisodiy qiyinchiliklar oqibati 
emasi, balki mustabid tuzum tomonidan inson g‘ururini oyoqosti qilib, uni 
qo‘rqoq, bo‘ysunuvchi jonzotga aylantirish uchun olib borilgan mash’um siyosat 


103 
edi. Chunki g‘ururini yo‘qotgan kishida qadr-qimmat hissi o‘ladi, u haqiqat, adolat 
va insoniy huquqlar tantanasi uchun kurashdan o‘zini olib qochadi. Zotan, qadr-
qimmat insoniy g‘ururning jamiyatdagi ijtimoiy-axloqiy munosabatlarda in’ikos 
etish shaklidir. 
Lekin g‘urur me’yorida bo‘lishi kerak, ya’ni kishining asl qadr-qimmatiga 
mos kelishi lozim. G‘ururdagi me’yorning buzilishi kishini kibrga olib keladi: u 
o‘zining va boshqalarning qadr-qimmati to‘g‘risida noto‘g‘ri tasavvurga ega 
bo‘lgani uchun kibrlanadi, manmanlikka beriladi. Kibrli kishi o‘zini zo‘r deb 
biladi. Bu shunchaki ro‘y bermaydi. Aslida u o‘z qadr-qimmatining 
boshqalarnikidan past ekanligi tufayli, uni sun’iy ko‘tarishga harakat qiladi, 
ma’naviy bo‘shliqni boshqalarga past nazar bilan qarash orqali to‘ldirishga intiladi, 
bu yo‘lda yolg‘on va maqtanchoqlikdan toymaydi. Pirovard natijada, u 
atrofdagilardan ajralib qoladi, o‘zgalarning nafratiga sazovor bo‘ladi, asl o‘zligini 
topolmagan axloqsiz kimsaga aylanadi. Shu bois doimo insonning “o‘z o‘rni”ni ‒ 
qadr-qimmatini real bilishi, o‘zgalargagina emas, birinchi navbatda, o‘ziga baho 
bera olishi muhimdir. Xullas, qadr-qimmat – insonning o‘zi, o‘zgalar va jamiyat 
tomonidan oliy qadriyat sifatida e’tirof etilishi, uning ma’naviy huquqlarining tan 
olinishidir. 
Ideal. 
Bir qaraganda, idealda ham baholash xususiyati mavjuddek tuyuladi. 
Lekin aslida u qiyoslashga asoslanadi. Antiqa tomoni shundaki, idealda nomavjud, 
xayoldagi insonga voqelikdagi real, mavjud inson, hayotdagi hodisalar 
qiyoslanadi, ya’ni bor narsa yo‘q narsa bilan o‘lchanadi. Zero, ideal hayotda 
mavjud bo‘lishi mumkin emas ‒ bu hammaga ayon gap. Buning ustiga, ideal, yirik 
ma’noda, hozirgi zamonda ham, kelajakda ham bo‘lmaydi, uning mavjudlik sharti 
‒ o‘tgan zamon. Shunday qilib, idealga intilish shaxsning o‘z zamonasidagi odatiy 
sharoitga sig‘maslik, uni tezroq kengaytirish uchun qilingan xatti-harakatidir. Bu 
xatti-harakat uchun namunani inson, hozirgina aytganimizdek, kelajakdan 
topolmaydi, chunki namuna tarixiylikni, tajribaviylikni talab etadi; axloqiy idealga 
aylangan shaxs tarixiy tajribadagina mavjud bo‘ladi va muayyan zamonga kelib, u 
ma’lum ma’noda mubolag‘aviy hamda afsonaviy ta’rif-tavsif bilan boyitiladi, ya’ni 
ideallashtiriladi. Bunga ideal odil podsho No‘shiravoni odil yoki ideal saxovat 
egasi, jo‘mard inson Hotami Toy Yamaniy siymolari yorqin misol bo‘la oladi. 
Inson ideal sari intiladi, o‘z hayotini unga qiyoslaydi, unga taqlid qiladi. U 
inson hayotidagi eng oliy axloqiy talabki, uning bajarilishi shaxsni komillikka 
yetkazadi. Albatta, hayotda bunga to‘la erishib bo‘lmaydi, lekin inson ana shu 
komillikni o‘ziga namuna bilib, idealga intilib yashashi jarayonida nisbiy-hayotiy 
komillikni qo‘lga kiritadi. 
Dunyoviy ideal bilan, to‘g‘rirog‘i, ijtimoiy-axloqiy ideal bilan diniy ideal, 
bir qaraganda, o‘xshashdek ko‘rinsa-da, aslida keskin farq qiladi. Chunonchi, 
musul-monlar uchun ‒ Muhammad alayhissalom, nasroniylar uchun ‒ hazrati Iso, 
yahudo dinidagilar uchun ‒ hazrati Muso ideal hisoblanadi. Ular ideal sifatida hech 
qachon o‘zgarmaydi, boqiy. Ijtimoiy-axloqiy ideallar esa o‘zgarishi mumkin va 
ko‘p hollarda o‘zgarib turadi. Masalan, sho‘rolar davrida o‘sha tuzum asoschisi 
Lenin ‒eng yuksak axloqiy ideal sifatida talqin etilardi va ko‘pchilik tomonidan 


104 
shunday qabul qilinardi. Hozir esa “Kuch ‒ adolatda!” degan shiorni hayotining 
ma’nosi deb bilgan buyuk ajdodimiz Amir Temur ko‘pchilik tomonidan ijtimoiy-
axloqiy ideal, adolatli davlat rahbarining namunaviy timsoli tarzida qabul qilinadi. 
Demak, muayyan tuzum talablaridan kelib chiqqan holda, ijtimoiy-axloqiy ideallar 
o‘zgarishi mumkin.
Biroq har bir tuzumning umri umumiy tarixiy jarayonda nisbatan qisqa 
vaqtni o‘z ichiga oladi. Yolg‘on, ko‘zbo‘yamachilik va zo‘ravonlikka asoslangan 
tuzum esa uzoq muddat yashay olmaydi. Chunki zimdan axloqiylikni inkor etgan 
siyo-satning bir kunmas bir kun albatta, asl basharasi ochiladi. Shu bois faoliyati 
niqob-langan axloqsizlikdan iborat bo‘lgan Lenin, Stalin, Gitler kabi ijtimoiy 
ideallarning umri uzoq bo‘lmadi-aldangan ko‘pchilik qisqa vaqt mobaynidagina 
ularni ideal deb bildi. 
Bunday salbiy hodisalarga qaramay, ideal, umuman, jamiyatda, shaxs ha-
yotida ijobiy hodisa. U insoniyat tarixida yorug‘ mayoq vazifasini o‘tab kelmoqda, 
bundan keyin ham uning asosiy vazifasi shunday bo‘lib qolajak. Chunki idealda 
har bir inson o‘z baxtining hissiyotli ifodasini ko‘radi, hayotining ma’nosini unga 
qarab intilishda deb biladi.


Download 3,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   320




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish