Gitler germaniyasi ustidan qozonilgan g‘alabaga 0‘zbekist0nning qo‘shgan hissasi



Download 0,58 Mb.
Sana19.04.2022
Hajmi0,58 Mb.
#564124
Bog'liq
5 sinf 13.04

Mavzu: GITLER GERMANIYASI USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABAGA 0‘ZBEKIST0NNING QO‘SHGAN HISSASI

0‘zbekiston xalqining mehnat jasoratlari. Ikkinchi jahon urushi yillarida 0‘zbekiston hali sobiq Sovet Ittifoqi tarkibida edi. Binobarin, 1941-yilning 22-iyunida Gitler Germaniyasi sobiq Sovet Ittifoqiga hujum qilgach, 0‘zbekiston ham urushga tortildi.

0 ‘zbekiston frontni zarur qurol-yarog‘, o‘qdori, oziq-ovqat va kiyim-kechak bilan ta ’minlab turdi. Urushda 0 ‘zbekistondan 1 million 500 mingdan ortiq jangchi qatnashdi. Aholidan yig‘ilgan pul mablag‘lari mamlakat mudofaa jamg‘armasiga topshirildi

0 ‘zbekiston ishchilarining fidokorona mehnatlari evaziga ko‘chirib keltirilgan korxonalar qisqa muddatlarda qayta qurildi va front uchun zarur mahsulot ishlab chiqara boshladi 280 ta yangi korxona ham qurildi.

0‘zbekiston urush yillarida frontga 2100 ta samolyot, 1700 donadan ortiq samolyot motori, 2 milliondan ortiq aviabomba, 330 ming dona parashyut va boshqa qurol-yarog‘ hamda harbiy anjomlar yetkazib berdi. 0‘zbekiston fabrikalari esa askarlami issiq kiyim-kechaklar bilan ta’minlash ishiga katta hissa qo‘shdi.

. 0‘zbekistonning qishloq aholisi esa frontni zarur oziq-ovqat va kiyim-kechak bilan ta’minlashda ulkan fidoyilik ko‘rsatdi qishloq xo‘jaligida ishchi kuchi yetishmay qoldi. Ularning o‘rnini ayollar va bolalar egallashdi. Qishloq mehnatkashlari og‘ir qiyinchiliklarni mardona yenga oldilar

Yodda tuting! Urush yillarida jami 4million tonnadan ortiq paxta, 5million tonnadan ortiq don yetishtirildi

О‘zbekiston aholisi ham ulkan saxovat ko‘rsatdi. Chunonchi, ular mamlakat mudofaa jamg‘armasiga 650 mln. so‘mdan ziyod pul, 55 kg ga yaqin tilla va boshqa qimmatbaho buyumlar topshirdila

0 ‘zbekistonga ko‘chirib keltirilganlarning 200 ming nafari yetim bolalar edi.

Besh yarim mingdan ortig‘ini esa bag‘rikeng, saxovatpesha o‘zbek xonadonlari farzandlikka oldilar. Bunday saxovatpesha o‘zbek xonadonlaridan biri toshkentlik Shomahmudovlar oilasi edi. Bu oila turli millatga mansub 16 nafar bolani farzandlikka oldi. Ularni parvarishlab, tarbiyalab voyaga yetkazdi.

jahon urushi frontlariga yuborilgan bir yarim milliondan ko‘proq 0‘zbekistonlik askarlar dushmanga qarshi mardona jang qildilar. Gitler Germaniyasining hujumini birinchilardan bo‘lib qarshi olgan Germaniyaga chegaradosh Brest qal’asi bo‘ldi.

Bizning ota-bobolarimiz beshafqat jang m aydonlarida m ardlik va matonat ko‘rsatgani uchun ularning 338 nafari «Sovet Ittifoqi Qahramoni» unvoniga sazovor bo‘lgan.'

Ikkinchi jahon urushi yillarida 500 mingga yaqin o‘zbekistonlik askar halok bo‘ldi. 60 mingdan ortiq askar esa nogiron, mayib-majruh bo‘lib qoldi.

1999-yilda Toshkentning Bosh maydoni — Mustaqillik maydoni yonida «Xotira maydoni» majmuasi bunyod etildi. Bu yerdagi yodgorlik devorlariga kitob betlari shakli o‘matildi. Ularga Ikkinchi jahon urushida halok bo‘lgano‘zbekistonlik askarlarning nomlari bitildi


Download 0,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish