Anor kasalliklari va ularga qarshi kurash faning maqsad va vazifalari
Bugungi kunda viloyat qishloq xojalik ishlab chiqarishida poliz, meva-sabzavot, boshoqli va dukkakli oziq-ovqat ekinlarining hudud sharoitiga mos navlarini ekib parvarishlab yaxshi natijalarga erishib kelinmoqda.
SHu jumladan mirishkor dehqonlarimiz qator tumanlarda yillar davomida anorchilik bilan shugullanib, anorning shorlangan tuproq sharoitida ham mol va sifatli hosil bera oladigan navlarini tanlab serdaromad anorzor boglarini yaratishni yolga qoya oldilar. SHuningdek anorni parvarish qilishning viloyat tuproq-iqlim sharoiti uchun ustivor texnologiyasi yaratilib yanada takomillashtirilib borilmoqda.
Anor subtropik ekinlar turkumiga mansub bolib, tabiatda Orta yer dengizi boyi mamlakatlarida, Qora dengiz atrofi yerlarida, Kavkaz ortida, Primorьe o’lkasida, Xindistonda, Xitoy va O’rta Osiyoda tarqalgan.
Er yuzining anor qishda ko’milmay parvarish qilinadigan xududlarida balandligi 5-7 m gacha o’suvchi daraxt-buta qishda ko’miladigan hududlarda buta holda o’sadi. Anor yovvoyi xolda tabiatda bir ildizdan unib chiqqan bir necha shoxlardan iborat bolgan buta shaklida uchraydi. Bir asrdan ziyod vaqt davomida Ozbekiston iqlim sharoitiga mahalliylashtirilgan issiq sevar, sugorish suvi va tuproq unumdorligiga talabchan, shorga chidamli ekin.
Anor XIX asrning oxirlaridan Fargona viloyatining Quva tumani hududida ekilib kelinmoqda. Bugungi kunda Respublikamizning Surxondaryo, Qashqadaryo va Sirdaryo viloyatlarida anorchilik jadal rivojlanib bormoqda.
Anorchilik Mirzachol sharoitida ozining istiqbolli dehqonchilik sohasi ekanini amalda isbotladi. CHunki shorga chidamli bu ekin turi har bir xonadonning tomorqasida mavjud. Bir tup anordan 40 kilogrammdan 80 kilogrammgacha hosil berishini hisoblaganda bu tabiat inomi qanchalik serdaromad ekanini anglash qiyin emas. Yana bir etiborli jihati shundaki, u boshqa mevalarga qaraganda uzoqroq saqlanish xususiyatiga ega. Bu ham anorning xaridorgirligini taminlaydi, albatta.
Anor haqida eng yaxshi satrlarni eshitish biz uchun juda muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Nabiev va boshq. tamonidan «Qiziqarli botanika», T.: Ozbekiston, 1975.-231 b monografiyasida chop etilgan anor o`simligi bo`yicha ma`lumotlarda ko`rsatilishicha anor xalq xo`jaligining har xil sohalarida ishlatiladi. Anor 200 (300) yilgacha umr ko`rishi mumkin. Kitobda anor to`g`risida juda ko`p muhim bo`lgan ma`lumotlarni ko`rish mumkin.
Haydarov, Hojimatovlar (1976) «Ozbekiston osimliklari» (Orta maktablarning biologiya oqituvchilari uchun qollanma) T.: «Oqituvchi» nashriyoti, 1976) kitobida: anor (Punica granatum L.) anordoshlar oilasiga kiruvchi, boyi 5 m gacha boradigan butadir. U subtropik osimlik bolib, vatani Isroil, Eron va Kichik Osiyoda hamda Kavkazda juda koplab ostiriladi. Respublikamizda anorning 40 dan ortiq navlari bor.
U Ozbekistonning deyarli barcha tumanlarida ostiriladi. Tabiiy holda osuvchi anorlar Ozbekistonning janubiy tumanlarida uchraydi. Anorning xalq xojaligidagi ahamiyati kattadir. U mevali, boyoqli, tanidli, dorivor hamda vitaminli osimliklardan hisoblanadi. Meva postidan tayyorlangan sharbat oshqozon va ichak shamollashida, zotiljamni davolashda ishlatiladi. Mevasi turli kasalliklarni, chunonchi, ishtaha ochish, sariq, qichima, Tish tushishi va yurak ish faoliyatini yaxshilashda hamda davolashda qollaniladi. Uning bargi va meva posti choy ornida ichiladi. Anor tarkibida 4% limon kislota, 21% qand, 20-30 % tanid, oz miqdorda kraxmal, yog`, sariq boyoq moddasi, mineral tuzlar 0,2-3,5 % psevdopel`t`erin va pel`t`erin alkaloidlari hamda provitamin A,O, 114 mg% V1, 0,044 mg% V2 , 0,319 mg% PP, 0,88mg% E, 39-105,6 mg% S vitamin iva 1,02 mg % karotin boladi.
Ozbekistonda anorzorlarni yanada kopaytirish va ulardan unumli foydalanish uchun barcha imkoniyat hamda sharoitlar mavjud bolib, ulardan tog`ri foydalanishimiz lozim deb korsatadi.
Muxtaram Prezidentimiz SH.M.Mirziyoev tomonidan Respublikamiz xududlarida intensiv boglarni tashkil etish, maydonlarni kengaytirish va ularni rivojlantirish boyicha berayotgan takliflari asosida, hozirgi kunda keng kolamda ishlar olib borilmoqda.
Ozbekiston iqlim sharoiti mevali boglar va boshqa qishloq xojalik ekinlariga zarar keltiruvchi hashoratlarning kopayishi uchun qulay bolganligi sababli meva boglarimizda turli xil zararkunandalar yopirilishi har yili kuzatiladi. Ularning yetkazayotgan zarari natijasida yetishtirilayotgan mevalarning salmogi va sifati malum darajada kamayishi Respublikamizning hamma xududlarida kuzatilmoqd.
Hozirgi kunda meva va sabzavotlarni yetishtirish, aholini meva va boshqa noz-nematlarga bolgan ehtiyojini tolarok qondirish maqsadida, kishi boshiga yetishtirilayotgan meva va sabzavotlar miqdorini oshirish maqsadida, Respublikamizda mevachilikni rivojlantirish va intensiv boglarni tashkil etish kozda tutilgan.
Qishloq xojaligida oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirishda, undan sifatli, yuqori hosil olishda, ayniqsa zararkunanda, kasallik va begona otlarga qarshi kurashning ahamiyati katta. Ozbekiston respublikasini rivojlantirishning 2017-2021 yillarga moljallangan Harakatlar strategiyasi meva-sabzavot va poliz ekinlarini yetishtirishda osimliklarni turli kasalliklar va zararkunandalardan himoya qilish boyicha asosiy vazifalarni belgilab berdi.
Bunday tadbirlar otkazilishi taxminan 30% qoshimcha hosilni saqlab qolish imkonini beradi. Yiliga dunyo boyicha zararli organizmlar tasirida dehqonchilikda olinayotgan hosilning 40% yoki 300 mlrd AQSH dollariga teng mahsulot yoqotilishi aniqlangan. Olimlarning hisoblariga kora zararli organizmlarga qarshi kurashni oz vaqtida samarali otkazish orqali MDH mamlakatlarida har yili 3 mln tonna meva-sabzavot mahsulotlari saqlab qolinadi.
Bog nematlaridan bolmish anor hamda anjirdan yuqori va sifatli hosil olish hamda ularga bolgan aholi extiyojini qondirish uchun bu daraxtlar va ularning mevasini turli zararli organizmlardan himoya qilish zarur. Mutaxassislarga yaxshi malumki, anorning daraxtsimon butasiga asosan quyidagi hasharotlar zarar keltiradi: shira (Aphidinea), komstok qurti (Pseudococcus comstoci Kuw) va anor mevaxori (Euzophera punicaella Mooze).
Bularning ichida keyingi yillarda anor mevaxori hasharotining tasiri ayniqsa kuchayib, masalaning dolzarbligi hatto anorchilikning bolish bolmasligiga qadar kotarildi. Zararkunandaning Fargona vodiysi viloyatlari xojaliklarida tezda tarqalib, zararlangan daraxtlar hosilining 95 foizigacha shikastlanishi bunga dalil bola oladi. Yiliga bir necha avlod berib rivojlanadigan bu hasharot, savdo yollari orqali boshqa mintaqalarga ham tezda tarqala boshladi.
Anor mevaxorining biologik xususiyatlarini chuqur organish asosida, unga qarshi ilmiy asoslangan kurash usullari tizimi hamda vositalarni yaratish va amaliy tavsiyalar berish talab etiladi. Bunda anor qurti bilan birga bir yola boshqa zararkunandalarga ham qarshi kurashish nazarda tutiladi.
Anor (Punica granatum L.) anordoshlar (anorgullilar ((oilasi)ga mansub, subtropik meva osimligi; boyi 210 m daraxt yoki buta. Vatani Orta Osiyo, Ozarbayjon, Eron va Afgoniston; yovvoyi turlari Orta dengiz atrofi, Orta Osiyoning jan.da, Qrim,Kavkaz, Eron, Afgoniston, Old Osiyo va Dogistonda uchraydi. Ozbekistonda Quva, Namangan, Denov va Kitob (Varganza) tumanlari alo sifatli anorlari bilan mashhur.
Do'stlaringiz bilan baham: |