BIZNING MAQSADIMIZ ERKIN VA FAROVON DEMOKRATIK XAYOT KURISH
Xalqimiz asrlar davomida ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot orzusida yashab keldi. Bu g’oya xalqimizni o’z mustaqilligidan judo bo’lgan davrlarda ham tark etmads. Bugungi kunda O’zbekiston xalqining milliy taraqqiyot yo’lidagi asosiy maqsadi — ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etish bo’lib, bu g’oya millatimizning azaliy orzuumidlarini, intilishlarini, bunyodkorlik faoliyatining ma’nomazmunini ifodalaydi. Moddiy olamda inson muayyan makonda tugiladi va hayot kechiradi, shaxs sifatida shakllanadi. Ana shu makon unga Vatan sanaladi. Dilida Vatan tuyg’usi shakllanmagan, kindik qoni to’kilgan zaminga mehr tuyg’usi jo’sh urmagan kishini chinakam Inson deb bo’lmaydi. Shu bilan birga, inson baxtsaodat uchun tug’iladi. U ana shu baxtsaodatga o’zi tug’ilibo’sayotgan Vatanida erishmoqni orzu qiladi. Bu unga o’z baxtsaodatini yurt rivoji, uning ozod va obodligi bilan uyg’un ko’rishni anglatadi.
«Ozod Vatan», «Obod Vatan», «Erkin va farovon hayot» tushunchalari shu jihatdan o’ziga xos ma’no va mazmun kasb etadi.
Ozod Vatan o’z taqdirini o’zi mustaqil hal etiSh huquqini to’la ro’yobga chiqara olgan millatning yashash makoni bo’lib, jahon hamjamiyatida o’z o’rniga, nufuziga va mavqyeiga ega bo’lgan mamlakatdir.
Obod Vatan — fuqarolari erkin va ozod, yaratuvchilyag faoliyati bilan band bo’lgan, to’la ijtimoiysiyosiy xavfsizlikda farovon hayot qurish ishtiyoqida yashayotgan hududdir
Erkin va farovon x&yot — odamlarning yuqori darajadagi moddiy va ma’naviy ne’matlarga erkin tarzda, o’zlarining bor qobshshyatlari va imkoniyatlari evaziga erishishidir.
Mustaqillik milliy qadriyatlar, madaniyat va an’analarni, ma’naviyatni tiklab, odamlarimiz qalbida milliy gurur va iftixor hamda vatanparvarlik tuygularini kamol toptirishga zamin yaratdi. Shuningdek mustaqilligimizning o’ziga xos mafkurasiga aylangan milliy istiqlol g’oyasi ming Yillar davomida shakllanib, sayqallanib kelgan millatimiz ma’naviyati sarchashmalaridan, butun insoniyat to’plagan tajriba va qadriyatlardan oziq oladi. Shu boisdan ushbu g’oyaning milliy va umuminsoniy jihatlari haqida batafsilroq to’xtalib o’tish joiz.
Darhaqiqat, barcha davrlar va xalqlar mutafakkirlari baxtsaodat keltiradigan tuzum haqida orzu qilib kelganlar. Bu haqda ko’plab mutafakkirlarimiz qarashlari to’grisida ko’p va xo’p gapirish mumkin. Lekin birgina Forobiy qarashlari misolida baxtsaodatga, farovonlikka jamiyat ahli qanday erishadi, degan yuyaning milliy g’oyamizda aks etgan jihatlariga to’xtalib o’tish joiz.
Forobiy fikriga ko’ra, har bir inson o’z tabiati bilan shunday tuzilganki, u yashash va oliy darajadagi yetuklikka erishmoq uchun ko’p narsalarga muhtoj bo’ladi, u bir o’zi bunday narsalarni qo’lga kirita olmaydi, ularga ega bo’lish uchun insonlar jamoasiga ehtiyoj tug’iladi. Shu sababli ko’p kishilarning birlashuvi orqaligina odam o’z tabiati bo’yicha intilgan yetuklikka erishuvi mumkin. Bunday jamoa a’zolarining faoliyati bir butun holda ularning har biriga yashash va yetuklikka erishuv uchun zarur bo’lgan narsalarni yetkazib beradi. Shu ma’noda, Forobiy fikriga ko’ra, haqiqiy baxtga erishish maqsadida o’zaro yordam qiluvchi kipshlarni birlashtirgan jamiyat fozil jamiyatdir.
Abu Nasr Forobiy o’zining «Talxisu Navolisi Aflotun» («Aflotun qonunlari mohiyati») asarida fozil jamiyat konsepsiyasini bayon qilishni qonunlar haqida fikr yuritishdan boshlaydi. Buyuk mutafakkirning fikriga ko’ra, insonning xavfsiz yashashi uchun birgana farovonlikning o’zi yetishmaydi. Inson jasorati esa tashqi urushdaga jasorat emas, balki odamlarning o’z illatlari ustidan rolib kelib, tinchlikni ta’minlashlaridir1. Demak insonlarning o’zaro munosabatlarini takomillashtirishga qaratilgan harakatidan farovon jamiyat sari intilishning ilk bosqichi kelib chiqadi.
Forobiyning qarashlariga ko’ra, «eng mushkul ish — qonunni joriy qilishdir. Qonunga shubha bilan qarash hamda qonun ustidan arz qilish esa eng oson ishdir.» Bugungi huquqiy davlat barpo etish jarayonlarida bu kabi o’gitlarning o’ziga xos o’rni bor. Ayniqsa, uning qonunga hurmat bilan qarashning ahamiyati haqidagi fikrlari e’tiborga molik. Buyuk alloma shunday deb yozadi: «Qonunning o’zi o’z holicha oliyjanob va yuqori martabali bo’lishi kerak va uning nomidan hamda u (qonun) haqda nimaiki gapirilsa ham mo’tabar hisoblanishi lozim... Xalq qonunlarga ehtiyoj sezishi va ularni chuqur o’rganishi zarur, chunki ular keyinchalik xalqning o’ziga foyda keltiradilar. Aks holda qonundan ko’zlangan maqsadga erishib bo’lmaydi».
Demokratiyani jamiyatning ustuvor qadriyatiga, uning barQaror taraqqiyoti omiliga aylantirish uchun adolatli jamiyat orzusi yo’lida insoniyat to’plagan tajriba va amaliyotni muttasil o’zlashtirish zarur. Bunda sharqona demokratiya tamoyillari tayanch bo’lib xizmat qiladi.
Ammo, inson tabiati ziddiyatlidir. U boshqalar intilishlariga teskari bo’lgan intilishlarga ega bo’lishi va shu vaqtning o’zida o’zgalar bilan hamkorlikka moyil bo’lishi mumkin. Inson tabiatiga xos ana shu qaramaqarshshshk uning jamiyatdagi hayoti va xattiharakatlarini ham belgilaydd. Odamlar bir tomondan shaxsiy erkinlikka intilsalar, ikkinchi tomondan ijtimoiy tenglikni talab qilishga moyil bo’ladilar. Odamlar o’z manfaatlarini ko’zlashlari bilan birga umumijtimoiy manfaatlarga ham intiladilar. Ammo bu qaramaqarshi mayl (tendensiya)larni, shaxsiy manfaat bilan jamiyat manfaatlarini qanday qilib muvofiqlashtirish mumkin? Jamiyat bu muammoshshg yechimiga demokratiya mexanizmlarini ishga solish orqaligina kela oladi. Aynan demokratiya va umumiy manfaatlar vobastaligi ijtimoiy munosabatlarni muvozanatga keltirishga xizmat qiladi. Demokratiya doimiy qutb «ziddiyat — kelishuv — birdamlik» orqali o’ziga yo’l ochar ekan, kishilarning o’zaro roziligi, kelishuviga tayanadi. Gap shundaki, demokratiya — bu yolg’iz o’z maqsad va talablarini amalga oshirish vositasi bo’lmay, balki o’zaro munosabatlarning maqbul qoidalariga rioya etishdir. Umuminsoniy, xususan, demokratik qadriyatlarga tayangan milliy istiqlol g’oyasi ana shu qutbiy intilishlarni muvofiqlashtirish orqali umumiy manfaatlarni o’zida ifoda etadi.
Jamiyat barqarorlig’i — erkin va farovon qayot qurish omili Uzbekistonning mustaqil taraq:qiyoti yillarida shu narsa aniq isbotini topdiki, ozod va farovon hayotni barpo etishning asosiy omillaridan biri barqarorlikdir. Oxirgi yillarda jahon hamjamiyatida barqaror rivojlanish konsepsiyasi keng ommaviylashmoqsa. Xususan, BMT hujjatlarida ham barqaror taraqqiyot oliy qadriyat sifatida talqin qilinishi barobarida uning universal xususiyatlari, turli modellarining kuchli va zaif tomonlari tahlil etiladi.
Demokratik jarayonlar samarasi faqatgina siyosiy institutlarga emas, fuqarolarning ushbu jarayonlarda ishtirok etishiga ham bogliq. Siyosiy hayotdagi ishtirok demokratik tartibot va jarayonning muhim mezoni bo’lib, unda siyosiy subyektlarning siyosiy munosabatlar va hokimiyat tizimiga jalb etilganligi darajasi, ayniqsa, saylovlar jarayonida yaqqol ko’zga tashlanadi. Shu ma’noda, demokratiya jamiyatda saylovchilar ovozi uchun oshkora, barchaning ko’zi oldida halol raqobatga kirishishni va aholining keng guruhlarining siyosiy jarayonga «kiritilganligini» taqozo etadi.
O’rta ijtimoiy qatlamning shakllanishi va farovon hayot qurishning o’zaro aloqadorligi Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot 'qurish g’oyasi erkinlashtirish, erkin mehnat faoliyati va tadbirkorlikni rivojlantirish jarayonlari bilan uzviy bojliq. Boqimandalik yoki soxta «umumiy tenglik» g’oyasiga asoslanib erkin va farovon hayot kurib bo’lmaydi. Dunyodagi birorta jamiyat bu yo’l bilan farovon hayotga erishgan emas. Erkin iqtisodiy faoliyatga asoslangan bozor iqtisodiyoti uchun xos bo’lgan erkin va soglom raqobat muhitida o’rta mulkdorlar qatlami shakllanib boradi. Bu esa, o’z navbatida, ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot qurishning sosial negizi hisoblanadi.
Mamlakatimizda bozor munosabatlarining shakllanib borishi jarayonida daromadlari, turmush darajasi va sifatiga ko’ra birbirlaridan farqlanuvchi qatlamlar shakllanmoqda. Bu tabiiy hol. Ammo bunday holatni hamma ham to’rri baholayvermaydi. Bunga ayrim shaxslarning boylikka ruju qo’yishi, ochko’zlik isrofgarchilik o’zaro yordam va qarindoshurug’chilikning yaxshi jihatlarini mensimaslik o’zini ko’zko’z qilishdek illatlar ham sabab bo’lmoqda. Bunga ayrimlar uchun hayot tarziga aylangan ta’magirlik poraxo’rlik to’rachilik kabi jirkanch qiyofaga kirayotgan holatlarni qo’shadigan bo’lsak halol mehnat kishisining ruhiy iztiroblarini tushunish qiyin emas. Shu ma’noda Prezidentimizning bozor mexanizmlarini hayotga tadbiq etish bilan birga qonunchshgakni mustahkamlash va bunda ma’naviy asos bo’lib xizmat qiladigan axloq normalarini ham ijtimoiy Hayotda keng yoyish to’g’risida kuyunib gapirishi bejiz emas. Uning qalb so’zlari adolatli jamiyat qurishga nisbatan xalqimizning intilishini ifodalaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |