107
mazhablarning
vujudga kelishi, eski matnlar yangicha talqin qilinishi, diniy
jamoalar ichida mo‘tadillar va radikallar, konservatorlar va liberallar o‘rtasida
kurash ketishi besabab emas. Insoniyat tarixida qanchadan-qancha diniy
ta’limotlar, axloqiy qarashlar vujudga kelgan, qanchadan-qanchasi nom-nishonsiz
tarix qa’riga ko‘milgan! Shundan keyin ham biz bilgan bugungi axloqiy qarashlar
doim bo‘lgan, mutlaq o‘zgarmagan deyish mumkinmi? Agarki biz axloqiy
qarashlar doimo hozirgidek bo‘lgan, u mukammal va o‘zgarmaydi desak, u holda
“Jamiyatni tashkil etuvchi shaxslar qachon va qay tarz to‘planib, bu o‘lchov-
me’yorlarni ishlab chiqqan va bir to‘xtamga kelgan?” deb savol qo‘yish o‘rinli.
Basharti unday bo‘lmay, axloq tadrijiy taraqqiyot hosilasi bo‘lsa, bunday savol
mutlaqo o‘rinsiz. Boshqacha aytganda, axloq eng primitiv me’yorlardan boshlab
o‘zgarib, murakkablashib, har bir davrda o‘ziga xos ko‘rinish kasb etib,
minglab
avlodlar osha rivojlanib kelgan. Ya’ni kimlardir to‘planib axloqni ishlab
chiqmagan. Gapimiz tushunarliroq bo‘lishi uchun bir o‘xshash holni misol
keltirsak. Hozirgi samolyotlarni kimlar qachon to‘planib ixtiro qilgan, deb savol
berish mumkinmi? Agar ilk uchoqlar paydo bo‘lgandan boshlab hozirgacha o‘zgar-
magan, takomillashmagan desak, bu savol o‘rinli. Ammo aksincha bo‘lsa-chi?
Zamonaviy havo kemalarining vujudga kelishida “inson ucha oladimi?” deya ilk
bor savol qo‘ygan odamdan tortib, aerodinamika qonunlari kashshoflarigacha,
uchaman deb yiqilib mayib bo‘lgan havaskor ixtirochilardan tortib zamonaviy
uchoqlar ishlab chiqaruvchi kompaniyalarga tegishli
tadqiqot markazlarigacha,
turli zamon va makonlarda yashagan shu sohaga aloqador barcha kishilarning
hissasi bor. Hamma bir-birining xato va yutuqlaridan o‘rgangan. Axloq borasida
ham shunday – o‘zgalar xatosidan o‘rganamiz, muvaffaqiyat qozonsa, taqlid
qilamiz. Asrlar osha insoniyatning o‘zaro munosabatlardagi tajribasi ham oshib
boravergan. Xoh siyosiy, xoh iqtisodiy munosabatni oling, oddiylikdan
murakkablik tomon rivojlangan. Hozirgi iqtisodiy ishlab chiqarish va iste’mol
munosabatlari yoki siyosiy muno-sabatlarni ikki ming yil oldingi shunday
munosabatlar bilan solishtirib ko‘ring-chi! Murakkablashuv o‘z-o‘zidan
yangicha
tartib-qoidalarni taqozo etadi.
Axloq muayyan jamiyatda kishilarning o‘zaro munosabatlarini tartibga solib
turuvchi va o‘sha jamiyatdagi birlik, barqarorlikni ta’minlashga xizmat qiluvchi
me’yorlardir. Shaxs va jamiyat manfaati-yu ehtiyojiga xizmat qilishi, amalda ish
berishi ularning mavjudligini oqlovchi va bardavomligini ta’minlovchi birlamchi
mezondir. Manfaat va ehtiyojlar o‘zgarishi bilan ularga xizmat qilayotgan
me’yorlar ham eskiradi. Zero, bir muhitda ijobiy natija bergan me’yorlar o‘sha
muhit o‘zgargach, aks natija berishi mumkin. Bu fikrimizdan o‘quvchida savol
tug‘ilishi tabiiy: ehtiyojga xizmat qilsa, o‘rni kelganda o‘g‘irlikni ham axloqan
oqlash mumkin ekan-da? Bu o‘rinda ehtiyoj
deganda jamiyatning mavjudligi,
kuchliligi, boshqa jamiyatlar bilan raqobatga dosh bera olishini nazarda tutdik.
Zero, axloq – ijtimoiy hodisa. A’zolarining asosiy qismi o‘g‘ri bo‘lgan jamiyat
barqaror turishi mumkinmi? Yoki yolg‘onchi bo‘lsa-chi? Tabiiyki, bunday jamiyat
uzoq yashamaydi. Ehtiyoj va manfaatni eski me’yorlarga moslashtirishga urinish
esa samara bermaydi. Bu chaqaloqning libosini katta odamga kiydirishga
108
urinishdek behuda ish. Buni turli zamonlarda yashagan kishilarning axloqqa
munosabatidagi farqda yaqqol ko‘rish mumkin. Deylik, antik davr yunon
faylasuflari ba’zi insonlarning tabiatan qul ekani, ba’zilar esa boshqarish,
yetakchilik qilishga qobilligi haqidagi mulohazalariga tayanib, quldorlikni oqlagan
bo‘lsa, hozirgi zamonda barcha insonlar yagona genofondga egaligi, irqchilik
g‘ayriilmiy asoslarga tayanishi aytilmoqda. Tabiiyki, inson tabiatiga
doir qarashlar,
ilmiy xulosalar yangilanishi, chuqurlashishi bilan axloqiy qarashlar ham o‘zgargan.
Axloqiy me’yorlardagi o‘zgarishni sun’iy tarzda jilovlash, xususan, ularni milliy
va diniy qadriyat o‘laroq o‘zgarmas, muqaddas deb bilish ijtimoiy sharoit va
xizmatini o‘tab bo‘lgan me’yorlar o‘rtasida katta jarlik paydo qiladiki, oqibatda
jamiyatda ikkiyuzlamachilik va munofiqlik urchib ketadi (diniy, milliy va
mafkuraviy jihatdan mahdud xalqlardagi bugungi ahvolni kuzatsak, buni payqash
qiyin emas).
Shu o‘rinda axloq o‘zi qanday paydo bo‘lgan,
degan masalaga qisqacha
to‘xtalsak. Bu masaladagi qarashlarni ikki guruhga jamlash mumkin. Birinchisi –
axloqiy me’yorlarni Xudo yoki xudolar joriy qilgan deguvchi
Do'stlaringiz bilan baham: